5- mavzu. KVANT BIOFIZIKASI ELEMENTLARI
REJA:
Fotofizika va fotokimyo asoslari.
Molekulaning qo’zg’algan holatlari va energiyaning migrasiyalanishi.
Nurlanishsiz amalga oshuvchi o’tishlar.
Elektrol qo’zg’alish energiyasining migrasiyalanishi.
Qo’zg’algan holatning xossalari va asosiy fotokimeviy jarayenlar.
Tayanch iboralar:
Ultrabinafsha, qisqa to’lqinli (rentgen va - Nurlanish), umumiy-, elektrol -, tebranma- va aylanma harakat energiyalari, Infraqizin Nurlanish, foton, kvant, fotosintez, fotoressensiya, fotomorfogenez, fotodinamik effekt, Buger-Nambert-Ber qonuni, monyar ekstinksiya koefsenti, yutish spektri, singnet, tripnet, fluoressensiya, fosforossensiya, ichki konversiya, energiya migrasiyasi, almashma-rezonans yo’li, induktiv-rezonans yo’li, eksiton yo’li, kvazi zarrachalar, fotoqaytarinish, fotooksidlanish, birlamchi qayta guruhlanish va izomerlanish, fotokimyoviy parchalanish, fitoxrom.
1. Fotofizika va fotokimyo asoslari.
Ultrabinafsha va ko’rinuvchi nur-sohalarining biologik obyektlarga ta’sir etish qonuniyatlarini tekshirish ham biofizika muammolari doirasiga kiradi. Kisqa to’lqinli (rentgen va -Nurlanish) nurlarning biologik obyektlarga ta’sirini tekshirish bilan radiobinogiya shug`ullanadi.
Molekulaning (atomning) umumiy energiyasi (Yeum) elektrol energiyasi (Yeen) tebranma (Yet) va aylanma (Yea) harakat energiyalaridan tashkil topadi: Yeum = Yeen + Yet + Yea bo’lib, Yeen >> Yet >> Yea dir. Fotokimyoda ham fotobiologiyadek, elektromagnit spektrining tor 200-700 nm sohasi bilan ish ko’riladi. Xalqaro yoritish komissiyasi to’lqin uzunligi sohalarini quyidagicha ifodalashni tavsiya etadi. Ultrabinafsha (UB) Nurlanish: UB-S - 100280 nm, UB-V - 280315 nm, UB-A - 315400 nm, ko’rinuvchi spektr -400-780 nm. qisqa to’lqinli Nurlanish energiyasi, kimyoviy bog’lar energiyasidan katta bo’lib, molekulalarni ionlantiradi va kimyoviy bog’larni uzadi. Aynan mana shu soha bilan radiobiologiya shug’ullanadi. Uzun to’lqinli Nurlanish modda tomonidan yutilganda elektrol ning aynalma va tebranma energiyalari oshadi. Shu sababdan, infraqizil (IK) Nurlanish reaksiyalar tezligini oshiradi, molekulalarda kimyoviy o’zgarishlar keltirib chiqarishga qodir emas.
Energiyasi 4-6 EV (200- 300 nm) fotonlar, oqsillar va nuklein kislotalar tomonidan yutilib, molekulalarni qo’zg’algan honatga, ya’ni molekulaning yuqoriroq energiya sathiga (qo’zg’algan holatga) o’tishiga olib keladi. Qo’zg’algan molekula kimyoviy reaksiyaga osonlikcha kirishadi. Aynan mana shunday fotokimeviy reaksiyalar, oxirgi natijada oqsillar, nuklein kislotalar va boshqa Biopolimerlarda fotobiologik effektlarga sabab bo’ladi. Ko’rinuvchi nur esa, fotosintez, fotoresensiya, fotomorfogenez hamda fotodinamik effektlar uchun aktiv hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |