5- mavzu. Bilish falsafasi (Gnoseologiya) Reja



Download 0,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/28
Sana14.07.2022
Hajmi0,62 Mb.
#795455
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
Bog'liq
Маъруза матн (3)

bilim-ko‘nikma
» deb 
ataladi. Keyingi ikki misolda bilish – bu «
bilim-tanishuvlik
» demakdir. U inson yoki qandaydir 
ob'ektni tanish qobiliyatini anglatadi. So‘nggi gaplarda bilim «
nimanidir bilish»
ni ifodalaydi
chunonchi: u narsalarda qandaydir xossalar, nisbatlar, qonuniyatlar va shu kabilarning 
mavjudligini tavsiflaydi. Bilim bu yerda ma'lum axborot ko‘rinishida keladi deb aytish mumkin.
Ko‘rib turganimizdek, «bilim-ko‘nikma» va «bilim-tanishuvlik» bilimning standart 
talqiniga uncha mos kelmaydi. Umuman olganda, ularga nisbatan haqiqiylik va asoslanganlik 
tushunchalarini tatbiq etish mumkin emas. Po‘latni yaxshi yoki orqavarotdan bilish mumkin, 
biroq biz uni «to‘g‘ri» yoki «ishonchli» bilishimiz mumkinmi? Biroq, bu yerda shuni ta'kidlash 
lozimki, yuqorida zikr etilgan bilim turlari o‘rtasidagi chegaralar aniq emas. Masalan, sizning 
Toshkent haqidagi bilimingiz siz shaharning kattaligi, aholisining soni, u O‘zbekiston poytaxti 
ekanligi va hokazolar haqida ma'lum axborotga ega ekanligingizni nazarda tutadi. Biroq bu bilim 
– avvalo shahar bilan tanishlik, unda yaxshi mo‘ljal ola bilish demak.
Gnoseologiyada asosiy e'tibor muayyan narsalar haqidagi bilimni tahlil qilishga 
qaratiladi. Zero, faqat shunday bilimni asosli va asossiz, ishonchli va ishonchsiz, haqiqiy yoki 
soxta bilim sifatida aniq baholash mumkin. Bilimni asoslash usullari, uning ishonchliligi, 
haqiqiyligini aniqlash mezonlarini izlash qadimdan bilimni falsafiy tahlil qilishning asosiy omili 
bo‘lib keladi.
Biroq, hatto bilimning shu turini falsafiy tushunishda ham muammolar bisyor. O‘ttiz 
yilcha muqaddam epistemologlar shunday misollarni o‘ylab topdilarki, ularda ishonch, e'tiqod 
bilimning yuqorida zikr etilgan uchala xususiyatiga ega, biroq, shunga qaramay, ular bilim 
hisoblanmaydi. Mana, shunga o‘xshash oddiy misollardan biri. Masalan, o‘qituvchi falsafadan 
yozilgan referatlarni tekshirayotib, talabalardan biri – Valiev o‘z ishini kompyuterda terganini 
ko‘rdi. O‘qituvchi darsda bu guruhda o‘qiydigan talabalarning qaysi birida uyida kompyuter 
borligini so‘rashga qaror qiladi. Valiev o‘zida chindan ham yaxshi kompyuter borligini va bu 
kompyuterda u ishlashni o‘rganganligini aytdi. Qolgan talablarning birortasi ham o‘zida bunday 
buyum borligini aytmadi. Shunga asoslanib o‘qituvchi guruhda bir talabada kompyuter bor ekan, 
degan xulosaga keldi. O‘qituvchining bunga ishonchi komil va u o‘zining bu e'tiqodiga yetarli 
darajada asoslangan va ishonchli bilim sifatida yondashadi. Biroq, endi faraz qilaylikki, Valievda 
kompyuter aslida yo‘q va u yolg‘on gapirib, yoqtiradigan bir talaba qizning e'tiborini o‘ziga 
qaratmoqchi bo‘lgan. Ammo boshqa talaba – Alievning uyida kompyuter bor, biroq u muayyan 
sabablarga ko‘ra buni oshkor etmaslikni lozim topgan. Natijada o‘qituvchi o‘zi dars beradigan 
guruhda kamida bir talabada kompyuter bor deb hisoblar ekan, u asoslangan va o‘z nuqtai 
nazaridan haqiqatga mos keladigan ishonch, e'tiqodga ega bo‘ladi. Biroq bu e'tiqodni bilim deb 
hisoblash mumkin emas, chunki uning haqiqiyligi zamirida faqat tasodifiy haqiqatga muvofiqlik 
yotadi. 


Albatta, bunday misollarni bor-yo‘g‘i tafakkur o‘yini deb hisoblash mumkin. Biroq, 
haqqoniy tasavvurlar soxta fikrlardan kelib chiqqan yoki ularga asoslangan hollar hatto fanda 
ham uchraydi.
Ammo bunday qarshi misollarga yo‘l qo‘ymaslik uchun bilimga yanada qattiqroq talablar 
qo‘yish, masalan, bilim roliga da'vogar e'tiqodlar faqat ishonchliva xatosizdeb qarash mumkin 
bo‘lgan fikrlar va ma'lumotlarga tayanishini talab qilish mumkin.
Bilish
– 
inson qo‘lga kiritadigan axborotning eng oliy darajasi.
Bu axborotni u bilish 
muammolari va vazifalarini qo‘yish va yechish yo‘li bilan, izchil anglab yetadi. Axborot 
miyaning mvhumlashtiruvchi faoliyati yordamida belgi shaklini (2 

4) kasb etadiki, bu 
unga ishlov berish, saqlash va keyinchalik undan foydalanish uchun qulaydir.
Bilish inson izchil va ijodiy faoliyatining ijtimoiy jarayoni bo‘lib, unda tashqi dunyoning 
ideal obrazlari yuzaga keladi va bilish maqsadi bo‘lgan bilim shakllanadi.
Bilish jarayoni tarix falsafasida muayyan vaqt mobaynida (masalan, XVIII asr falsafiy 
materializmida) insonning sezgi a'zolariga tabiatning mexanik ta'siri sifatida qaralgan. Inson 
passiv mavjudot va tabiat uni o‘z maqomiga yo‘rg‘alatadi, deb hisoblangan. «Biz 
qo‘g‘irchoqlarmiz va taqdir bizni iplarimizdan tortib o‘ynatadi», deb yozgan edi V.Gyugo. Biroq 
amalda bilish doim ancha faol xususiyatga ega bo‘lgan va shunday bo‘lib qoladi. Bu 
odamlarning ehtiyojlari va manfaatlari, ularning umumiy maqsadlarga erishish yo‘lidagi 
hamkorligi va boshqa omillar bilan belgilanadi. Boshqacha aytganda, bilish ijtimoiy tabiat, jihat 
va xususiyatlarga ega. Bunga, jumladan, nemis klassik falsafasida sub'ektning faolligi 
konsepsiyasida (I.Fixte va boshqalar) alohida e'tibor qaratilgan.

Download 0,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish