5- mavzu. Bilish falsafasi (Gnoseologiya) Reja


Optimizm. Skeptitsizm. Agnostitsizm



Download 0,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/28
Sana14.07.2022
Hajmi0,62 Mb.
#795455
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
Bog'liq
Маъруза матн (3)

Optimizm. Skeptitsizm. Agnostitsizm.
Bilish jarayoni rivojlanish qonuniyatlarining 
shakllari, haqiqatning tagiga yetish imkoniyatlari nuqtai nazaridan o‘rganiladi. Uning har xil 
modellari, yondashuvlari mavjud. Materialistik modellar zamirida dunyoning inson ongida aks 
etish tamoyillari: Demokritda – obrazlar (eydoslar), Yangi davr faylasuflarida – sensor signallari, 
Berklida – sub'ektning sezgilari yotadi. Leybnits bilishni ilohiylashtirilgan g‘oyaning inson 
tug‘ma tushunchalariga ta'siri deb hisoblagan. Gegel taklif qilgan modelning zamirida mutlaq 
g‘oyani anglash yotadi. Max, Avenarius va boshqa sub'ektiv idealistlarda (XIX asr oxiri – XX 
asr boshlari) bilish jarayoni – bu sezgilarning bo‘sh va tejamli aloqasini amalga oshirishdir.
Inson aqli bilish pillapoyasidan yuqoriga ko‘tarilar ekan, har bir yangi pog‘onada qayta-
qayta quyidagi savolga javob topishga harakat qiladi: dunyoni bilish mumkinmi?, bilishning 
chegaralari bormi? Falsafada bu savollarga javob beruvchi uch asosiy yo‘nalishni farqlash 


mumkin: optimizm, skeptitsizm va agnostitsizm (Kant va boshqalar). 
Optimistlardunyoni bilish 
mumkinligini ta'kidlaydilar,agnostiklar,aksincha, buni rad etadilar
(I.Kant – «narsa o‘zida»). 
Skeptiklardunyoni bilish mumkinligini inkor etmaydilar (XVIII asrda D.Yum), biroq bilimning 
haqiqiyligiga shubha bildiradilar. 
Odatda, skeptitsizm paradigmalar, qadriyatlar, ijtimoiy 
tizimlar va hokazolar o‘zgarayotgan davrda (yoki uning arafasida), ilgari haqiqiy deb 
hisoblangan xulosalar fan va amaliyot olgan yangi ma'lumotlar nuqtai nazaridan soxta, asossiz 
bo‘lib chiqqan holda ravnaq topadi. Skeptitsizm psixologiyasiga xos xususiyat shundan iboratki, 
u darhol nafaqat eskirgan, balki yangi, shakllanayotgan fikrlar, g‘oyalarni ham toptay boshlaydi. 
Bu psixologiya zamirida tadqiqotchining yangilikka tashnaligi va inson tafakkurining kuchiga 
bo‘lgan ishonch emas, balki qachondir qabul qilingan «qulay» tamoyillarga tayanish yotadi. 
Skeptitsizm ta'limot sifatida, hyech shubhasiz, zararlidir, chunki u insonning bilish borasidagi 
deyarli barcha imkoniyatlarini kamsitadi. 
Bilimga chanqoq bo‘lgan, bilishga harakat qilayotgan odam optimist: «Men buning 
nimaligini bilmayman, biroq bilishga umid qilaman», deydi. Agnostik esa, «Men buning 
nimaligini bilmayman va hyech qachon bila olmayman», deb ta'kidlaydi. Yuzaki skeptitsizm, 
ko‘r-ko‘rona fanatizm kabi, dunyoqarashi tor odamlarda ko‘p uchraydi. F.Laroshfuko ta'biri 
bilan aytganda, kaltabin odamlar odatda o‘z dunyoqarashi doirasidan chetga chiqadigan hamma 
narsani qoralaydi. Biroq oqilona darajadagi skeptitsizm foydali va hatto zarur. Bilish usuli 
sifatida skeptitsizm shubha shaklida amal qiladi, bu esa haqiqatning tagiga yetish sari tashlangan 
qadamdir. Shubha eskirgan, qotib qolgan aqidalardan voz kechadi, ularga putur yetkazadi. U – 
rivojlanayotgan fanning muhim unsuri. Bilimsizlik qayd etadi va inkor qiladi, bilim – 
shubhalanadi.
Biroq bu uch yo‘nalishni farqlash, bizningcha, masalani soddalashtirishdan boshqa narsa 
emas. To‘g‘ri, agnostiklar dunyoni bilish mumkinligini inkor etadilar, ammo bu ko‘r-ko‘rona, 
hyech narsaga asoslanmagan inkor etish emas. Ular ko‘rsatayotgan ko‘pgina savollarga chindan 
ham hali javob topilmagan. Agnostitsizmga olib keluvchi asosiy muammo shundan iboratki, 
narsa yoki hodisani bilish jarayonida bu narsa yoki hodisa albatta bizning tafakkur va sezgi 
a'zolarimizda aks etadi. Bu narsa yoki hodisa bizning tafakkur va sezgi a'zolarimizda aks etish 
natijasida qanday ko‘rinish kasb etgan bo‘lsa, biz ular haqida shunday ma'lumotga ega bo‘lamiz. 
Narsalar va hodisalar aslida qanday ekanligini biz bilmaymiz va bilishimiz mumkin ham emas. 
Qarshimizda bosh-adog‘i yo‘q dunyo yastanib yotadi, biz esa unga o‘z formulalarimiz, 
modellarimiz va tushunchalarimiz bilan yaqinlashib, cheksizlikni o‘z tasavvurlarimiz bilan ilg‘ab 
olishga harakat qilamiz. Tushunchalar, kategoriyalar va nazariyalar «tugunlari»ni qay darajada 
qattiq qilib tugmaylik, dunyoni tushunib yetishga shu yo‘sinda da'vogar bo‘lishimiz to‘g‘rimi? 
Bundan chiqdi, biz o‘z bilish usullarimiz bilan chegaralangan dunyoda yashaymiz va olam 
haqida haqqoniy bir gap aytishga qodir emasmiz.
Biroq bilish fanining rivojlanishi agnostitsizmning bu amaliy xulosasini har qadamda rad 
etadi. Masalan, pozitivizm asoschisi O.Kont insoniyat Quyoshning kimyoviy tarkibini 
aniqlashga qodir emas, deb ta'kidlagan edi. Biroq keyinchalik spektral analiz yordamida Quyosh 
tarkibi aniqlandi. XIX asr fanining ba'zi bir namoyandalari atomlar amalda mavjud emas, ular 
faqat tafakkur mahsuli, deb hisoblar edi. Biroq E.Rezerford atomlar amalda mavjud ekanligini 
isbotlab berdi, oradan yarim asr o‘tgach, genlarning keng kimyoviy tarkibi aniqlandi.
Shunga 
qaramay, 
bugungi 
kunda 
ham 
agnostik 
xulosalarni neopozitivizm, 
fenomenologiya, ekzistensializm, pragmatizm va hokazolarda kuzatish mumkin. Ularning 
agnostitsizmi nafaqat gnoseologik xususiyatga ega bo‘lgan sabablar, ichki mantiq bilan, balki 
ma'lum darajada D.Yum va O.Kont falsafasi boshlab bergan an'ana bilan ham belgilanadi.



Download 0,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish