nazarda tutiladi. U, nafaqat, kadimgi Yunoniston, balki o‘pta asrlarda yevropada ham keng
tarqalgan. Agar bu usul yolg‘on
xulosalarga olib kelsa, nega o‘z davrining ko‘pgina dono
kishilari undan foydalanganlar, degan savol tug‘ilishi mumkin. Ma'lumki, insoniyat tarixida
hurfikrlilik va ijtimoiy-siyosiy jarayonlarga munosabatni to‘g‘ri ifodalashning iloji qolmagan
zamonlar ko‘p bo‘lgan. Bunday holni inkvizitsiya hukmron bo‘lgan o‘pta asrlar yevropasiga ham
tatbiq etish mumkin. O‘sha davrda ham ko‘pgina ziyolilarning ana shu usulga suyanmasdan iloji
yuq edi. Umuman olganda, falsafada “do‘ppi tor kelib qolgan” ana shunday zamonlarda fikrni
Gulxaniyning mashhur “Zarbulmasal” acapi kabi ifodalash hollari uchrab turadi. Buni o‘rta
asrlar
yevropasiga nisbatan olsak, unda Servantesning “Don Kixot” acapi nima sababdan
shunday yozilganligi, uning bosh qahramoni esa nima uchun shamol tegirmonlariga qarshi jang
qilganligi va bu lavhalar zamirida qanday botiniy mazmun yashiringani aniq bo‘ladi.
Sofistika — qarama-qarshi fikrlar asosida ixtiyoriy tanlangan foydali mulohaza bo‘lib,
uning yordamida har qanday narsa yoki fikrni isbotlay olish mumkin.
Masalan, Aristotelning
yozishicha, bir afinalik ayol o‘g‘liga, jamoa ishlariga aralashma, chunki agar to‘g‘ri gapirsang,
seni odamlar; yolg‘on so‘zlasang — Xudolar yomon ko‘radi, degan ekan. Sofizmga ko‘ra
afinalik ayolga shunday rad javobi berish mumkin: sen jamoa ishlarida ishtirok qilishing kerak,
chunki to‘g‘ri so‘zli bo‘lasan va buning uchun seni Xudolar ham, odamlar ham yaxshi ko‘radi.
Sofistika mavjud bilimlar tizimidan ziddiyatlarni siqib chiqaradi,
bu bilan eski va yangi
bilimlarni murosaga keltiradi. Sofistika inson bilimi doirasida cheksiz relyativizmni ulug‘laydi.
Predmet haqida har narsa deyish mumkin. Qanday maqsad ko‘zlanmasin, so‘zlar ifodasida hyech
qanday chegara yo‘q (masalan, asal — shirin; asal — achchiq; qo‘rg‘on — aylanasimon,
qo‘rg‘on — to‘rtburchak va h.k.) shunga ko‘ra sofist — mohir usta, so‘zamol donishmand
ma'nolarini anglatadi.
asoslanadi va olamni buzib yolg‘on aks ettiradi
. U bilim tizimi rivojidagi yo‘nalish, u
hyech qanday yagona nazariy asosga ega emas va ba'zida ob'ektni o‘rganishning ziddiyatli
jihatlarini xarakterlovchi bilim elementlaridir.
Metodologik usul sifatida eklektika birinchi marta qadimgi
yunon falsafasida paydo
bo‘ldi va iqtiboslarga asoslangan o‘rta acp sxolastik bahslarida, yangi davr XV-VIII asrlar
falsafiy bahslarida keng foydalanildi. U hozirgi davrda ham reklama va tashviqotda, ommaviy
kommunikatsiya tizimida qo‘llanilib, inson psixikasidagi an'analar, ko‘nikmalar, intilishlarni
bo‘rttiradi. Bunday usulning bema'niligini
Suqrot va Aristoteldan boshlab, hozirgi davr
mutafakkirlarigacha tanqid qiladilar. Ammo bu undan foydalanilmaslikni anglatmaydi. Eklektika
olam, narsa va hodisalarning bir butunligini, umumiy asoslarini parchalab tashlash uslubiga
tayanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: