Sinergetika.
Hozirgi zamon fanida sinergetika metodi keng qo‘llanilmokda. Sinergetika
so‘zi yunoncha ("sinergena") bo‘lib, kelishuv, hamkorlik, o‘zaro ta'sir kabi ma'nolarni anglatadi.
German Xakenning fikricha, sinergetika ko‘p qismlardan iborat bo‘lgan, o‘zaro murakkab
aloqadorlikdagi komponentlar tizimini o‘rganadi. Xaken fikricha
sinergetika hamkorliqdagi
harakat bo‘lib, butunning tizim sifatida aks etuvchi qismlarining kelishilgan faoliyati ma'nosida
talqin qilinadi
.
Barcha ta'limotlar paydo bo‘ladi, rivojlanadi va, nihoyat, eskiradi. Xaken sinergetikasi
ham vorisiylikka asoslangan. Uning davomi bo‘lgan I.Sherringtonning sinergetik uslubi,
C.Ulamning sinergiyasi, I.Zabusskiyning sinergetik yo‘nalishlari ana shular jumlasidandir.
I.Sherrington sinergetik yoki integrativ tafakkurni muskullar harakatining boshqaruvida
(orqa miya) asab tizimsidagi kelishilgan ta'sirni izohlash usulidir, deb tushunadi. S.Ulam esa,
EHMning birinchi avlodi vakillaridan biri bo‘lib, u sinergiyaning, ya'ni mashina va uning
operatori orasidagi uzluksiz hamkorlikning foydaliligi, ahamiyatining hozirgi davrdagi ta'siriga
e'tiborni qaratadi.
I.Zabusskiy 60-yilning o‘rtalarida liniyasizlik masalalarini hal qilishda analitik jihatdan
cheklanganlik bir yoklamalikka yo‘l ochganligini ta'kidlaydi. Liniyasiz matematika va fizika
masalalarida sinergetika usulining tatbiq etilishini odatdagi matematika hisoblash mashinasining
faoliyatini tahlil qilish bilan qiyoslaydi.
Hozirgi davrda I. Prigojinning sinergetika to‘g‘risidagi fikrlari ham ko‘pchilikning
e'tiborini tortmokda.
Yuqoridagi barcha holatlarda uzluksiz harakat haqida so‘z boradi. Sinergetika orqali
sodda tizimlardan murakkablarini yaratuvchi o‘lik tabiatdagi o‘z-o‘zidan harakatning tamoyili
shakllandi. Sinergetika bilan fizikada evolyusion yo‘nalish paydo bo‘ldi va fan ijodkorlikdan
yangilik yaratish tushunchasi tomon rivojlandi. Sinergetika fanning makroskopik darajalariga
tasodifiylikni kiritdi va bu bilan mexanika metodlarini makroskopik darajaga, ya'ni mikrodunyo
masalalariga tatbiq qildi. Sinergetika nisbiylik nazariyasidagi energiya va narsaning o‘zaro bir-
biriga o‘tishini tasdikdaydi va narsalarning paydo bo‘lishini o‘ziga xoc tarzda izoxlaydi. U biz
yashayotgan makrotizimlar qanday paydo bo‘lganligi masalasini hal etishga harakat qiladi.
Sinergetika nazariyasida energiya kristall sifatida qotib koladi va kinetiklikdan
potensiallikka aylana boshlaydi, deb talqin qilinadi. Bunga ko‘ra, narsa qotib qolgan energiyadir.
Energiya faoliyatning ishlab chiqarish qobiliyatini xarakterlovchi tushuncha, lekin hozirda
energiya nafaqat mexanik faoliyat, balki yangi strukturalarni yaratuvchisi sifatida ham
o‘rganilmoqsa. Sinergetika tabiatdagi evolyusiya nimaning hisobiga sodir bo‘lishi mumkinligini
asoslaydi. Barcha yangi strukturalar yaratilayotgan joyda energiyaning kuchli to‘lqini va muhit
bilan almashinuv zarur (evolyusiya hayot kabi), metabolizmni talab qiladi. Agar osmon jismlari
evolyusiyasida biz ishlab chiqarishning natijasini kuzatsak, sinergetika tabiatni yaratish
jarayonini o‘rganadi. Sinergetika nisbiylik nazariyasining xulosalarini tasdiklaydi: energiya
olamning yanada yuqoriroq darajalarini yaratadi.
Xullas, sinergetika — olamning o‘z-o‘zini tashkil etishi, makon va vaqtda narsa va
voqyealarning azaliy ketma-ketligi, o‘zaro aloqadorligi, ularning muayyan tizimlardan iborat
sababiy bog‘lanishlar asosida mavjudligini e'tirof etishga asoslangan ilmiy qarashlar majmuidir.
Bu ta'limotni dialektika asosida shakllangan va uni to‘ldiradigan ilmiy qarashlar majmuasi
deydiganlar ham bor. Ularga qarshi o‘laroq, dialektika endi kerak emas, uni sinergetika bilan
almashtirish lozim, deb hisoblovchilar ham yo‘q emas.
Sinergetikada bifurkatsiya, fluktuatsiya, tartibsizlik, dissipatsiya, g‘alati attraktorlar,
chiziqsizlik singari tushunchalar mashhur
. Ulardan tizimlar barcha turlarining, jumladan old
organizmik, organizmik, ijtimoiy, etnik, ma'naviy va boshqa tizimlarning xulq-atvorini
tushuntirish uchun foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |