n
da / me
n
da.
Bularning
barchasi nutq ritmini hosil
qiladi.
3. Nutq tempi
deganda gap tarkibidagi tovushlarni talaffuz qilishdagi sur’at,
daraja va
tezlikni tushunish kerak. Masalan, darak gaplarda gap boshida sekin, oxiriga borib tezlashadi, soʻroq
gaplarda teskarisi –
gap boshida tez,
oxirida sekinlashadi, buyruq gaplarda
esa gap oxiriga qarab
tezlashib boradi, lekin oxirgi soʻz tezligi keskin pasayadi.
4. Nutq intensivligi
talaffuzning kuchli va kuchsiz boʻlishidir. Masalan,
uy ichidagi nutq
koʻchadagiga nisbatan kuchsiz boʻladi.
5. Nutq tembri
nutqning boʻyoqdorligidir. Nutq quvnoq, shodon, ma’yus, gʻamgin boʻlishi
mumkin.
6. Toʻxtam (pauza)
nutq paytida nafasni rostlash uchun yoki ma’lum bir soʻzni ta’kidlash
uchun qilingan toʻxtashlardir.
Ohangning
tugallangan, tugallanmagan, darak, soʻroq, undov chaqiruv, sanash
ohangi
kabi turlari mavjud.
Ohang gapning yaxlitligini, gap turlarin farqlashda katta ahamiyatga ega.