4b-kurs talabasi O'razimbatova Mahfuzaning



Download 108,1 Kb.
bet1/6
Sana28.05.2022
Hajmi108,1 Kb.
#614269
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
MahfuzaUrazimbatova



O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O'RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI
Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti


Tasviriy san’at va texnologik ta’lim fakulteti


Mehnat ta'limi yo’nalishining
4b-kurs talabasi O'razimbatova Mahfuzaning

«Texnik ijodkorlik va dizayn» fanidan


KURS ISHI


Mavzu: O'quvchilar mustaqil-ijodiy fikrlashini takomillashtirish


Kafedra mudiri: B.Dauletmurotov
Ilmiy rahbar: S. Eshanova
Bajargan: M. O'razimbatova
NUKUS-2021
O'quvchilar mustaqil-ijodiy fikrlashini takomillashtirish


Reja:
Kirish
1. O’quvchi-yoshlarda mustaqil fikrlashni shakllantirishda oila,
maktab va mahalla hamkorligi kontsepsiyasining mohiyati
2. O’qituvchi-o’quvchilarning hamkorlikdagi faoliyati o’quvchilarda mustaqil fikrlashni rivojlantirish omili sifatida
3. O’quvchilarda mustaqil fikrlashni shakllantirishga doir tajribasinov ishlari tahlili
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar


Kirish
Erkin demokratik jamiyat qurish yo‘lidan ildam borayotgan mamlakatimizda oilani mustahkamlashga alohida e’tibor berilmoqda. Oila tinch, mustahkam va farovon bo‘lsagina, jamiyatda barqarorlik vujudga keladi. Bu esa o‘z navbatida ma’naviy va ruhiy muhitning sog‘lomligi, islohatlar muvaffaqiyati uchun tegishli zamin yaratadi.
Ma’naviy va jismoniy barkamol avlodni voyaga yetkazish masalasi biz uchun umummilliy, umumdavlat miqyosidagi vazifa bo‘lib, bu ezgu maqsad yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlarimizni izchil va qat’iyatlik bilan davom ettirish bugungi siyosatimizning diqqat markazida turibdi. Avvalambor, 1997 yildan boshlab yurtimizda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan ijtimoiy masalalarni yechish maqsadida kuch va imkoniyatlarimizni safarbar qilish, katta-katta ishlarni amalga oshirish uchun yillarga nom berish an’anasiga muvofiq 2000 yilni "Soglom avlod yili", 2008 yilni "Yoshlar yili" 2010 yilni esa "Barkamol avlod yili" deb atalishining o‘zi fikrimizning yaqqol dalilidir.
Hozirgi o‘tish jarayonida fuqarolar, ayniqsa yoshlarning ongi va dunyoqarashi qay darajada shakllanishiga befarq qarab bo‘lmaydi. Kelajakda barkamol, bilimdon va ishbilarmon jamiyat taraqqiyotiga hissa qo‘shadigan, ongli va faol, Vatan oldidagi burchiga sadoqatli, mustaqil fikr va dunyoqarashga ega bo’lgan shaxsni tarbiyalash barchamizning burchimiz. Mustaqil fikrga ega bo’lgan shaxs mutaassiblikdan ozod holda aql-idroki, kuch-g‘ayratiga tayanib, vijdonan, halol mehnati bilan faravon turmushga intiladigan bo‘lishi darkor. Barkamol avlod tarbiyasi va ularning mukammal ta’lim olishi masalalari davlat siyosati maqomi darajasida jamiyat uchun eng dolzarb masalalardandir.
Respublikamizda ta’lim islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirib borilayotgan hozirgi davrda, kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablaridan va islohotning bosh maqsadidan kelib chiqqan holda, oliy ta’lim muassasalari talabalarida muayyan o‘quv ishlarini mustaqil ravishda bajarish, kerakli ma’lumotlarni izlab topish va tahlil qilishga o‘rgatish hamda shu asosda ma’suliyatli echimlar qabul qilish ko‘nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish vazifa qilib qo‘yilgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev “Yoshlarimizni mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma’naviy salohiyatga ega bo‘lib, dunyo miqyosida o‘z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo‘sh kelmaydigan insonlar bo‘lib kamol topishi, baxtli bo‘lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz” deyishlari bejiz emas albatta.XXI asr fan texnika, ta’lim, meditsina, ishlab chiqarish va boshqa sohalarda katta o‘zgarishlar olib kirdi. Hayotimizni barcha sohalariga axborot texnologiyalarini joriy qilinishi, fan texnika sohasidagi yangiliklarni sekund sayiin yaratilishi, dunyoda axborotlarni chegara bilmay qolganligi insoniyat ongini yana bir daraja ko‘tarilib rivojlanishiga sabab bo‘lmoqda. E’tibor bersak, axborot asri deb atalmish ushbu asrda tug‘ilayotgan farzandlarimiz aqlidrok jihatdan ustunroq ekanligini ko‘rishimiz mumkin. Bunday yoshlarga shiddat bilan rivojlanib borayotgan jamiyatda ta’lim-tarbiya berish, ularni mustaqil fikrlaydigan, o‘z fikrini mustaqil ayta oladigan qilib tarbiyalash, ularni shaxsini rivojlantirish uchun ta’lim sohasida ham o‘zgarishlarni talab qilmoqda.
Fikrlash qobiliyatini rivojlantirish borliqni, voqelikni idrok etish usuli sifatida tafakkur jarayonining mahsuli-oliy natijasidir. U faoliyat bilan bog‘liq bo‘lib, mustaqil ish jarayonida shakllanadi. Narsa va hodisalarning mavjudligi aloqadorlikdan iboratdir. Aloqadorlik buzilsa, mavjudlikda ham o‘zgarish ro‘y berishini anglash, isbotlash, tushuntirish, fikrlash shakllanishining tadrijiy bosqichlaridir. Fikrlash insonga hayot baxsh etadigan kuchdir. Ya’ni, inson mustaqil fikrlash orqali tirik. Fikrsiz inson yaratish va o‘sishga qodir bo‘lmagan o‘lik jussaga aylanadi.
Mazkur kurs ishi natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati: Nazariy ahamiyatitajriba-sinov ishi jarayonida olingan natijalar oilaning ijtimoiy-pedagogik vazifalari, oila va ta'lim muassasasining hamkorlikdagi faoliyatini tashkil etish, o'quvchilarda mustaqil fikrlashni shakllantirish va rivojlantirishga oid nazariy ma'lumotlar bilan boyitishga xizmat qiladi.
Amaliy ahamiyati: tajriba-sinov ishi davomida ishlab chiqilgan texnologiya o'qituvchilarning o'quvchilarda mustaqil fikrlashni shakllantirishga qaratilgan amaliy faoliyatini tizimli tashkil etishga xizmat qiladi.


Download 108,1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish