45-dars 5-sinf Sana: __ __ 20__y.
Mavzu:Qoldiqli bo’lishga misollar yechish.
|
Mavzuga oid tayanch tushunchalar: qoldiq,natural sonlar qatori,raqamlar,harfli ifodalar,matematik amallar,kesma,chizg’ich,o’lchov birliklari.
Soatlar soni: 1 soat
|
Mavzuning qisqacha ta’rifi:Natural sonlar ustida amallarni bajara olishni o’rganish.
|
O’quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi:
Metod: amaliy,”Kim –ko’p biladi”o’yini, pinbort, namoyish etish usullari.
Shakl:jamoa,guruhda ishlash,hamma o’zi uchun.
Jihoz:darslik,rangli ko’rgazmalar,harakatli ko’rgazmalar,tarqatma testlar,plakatlar.
Nazorat:O’quvchilarning darsda faolligi kuzatilib,hisobga olib boriladi.
Baholash:O’quvchilar bilimi reyting mezonlari asosida baholanib,dars oxirida e’lon qilinadi.
|
Darsning maqsadi
|
Maqsadlar:
Ta’limiy: O’quvchilarga natural sonlarni qoldiqli bo’lish haqida tushuncha berish,unga doir misol va masalalar yecha olish.
Tarbiyaviy:O’quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash,komil inson sifatida voyaga yetishiga hissa qo’shish.Ajdodlarimiz buyuk merosi bilan o’quvchilarni tanishtirish.
Rivojlantiruvchi:O’quvchilarning xotirasini shakllantirish,dunyoqarashini kengaytirish,kasbga yo’naltirishda matematika fanining o’rnini tushuntirib borish,mantiqiy fikrlashga o’rgatish,mustaqil fikrlashga o’rgatish.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |