Xoʻjaligi[tahrir] - Xoʻjaligi[tahrir]
- Yaponiya — iqtisodiy qudrati boʻyicha jahonda AQShdan keyingi oʻrinda turadigan yuksak darajada rivojlangan industrialagrar mamlakat. Sanoat ishlab chiqarishning umumiy hajmi boʻyicha jahonda oldingi oʻrinlardan birini egallaydi. Ulkan korxonalar bilan birga mayda korxonalar ham mavjud (ayniqsa, yengil va oziq-ovqat sanoatida). Yaponiya iqtisodiyoti chetdan keltiriladigan xom ashyo va yoqilgʻiga asoslangan. Yaponiya jahon bozoriga sanoatning fanga asoslangan murakkab tarmoqlari mahsulotlari, zamonaviy konstruksion materiallar yetkazib beruvchi mamlakat. Yaponiya jahon yalpi milliy mahsulotining 13% dan ortigʻini ishlab chiqarish bilan birga, yirik xalqaro iqtisodiy, savdo va moliya tashkilotlari hamda "sakkizlik" davlatlarida yetakchi mavqega ega. Yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi 38%, qishloq, oʻrmon xoʻjaligi va baliq ovlashniki 2%, xizmat koʻrsatish tarmogʻiniki 60% ni tashkil etadi. Yalpi ichki mahsuloti 4,3 trillion AQSH dollariga teng
Do'stlaringiz bilan baham: |