Xoʻjaligi[tahrir] - Xoʻjaligi[tahrir]
- OFR — yuksak darajada rivojlangan industrial mamlakat. Umumiy iqtisodiy qudratiga koʻra dunyoda uchinchi oʻrinda, jahon savdosida ikkinchi oʻrinda turadi. Yalpi ichki mahsulot tarkibida sanoat va qurilishning ulushi 33,6 % ni, qishloq xoʻjaligining ulushi 1,2 % ni tashkil etadi.
- Sanoati[tahrir]
- Mashinasozlik nemis iqtisodiyotining asosiy tayanchidir. Qoʻngʻir koʻmir (dunyoda birinchi oʻrin), toshkoʻmir, neft, tabiiy gaz, polimetall rudalar, kaliy va oshtuzi qazib olinadi. Energetika, qora va rangli metallurgiya, mashinasozlik, kemasozlik, kimyo va neft kimyosi, yogʻochsozlik, oziq-ovqat sanoati, chinnisozlik gʻoyat rivojlangan. Germaniya sanoati asosan oʻrta korxonalardan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |