Xoʻjaligi[tahrir] - Xoʻjaligi[tahrir]
- X. — industrialagrar mamlakat. 1949 yil xalq inqilobidan soʻng xalq xoʻjaligini tiklashga kirishdi va dastlabki 5 yil ichida yuksak natijalarga erigddi. Ammo undan keyingi 20 yildan ortiq davr ichida iqtisodiyoti nihoyatda qiyin ahvolga tushib qoldi. 1978 yilda boshlangan iqtisodiy islohotlar mamlakat iqgisodiyotini rivojlanish yoʻliga olib chiqsi. Iktisodiy oʻsish surʼati yiliga oʻrta hisobda 8—10%, xususiy mulkchilikka asoslangan tarmoqlarda 30% ga oshdi. 1980-yillar oxirida yalpi ichki mahsulot hajmi 2 baravar koʻpaydi, aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlash muammosi hal boʻldi. 1990-yillar oxirqsa yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi 49%, qishloq xoʻjaliginiki 19%, xizmat koʻrsatish tarmogʻiniki 32%ni tashkil etdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |