Bo’ylama yopqichli trikotaj
Bir ignadonli tanda to’quv mashinalari. Tanda to’quv mashinalarida yopqchli trikotaj ishlab chiqarish qoidasi xuddi ko’ndalang to’qiydigan mashinalardagi kabi qoladi, ya’ni igna asosiga yaqin joylashgan ip yopqichli to’qimaning old tarafida bo’ladi.
Tanda to’quv mashinalarida ip qo’yish operatsiyasida bir nechta o’ziga xosliklaridan ip qo’yish shartlarining bir nechta usullari kelib chiqadi:
1)ikkala grebenka ham ignaning old tarafida bir xil yo’nalishda suriladi;
2)grebenkalar ignaning old tarafida har xil yo’nalishda suriladi;
3)grebenkalar ochiq halqa hosil qiladi;
4) grebenkalar yopiq halqa hosil qiladi;
5)bir grebenka ochiq, ikkinchisi yopiq halqa hosil qiladi;
6)grebenkalarning ignalar orqasida surilishi ham bir xil, ham har xil bo’lishi mumkin.
Protyajkalari uzunroq bo’lgan to’qimani ham old, ham orqa grebenka ishlab chiqarishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |