Xalqimizning boshidan kechirgan o`ta mashaqqatli, murakkab hayoti uning ma’naviyatida hokimiyat va uning istiqloliga chuqur ta’sir etdi.
Erksevar o`zbek xalqi qo`lga kiritgan mustaqimllikka osonlikcha erishmadi. O`zbekiston davlatining ilk qadamlari taraqqiyoti mazmunan yangi bosqichni boshlab berdi.
"Yo`limiz mustaqil davlatchilik va taraqqiyot yo`li" – risolasida I.A.Karimov davlatchilikning ahamiyat haqida gapirdi.
XV asrning o`rtalariga kelib, Mirza Ulug`bek vafotidan keyin (1449 yil) Temuriy shahzodalar o`rtasida toju-taxt uchun kurash yana avj oldi. Abulqosim Bobur va Abdusaid sultonning faoliyati ham o`zaro urushlarga barham bera olmadi. 1469 yilga kelganda Xurosonda Xusayn Bayqaro xokimiyatni egallab, bu xududlarda nisbatan tinchlik o`rnatdi. Uning do`sti buyuk Alisher Navoiy muxrdor, vazir, Astrabod hokimi lavozimlarida ishlab Xurosonning ijtimoiy – siyosiy hayotida katta rol o`ynadi. Navoining sa’iy – harakatlari bilan Hirotda ilm-fan, madanimyat gurkirab rivojlandi. Feodal urushlarga nisbatan barham berildi.
Movarounnaxrda esa bu davrga kelib feodal tarqoqlik avjiga chiqdi. Har bir viloyat, har bir shaharda temuriy shahzodalar o`zlarning mustaqil hukmronligini o`rnatishga harakat qildilar. Ular hokimiyat uchun o`zaro kurashlarda Dashti Qipchoq o`zbeklari kuchlaridan flydalanishar edilar. Masalan: 1451 yilda Urusxon nabiralari Abdusaidga hokimiyatni egallash uchun yordam bergan bo`lsa, oradan uch yil o`tgach Abdulxayrxon Muhammad Juqiyga hokimiyatni egallashga ko`maklashdi. Bu o`zaro kurashlar Movoraunnaxr axolining axvolini yomonlashishiga olib keldi.
XV asr oxirlariga kelib, Movarounnaxrda temuriylarning bir-biridan o`zaro mukstaqil bo`lgan hokimiyati vujudga keldi: I. Samarqandda sulton Ahmad Mirzo hukmronligi; Toshkentda Sulton Maxmud Mirzo hukmronligi; Andijonda Umarshayx Mirzo xukmronligi. Bu uchchala davlatning o`zaro urushlari Movarounnaxr ahlining temuriylaridan noroziligini yanada avj oldirdi. Ayniqsa, yuqori tabaqa vakillari markazlashgan davlat tarafida turdilar. Bu temuriylarning davlat boshqaruvida mustahkam tayanchga ega emasligidan dalolat berardi. Bu vaqtda temuriylar huzurida ta’lim olgan Abdulxayrxonning nevarasi Muhammad Shohbat Shayboniy Dashti Qipchoqda ko`chmanchi o`zbek urug`larini birlashtirib, o`z hokimiyatini mustahkamlamoqda edi.
Shayboniyxon harbiy harakatlar olib borib markazlashgan davlat tuzish maqsadida goh temuriylar, goh shimoldagi mo`zg`ullar bilan ittifoq tuzdi. U 1487 – 1488 yillarda O`tror. Sayram, Yassa (Turkiston), Sig`noq shaharlarini bosib olib, 1499 yilda Movarounnaxr xududlariga jiddiy harbiy harakatlar boshladi.
Mahalliy xukmdorlar o`rtasidagi o`zaro kurashlar avj olgan Samarqand shahrini Shayboniyxon 1500 yilning boshlarida jangsiz egalladi. Ko`chmanchi o`zbeklar bir necha oy shaharni shavqatsiz talon-taroj qildilar. Bu esa mahalliy feodallar noroziligiga sabab bo`ldi. Bundan foydalangan Temuriy shahzoda Zaxriddin Muhammad Bobur o`sha yili (1500 yil) Samarqand taxtini egalladi. Ammo mahalliy oq suyaklarning ko`pchiligi Boburni qo`llab quvvatlamadilar. 1501 yilning bahorida Bobur Shayboniyxon bilan bo`lgan jangda yengiladi va Samarqandni ko`chmanchi o`zbeklarga topshiradi.
Ko`chmanchi o`zbeklar qisqa muddat ichida Buxoro (1500), Samarqand (1501), Toshkent (1503), Xisor (1504), Urganch (1505), Xirot (1507) kabi shahar va viloyatlarni egallab, Sharqiy Turkiston chegaralaridan Markaziy Afg`oniston xududlarigacha cho`zilgan yerlarda markazlashgan Shayboniylar davlatiga asos soldilar. Temuriylar davlatdagi feodal tarqoqlik hukmdorlarning ajralib mustaqillikka intilishi bu davlatning yemirilishiga olib kelgan bo`lsa, Shayboniyxon bunday tarqoqlikka chek qo`yib mamlakatning birligini mustaxkamlay oldi. Shayboniyxonning janubga tomon yurishlari Eron Shohi Ismoil 1 tomonidan to`xtatildi. 1510 yil Marv atroflarida bo`lgan jangda ko`chmanchi o`zbeklar qo`shinlari, tor – mor etildi va Shayboniyxon halok bo`ldi. Eroniylar tomonidan qo`llab – quvvatlangan Bobur 1511 yilda Hisor, Qo`lob, Kunduz, Badaxshon va Samarqandni egalladi. Ammo, 1512 yilda shayboniylardan bo`lgan Ubaydulla Sulton qo`shinlari G`ijduvon yaqinida Bobur va shoh Ismoilning birlashgan kuchlarni uchratdi. Shundan so`ng Bobur avval Qobulda, keyin esa Xindistonda o`z hokimiyatini o`rnatdi. Ko`chmanchi o`zbeklar esa Movarounnaxrda o`rnashib qoldilar.
2 savol. Muhammad Shayboniyxon vafotidan so`ng Movarounnaxr va Xurosonda markaziy hokimiyat zaiflashdi Ubaydullon 1534 yildan butun markazlashgan o`zbek davlatining Oliy xukmdori etib saylandi. Ubaydullaxon poytaxtni Samarqanddan Buxoroga ko`chirdi. XVI asrning 40 – yillariga kelib feodallar va mahalliy sulolalar o`rtasida shaharlar va hududlar uchun kurash avj olib ketdi. Samarqand xukmdori Abdullatifxon (1541-1552 y.y.) bilan Buxoro xoni Abdulazizxon (1540-1550 y.y.) o`rtasidagi kurashni Toshkent va Sirdaryo bo`yidagi shaharlarning hukmdori Baroqxon (Navro`z Axmadxon) yanada kuchaytirdi. U xatto 1551 yilda Samarqandni bosib oldi. Karmana va Miyonqala xukmdori Abdulla Sulton Baraqxonga qarshi jang olib bordi.
1561 yilda taxtga o`tirgan Iskandarxon ham siyosiy tarqoqlikka barham bera olmadi. Ammo uning o`g`li Abdullaxon II markazlashgan Shayboniylar davlatini tiklash maqsadida sultonlar bilan ayovsiz kurash olib borildi. Tinimsiz urushlar natijasida Farg`ona (1573), Shaxrisabz, Qarshi, Hisor viloyatlari (1574), Samarqand (1578), Toshkent, Shohruhiya, Sayram, Ohangaron (1582), Balx (1583), Hirot (1588), Xorazm (1595) Abdullaxon qo`l ostiga birlashtirildi. Ammo 1598 yilda Abdullaxon II vafotidan so`ng uning o`g`li Abdulmo`min uzoq taxtni boshqara olmadi. So`nggi Shayboniy xukmdori Pirmuhammad II ham bebosh amirlarni tiyib qo`ya olmadi.
Yuzaga kelgan vaziyatdan Eron safoviylari, Xiva inoqlari va qozoqlar unumli foydalandilar. Eroniylar Balxni, qozoq sultonlari Toshkentni egallagan bo`lsa, Xorazm xonlari mustaqil bo`lib oldilar. Buxoroning feodal guruxlari astraxanlik Jonibek Sultonni taxtga taklif qildilar. Jonibek sulton o`g`illari foydasiga taxtdan voz kechdi va shu tariqa O`rta Osiyoda Ashtarxoniylar sulolasi hukmronligi boshlandi. Ashtarxoniylarning Balxdagi urushlarga qaramay Xorazm o`z mustaqilligini saqlab qoldi.
Ayrim ashtarxoniy hukmdorlari Imomqulixon (1611-642 y.y.) Abdulazizxon (1645-1680 y.y.) hukmronliklari davrida markaziy hokimiyatni kuchaytirishga garchand harakat qilishmasin, bu harakatlar aytarli ijobiy natijalar bermadi. Mahalliy amirlar va sultonlar o`z joylashgan shahar hududlarda hokimlik qilib, bu xududlarda yirik yer egalari bo`libgina qolmay butunlay xo`jayin edilar. Ulardan ko`pchiligi o`z guruxlari kuchiga tayanib markaziy hokimiyatga deyarli bo`ysinmas edilar. Xukmdorlar esa amirlar va sultonlarning bir-birlari ustiga yurishlaridan ko`p foydalandilar. Abdulfayzxon hukmronligi davrida (1711-1747 y.y.) markaziy hokmiyat o`z ahamiyatini yo`qotib bordi. Hokimiyat asta-sekinlik bilan mang`it urug`lari qo`liga o`ta boshladi. Bu urug` vakili bo`lgan Muhammad Rahim 1753 yilda amir unvoni bilan Buxoro taxtiga o`tirdi.
Xorazm xududida 1512 yilda mustaqil Xiva xonligi vujudga keldi. Shayboniy urug`idan bo`lgan Elbarsxon (1512-1525 y.y.) asos soldi. Elbars vafotidan keyin Xiva xonlari tez-tez almashib turgan. O`zaro urushlar va xukmdorlarning tez-tez almashtirib turishi natijasida bu davrda Xorazm hali markazlashgan davlat darajasiga yetmagan edi.
Xon hokimiyati qabila zadagonlari bilan cheklangan bo`lib, nizolar va feodal urushlar deyarli tinmagan. Shu davrda Xorazm chuqur inqirozda shahar hayoti sust rivojlandi. Bu jarayon XVII-XVIII asr boshlarida ham davom etdi. XVII asr oxiri XVIII asr boshlariga borib Xorazm haqidagi ma’lumotlarda siyosiy va iqtisodiy tanazzul ta’qidlanadi. Abdulg`ozixonning "Shajarai turk" asarida, Ivan Fedotov ma’lumotlarida buxolat qayd etilgan. Boshqaruvda vazir, qushbegi bilan birgalikda xon maslahatchilari, inoqlarning borligi ma’muriy tuzumning juda murakkabligidan darak beradi. Xo`jalik inqirozi va feodal urushlar Xorazm vohasi madaniyatiga ham putur yetkazdi. Feodal o`zaro nizolar Arab Muhammad (1602-1623 y.y.) va uning o`g`illari davrida eng yuqori nuqtaga yetdi. Asfandiyor (1623-1643 y.y.) Abdulg`ozixon (1643-1663), Anusha (1663-1687) lar davrida Buxoro bilan Xiva o`rtasida mamlakat ahvolini xarob qiladigan urushlar bo`lib o`tdi.
Ashtarxoniylar davridagi iqtisodiy-siyosiy tushkunlik Buxoro xonligini parchalanishiga olib keldi. Bu davrda Farg`ona xonlikdan alohida o`lka sifatida ajralib chiqdi. 1710 yilda minglar sulolasi keyinchalik Sirdaryo havzasini Yettisuvning bir qismini egalladi. Bu davlatning poytaxti Qo`qon shahri bo`lib qoldi. XVIII asr boshlarida Buxorodan Balx, Xorazm ikkinchi yarmida Toshkent mustaqil davlat sifatida ajralib chiqdilar. Ichki kelishmovchilik, nizolar va siyosiy parokandalik mamlakatni bo`linib ketishining asosiy sababi bo`ldi. Shunday qilib Buxoro xonligi XVI-XVIII asrlarda ikkita sulola tomonidan idora qilingan shayboniylar (1500--1599) va ashtarxoniylar (1599-1753)
Abdullaxon markazlashgan davlat barpo etish borasidagi urunishlar bexuda ketdi. Chunki eslaringizda bo`lsa o`zi va so`ngra bitta-yu bitta o`g`li Abdumo`min fitna qurbonlari bo`lgan edi. Xorazmning qo`ldan ketishi natijasida xonlik ancha qisqardi, chorva xo`jaligi o`zining ilgarigi iqtisodiy negizlaridan mahrum bo`ldi. Ko`p sonli ko`chmanchi aholi o`z ehtiyojlarini iqtisodini rejalashtirish yo`li bilan emas, balki savdo karvonlari va dehqonchilik nohiyalarini talash yo`li bilan qondirardi. Bu esa ishlab chiqarish kuchlarining keskin pasayib ketishiga olib keldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |