12-Mavzu. Shaxsning turli rivojlanish bosqichlarida kasbiy o`zlikni
anglash
(4 soat)
Reja:
1. Shaxs rivojlanishi haqida tushuncha.
2. Shaxsni rivojlantiruvchi asosiy omillari:
a) biologik omil;
b) sotsial (ijtimoiy ) omil;
3. Rivojlanishda shaxs faoliyatining roli.
4. Shaxsni kamol toptirishda tarbiya va rivojlanishning o‘zaro bog‘liqligi.
5. Rivojlanishda shaxsning yoshi va o‘ziga xos xususiyatlarining roli.
Tayanch iboralar:
Shaxs,
biologik omil, sotsial (ijtimoiy ) omil, odam,
individuallik, yo’nalganlik, bilimlar, ong osti tuzilishi, xayolot (fantaziya), diqqat,
sezgirlik, xotira.
Jahon psixologiyasi fanida shaxsning shakllanishi va rivojlanishi
qonuniyatlari hamda ularning mexanizmlari muayyan yondashuvlar negizida
tadqiq etilgan. Bu borada psixologlar tomonidan shaxsga nsibatan turlicha tahrif
berilagan va uning tuzilishini o’ziga xos tarzda tasavvur qilishgan.
A.G.Kovalyovning fikricha, shaxs bu ijtimoiy
munosabatlarning ham
obhekti, ham Subyektidir.
Yirik rus psixologi A.N Leontg’ev ushbu masalaga boshqacharoq
yondashib, unga shunday tahrif beradi: shaxs – bu faoliyat subyektidir.
K.K.Platonovning talqiniga binoan, jamiyatda o’z rolini anglovchi, ishga
layoqatli,
yaroqli ahzosi, shaxs deyiladi. Bu muammo mohiyatini chuqurroq
ochishga harakat qilgan S.L.Rubinshteyn ta’rificha, shaxs – bu tashqi ta’sirlar
yo’nalishini o’zgartiruvchi ichki shart – sharoitlar majmuasidir.
Psixologiya fanida bir – biriga yaqin, lekin aynan bir bo’lmagan
tushunchalar qo’llanilib kelinadi, chunonchi: odam, shaxs, individuallik. Ularning
mohiyatini aniqroq izohlab berish uchun har birining psixologik tabiatini tahlil
qilish maqsadga muvofiq.
1.
Odam. Sut emizuvchilar sinfiga daxldorlik, biologik
jonzot ekanligi odamning
o’ziga xos xususiyatidir. Tik yurishlik, qo’llarining mehnat faoliyatiga
moslashganligi, yuksak taraqqiy etgan miyaga egaligi, sut emizuvchilar tasnifiga
kirishi uning o’ziga xos tomonlarini aks ettiradi. Ijtimoiy jonzot sifatida
odam ong
bilan qurollanganligi tufayli borliqni ongli aks ettirish qobiliyatidan tashqari o’z
qiziqishlari va ehtiyojlariga mutanosib tarzda uni o’zgartirish imkoniyatiga ham
egadir.
2.
SHaxs. Mehnat tufayli hayvonot olamidan ajralib chiqqan va jamiyatda
rivojlanuvchi, til yordami bilan boshqa kishilar bilan muloqot (muomala)ga
kirishuvchi odam shaxsga aylanadi. Ijtimoiy mohiyati shaxsning asosiy tavsifi
hisoblanadi.
3.
Individuallik. Har qaysi inson betakror o’ziga xos xususiyatlarga ega.
SHaxsning o’ziga xos qirralarining mujassamlashuvi individuallikni vujudga
keltiradi. Individual xislatlar
shaxsning intellektual, emotsional va irodaviy
sohalarida namoyon bo’ladi.
S.L.Rbubinshteyn nazariyasi bo’yicha shaxs quyidagi tuzilishga ega:
1. Yo’nalganlik – ehtiyojlar, qiziqishlar, ideallar, ehtiqodlar,
faoliyat va
xulqning ustuvor motivlari hamda dunyoqarashlarida ifodalanadi.
2. Bilimlar – hayot va faoliyatda ko’nikmalar, malakalar jarayonida
egallanadi.
3. Individual – temperament, tipologik xususiyatlar, xarakter, qobiliyatlar aks
etadi.
K.K.Platonov tahlimotiga ko’ra, shaxs tuzilishi quyidagi shaklga ega:
1)
Yo’nalganlik ong osti tuzilishi – shaxsning axloqiy qiyofasi va
munosabatlarini birlashtiradi. Undan harakatchanlik, barqarorlik, jadallik,
ko’lam (hajm) darajalarini farqlash lozim.
2)
Ijtimoiy tajriba ong osti tuzilishi – tahlim vositasida, shaxsiy tajribada
egallangan bilimlar, malakalar, ko’nikmalar va odatlarni qamrab oladi.
3)
Psixologik aks ettirish shakllari ong osti tuzilishi –
ijtimoiy turmush
jarayonida shakllanuvchi bilish jarayonlarining individual xususiyatlari.
4)
Biologik shartlangan ong osti tuzilishi – miya morfologik va fiziologik
xususiyatlariga muayyan darajada bog’liq bo’lgan patologik
o’zgarishlarni, shaxsning yosh, jins xususiyatlarini va uning tipologik
xosiyatlarini birlashtiradi.
A.G.Kovalev talqiniga binoan, shaxs mana bunday tuzilishga ega:
1. Yo’nalganlik – voqelikka nisbatan
inson munosabatini aniqlaydi, unga o’zaro
tahsir etuvchi har xil xususiyatli g’oyaviy va amaliy ustanovkalar, qiziqishlar,
ehtiyojlar kiradi. Ustuvor yo’nalganlik shaxsning barcha psixik faoliyatini
belgilaydi.
2. Imkoniyatlar – faoliyatning muvaffaqiyatli amalga oshishini tahminlovchi
tizim. O’zaro tahsir etuvchi va o’zaro bog’liq bo’lgan turlicha qobiliyatlar.
3. Xarakter – ijtimoiy muhitda shaxsning xulq – atvor uslubini aniqlaydi.
Odamning ruhiy hayoti shakli va mazmuni unda namoyon bo’ladi. Xarakter
tizimidagi irodaviy va mahnaviy sifatlar.
4. Malakalar tizimi – hayot va
faoliyat, sifatlar xulq – atvorini tuzatish (korrektsiyalash),
o’zini o’zi boshqarishni tahminlaydi