IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.
«Sulton Maxmud va Beruniy» hikoyasini o‘quvchilar «Zanjir» usulida o‘qitiladi.
Test topshiriqlari:
1.Sulton Mahmud G‘aznada Ming chinor bog‘idagi qasrining boloxonasida vazirlar, olimlar, shoirlar bilan o‘tirib, birdan kimga nazari tushibdi ?
A)Abu Rayhon Beruniyga; B)Al – Xorazmiyga;
D) Abu Ali ibn Sinoga; E) Sohibqiron Amir Temurga;
2. Abu Rayhon usturlobni qo‘liga oldi, nimani keltirishlarini buyurdi?
A) kitob va qalamni; B) qog‘oz va ruchkani;
D) bo‘r va qalamni ; E) bo‘r va taxtachani
3. Abu Rayhon Beruniy nimaning balandligini o‘lchadi?
A) bolaxonaning; B) oftobning;
D) devorning ; E) daraxtning:
V. Darsga yakun yasash va o‘quvchilarni baholash.
Savol-javob:
1.Hikoyat sizga yoqdimi?
2. Abu Rayhon Beruniyning qaysi xislatlari sizga yoqdi?
O‘quvchilar javoblari tinglanib, dars xulosalanadi.
O‘quvchilar darsda ishtirokiga ko‘ra baholanadilar.
VI. Uyga vazifa berish.
«Sulton Maxmud va Beruniy» hikoyasini ifodali o‘qib, qayta hikoya qilishga tayyorlanish .Abu Rayhon Beruniy haqida ma’lumotlar to’plab kelish.
Xulosa
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, bugungi dunyo miqiyosida axborot
kommunikatsiya tizimining yuksak darajada rivoj topib borayotganligi va bu
boshqa sohalar qatorida ta’lim jarayoniga ham kirib kelib, uni yanada sifatli
tashkil etishga o’z ta’sirini ko’rsatayotganligi ehtiyojidan kelib chiqib, shuni aytish
mumkinki, boshlang’ich ta’lim o’qituvchisi va oilada ota-onalar ham bolani
kitobga qiziqishini uyg’otishda texnika va texnologiyani chuqur bilishi, tahlil qila
olishi va yangilik yaratilish darajasida bilimli va mahoratli bo’lishi juda muhim.
Buning uchun oilada sermazmun va qiziqarli kitoblar va hikoyalar o’qishga
bolani qiziqtirish va maktabda ham o’qituvchilar darsni tashkil etish jarayonida
barcha o’quvchilarga tushunarli, oson, qiziq bo’lgan usullarni tanlashi va qo’llay
olishi, ko’rgazmali qurollardan foydalanishi, yangi ishlab chiqarilayotgan texnik
vositalarni tadbiq qilishi, ta'lim oluvchilarni ijodiy, mustaqil ishlashga undashi,
pedagogik texnologoyalardan to’g’ri va unumli foydalanishi maqsadga muvofiqdir.
“Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”da ta’lim berishning ilg’or pedagogik
texnologiyalarini, zamonaviy o’quv-uslubiy majmualarini yaratish kabilar umumiy
o’rta ta’limning asosiy vazifalaridan biri sifatida ta’kidlangan.
O’quv-tarbiya jarayonlarini tashkil etishda ham an'anaviy usullardan farqli
o’laroq, yangicha pedagogik yondashuvlarni o’zlashtirish va ta'lim jarayonida
qo’llash zamon talabidir. Dars jarayonida yangicha muhitni shakllantirish,
zamonaviy ko’rgazmalardan, interfaol metodlardan foydalanib mazmunli olib
borish zarur.
Boshlang’ich sinf o’quvchilari boshqarishga moyil, qiziquvchan, ta’sirchan
bo’lganliklari uchun ham oilada ota- onadan va o’qituvchidan o’quvchilarning
yosh xususiyatlariga mos bo’lgan, darsni oson o’zlashtirishlarini, bilimlarni
mustahkam o’rganishni kafolatlaydigan metodlarni tanlashi va foydalanishida
birga hamkorlikda harakat qilishlari talab etiladi.
Darslarni samarali va sifatli tashkil etish uchun pedagogning tashkiliy
hamda uslubiy jihatdan tayyorgarligi va ta’lim olish jarayonini tashkil etishni
ta’minlovchi o’quv-uslubiy ta'minotni ishlab chiqish talab etiladi.Taminot
bazasida o’quv jarayoniga zamonaviy axborot texnologiyalarini qo’llash
imkoniyati bo’lishi muhim.
Bo’lajak boshlang’ich ta'lim o’qituvchilarini rivojlantirishda faol ta'lim
usullarini qo’llash imkoniyatlari o’rganib, mohiyati yoritib berdim.
Olib borgan ishimiz natijasi va xulosalarimiz asosida quyidagi tavsiyalarni
amalga oshirish maqsadga muvofiq:
1. Boshlang’ich ta'lim o’qituvchilari va oilada muntazam ravishda
kitobga va uni o’qishga qiziqtirishga erishish.
2. Oilada kitobni va uni o’qishga va obolaning erkin tafakkurini
shakllantirish va ijtimoiy hayotga tayyorlashga erishish.
3. Har bir o’qituvchi o’quvchining diqqati, e'tiborini jalb qilish uchun
o’qish darslarida texnologik yondoshishga o’rgatish.
4. O’quvchilarni o’qish darslarida berilgan har xil janrdagi asarlarni
o’qish jarayonida asar qahramonlariga tavsif berishga o’rgatish
5. O’qituvchi mahoratini oshirish uchun tajribali o’qituvchining ishlarini
doimiy kuzatib borishlarigi erishish.
Do'stlaringiz bilan baham: |