4-sinf ona tili darslarida gap bo’laklari ustida ishlash reja: kirish I ВОВ. Boshlang’ich sinf ona tili darslarida gap bo’laklarini o’rgatish


Ikkinchi darjali bo’laklarni o’rgatish tajribasidan



Download 78,94 Kb.
bet8/17
Sana20.03.2022
Hajmi78,94 Kb.
#504493
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17
Bog'liq
4-SINF ONA TILI DARSLARIDA GAP BO’LAKLARI USTIDA ISHLASH

1.2. Ikkinchi darjali bo’laklarni o’rgatish tajribasidan
Har qanday mustaqil ish o’zida ijodiy unsurlarni mujassamlashtiradi, o’quvchilarni ta’limiy muammo bilan yuzma-yuz qo’yadi, har xil yechimlardan bittasini anglash imkonini beradi. O’quvchilarning asosan imlo va o’qish savodxonligi bilan bog’liq ko’nikmalarni shakllantirishga qaratilgan 1-2-sinflardagi mustaqil ishlardan farqli o’laroq 3-4-sinflardagi mustaqil ishlar imlo savodxonligiga erishishdan tashqari tashabbuskorligi va ijodiy iqtidorlarni o’stirish, fikr-mulohazalarni erkin bayon qilishga o’rgatishi, faolligini oshirishi, dunyoqarashini shakllantirishi bilan ham muhim ta’limiy-tarbiyaviy mohiyat kasb etadi.
O’quvchilarning shu jarayondagi faoliyati zamirida o’quv faolligi turadi. Faollik esa bilimlarni chuqurroq egallashga, ma’naviy-axloqiy dunyoqarashni shakllantirishga yo’l ochadi. Zeroki, mavjud bilimlarni o’zlashtirish inson ma’naviy kamolotining asosini tashkil qiladi.
O’quvchilar faolligini oshirish garchi pedagogik jarayonning samaradorligiga bog’liq va yaxlit tushuncha bo’lsa-da, ilmiy pedagogik, metodik adabiyotlarda u haqda turlicha qarashlar ilgari surilganini ko’rish mumkin. Bunday turfa qarashlarga diqqat bilan e’tibor berilsa, o’quv faolligi tushunchasi muayyan shaxsning ish qobiliyatini oshirish, o’quv-biluv faoliyatini jadallashtirish, o’quvchilar tomonidan mustaqil bajariladigan ish turlari mazmuni tarzida turlicha izoh berilganini anglash qiyin emas.
Bizning nazarimizda, o’quv faolligi deganda bilimlarni chuqur o’zlashtirishga doir qayta xotirlash-ijodkorlik, tashabbuskorlik, mustaqil fikrlash va tafakkur uyg’unligidan iborat o’quvchi faoliyatini anglamoq lozim.
Ilg’or o’qituvchilarning ish tajribalaridan ma’lumki, mustaqil ishlar ta’limning barcha bosqichlarida tafakkurni faollashtiruvchi usul sifatida ajralib turadi. Uning boshlag’ich ta’lim tizimidagi o’rni va rolini quyidagicha tavsiflash mumkin:
1. Bilimlarni ongli ravishda egallash, chuqurlashtirish va kengaytirishga imkon beradi.
2. O’qish va yozish bilan bog’liq malaka-ko’nikmalarni shakllantiradi.
3. O’quv predmetlarini puxta o’zlashtirishga, olingan bilimlarni mustahkamlashga yordam beradi.
4. Faollikni oshiradi.
Mustaqil ishlarni turli shakl va mazmunda uyushtirish mumkin. Masalan: 3-sinf “O’qish kitobi”ga kiritilgan “Til qudrati” (rivoyat) mavzusidagi darsda o’qituvchi quyidagicha mustaqil ishlardan foydalansa bo’ladi:

  1. Matndagi yangi so’zlar ishtirokida gap tuzish;

a. Falakiyot-osmon jismlarini o’rganuvchi fan;
b. Ajnabiy til-o’z tilidan boshqa tillar ajnabiy tildir.
2. Asar mazmunini bayon qilish rejasini tuzish:
-Birinchi farishtaning orzu-havasi;
-Ikkinchi farishtaning orzu-havasi;
-Farishtalar o’rtasida o’zaro tortishuv.
Bu kabi mustaqil ishlar mohiyati shundaki, o’quvchilar o’qituvchining ishtirokisiz topshiriqlarni bajarish orqali mustaqil fakrlashga, mavzu yuzasidan tegishli xulosa chiqarishga o’rganadi, eng muhimi, bilimlarni o’zlashtirish bilan bog’liq o’quv faolligi oshadi, ta’limiy maqsadga oid ko’nikma-malakalari shakllana boradi.
Pedagogik faoliyatimiz davomida mustaqil ishlarni tashkil etishda quyidagi ta’limiy maqsadlarni nazarda tutish dars samaradorligini oshirishga ijobiy ta’sir ko’rsatadi, degan xulosaga keldik:
-o’rganilayotgan mavzudan ko’zlangan maqsad va vazifalarni oldindan belgilash;
-badiiy matnning janriy xususiyatlarini aniqlash;
-o’quvchilarga darsda o’rganilayotgan mavzuning avval o’zlashtirilgan bilimlarga bog’liqligini eslatish;
-qo’shimcha adabiyotlar, ko’rgazmali qurollar yordamida o’quvchilarning o’z ustida ishlashlariga imkon berish;
-o’quvchilardan o’z fikr-mulohazalarini izchil va misollar bilan dalillashlarini talab qilish;
-matnda uchraydigan yangi so’zlarni lug’at daftarlariga yozdirish;
-matnni ifodali o’qishga tayyorgarlik ko’rish.
Mustaqil ishlar o’qish darsida og’zaki (matn mazmunini hikoyalash, qisqartirib hikoyalash, savol-javob, ifodali o’qish, yod olish) va yozma (bayon, insho, adabiy qahramonlarga tavsifnoma, test topshiriqlari ustida ishlash) tarzida uyushtirilishi mumkin.
Mustaqil faoliyat natijasida bo’lgan mustaqil ishlar o’zining maqsadi, jamoaga mo’ljallanganligi, shakli va bajarilish o’rniga qarab o’zaro farqlanadi. Mustaqil ta’lim mohiyat e’tibori bilan o’quvchilarning savodxonligi, adabiy tahlil bilan bog’liq ko’nikma va malakalarni shakllantirishda muhim o’rin tutadi. Adabiy tahlilga doir ilmiy-nazariy, amaliy-metodik va pedagogik asoslar to’g’ri belgilansa, mustaqil ta’limning samarali shakllari, vositalari tanlansa, o’quvchilar faolligini oshirishda ijobiy natijalarga erishiladi.
Kuzatishlar o’quvchilarning mustaqil va ongli faoliyatini shakllantirishda, ularning qiziqish va intilishlarini hisobga olishda, egallagan bilimlarini amalda qo’llay olishiga imkon berish zarurligini ko’rsatadi.
O’quvchilar faolligini amalga oshirishga doir mustaqil ta’limni tashkil qilishda turli usul va vositalardan foydalanish yana ham maqsadga muvofiqdir. Bunday vositalarni belgilashda o’rganilishi ko’zda tutilgan badiiy matnlarni sodda-murakkabligiga qarab guruhlash taqozo qilinadi. Metodik adabiyotlarda badiiy asarlar mazmun-mohiyatini o’rganish usullari va shunga doir shart-sharoitlar ma’lum darajada ishlab chiqilgan bo’lib, o’quvchilar faolligini oshirishda muayyan motivlardan foydalanish har xil sekinishlardan, chalg’ishlardan saqlaydi.
O’quvchining faolligi savodxonlik hamda asar tahliliga yo’naltirilgan bo’lsa, ko’proq bilimlarni egallash va asar tahliliga doir motivlar ustida so’z yuritish mumkin. Uning faolligi boshqalar bilan jamoa tarzida hal qilishga qaratilgan bo’lsa, ijtimoiy motivlat nazarda tutiladi.
Ushbu motivlar o’quvchilarda asar tahlili bilan bog’liq bilim, ko’nikma va malakalarni izchil shakllantirishni ko’zda tutadi. Bu borada quyidagi talablarga amal qilish zarur:
-badiiy asar matnining mazmunan izchilligi va o’zaro bog’liqligiga;
-o’quvchilar faolligini oshirishga qaratilgan matnlar va didaktik topshiriqlarning “osondan qiyinga”, “oddiydan murakkabga” tamoyili asosida bajarilganligiga;
-o’quvchilarda mustaqil fikrlash darajasining asta-sekin o’sib borishiga;
-badiiy matnlarning rang-barangligiga.
O’quvchilarning matn bilan tanishish, mazmunini tushunishdan g’oyaviy badiiy xususiyatlarini idrok etish, tegishli xulosalar chiqarishga erishish uchun berilgan topshiriqlarning bajarilishini nazorat qilib turish, baholash, asar tahlili davomida yo’l qo’yilgan xato va kamchiliklar sababini aniqlash, dakki bermaslik, aksincha asar mazmun-mohiyatini chuqurroq tushunishga undash, bu boradagi har qanday izlanish va ijodkorlikni muntazam rag’batlantirib borish, muammoli masalalar yuzasidan ko’rsatmalar berish ijobiy natijalarga olib keladi.
O’qish darslarida o’quvchilar faolligini oshirish adabiy tahliliga doir bilim, ko’nikma va malakalarni shakllantirish, tahlilini rejali tarzda amalga oshirish va nazorat qilish uchun asos bo’ladi. O’quvchilarning badiiy matnlar tahlili faolligini oshirishga yordam beradi. Asar tahlilini muhokama, bahs-munozara asosida tashkil etish o’quvchilarning muloqot madaniyati bilan birga mustaqil fikrlash malakasini ham shakllantiradi.
Adabiy-nazariy bilimlarni mustahkamlash va ularni amalda qo’llash jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalardan, o’yin-topshiriqlardan foydalanish o’quvchilarning mustaqil-aqliy va ongli faoliyatini shakllantiradi, mustaqil fikrlashga, izlanishga undaydi.
“Klaster” usuli, “Aqliy hujum”, “Zanjir”, “O’zing uchun o’zing joy tanla!” texnologiyalari-badiiy matnlarga turli jihatdan yondashish o’quvchi so’z boyligini oshiradi va bahs-munozara madaniyatini egallashga yordam beradi. Ularning har biri o’ziga xos shakl va mazmunga ega. Jumladan, aqliy hujumning asosiy vazifasi g’oyalarni to’plash uchun kichik guruhlarning kuchidan foydalanish (kichik guruhning umumiy kuchu guruh ishtirokchilarining kuchlari yig’indisidan ko’proqdir)dan iborat. “Aqliy hujum” muammoni yechish uchun ko’proq g’oyalarni taklif etishga undaydi. Ushbu texnologiyaning asosiy tamoyili g’oyalar xilma-xilligiga asoslanadi. “Aqliy hujum” texnologiyasi talablari quyidagilardan iborat:
-ishtirokchilarni erkin holda o’tqazish;
-g’oyalarni yozish uchun qog’oz tayyorlash;
-ishtirokchilarga muammoni yetkazish;
-ishlash qoidalarini aniqlash:
a) g’oyalarni taklif qilish jarayonida ularning baholanmasligi;
b) erkin fikrlash;
c) g’oyalar qanchalik ko’p bo’lsa, shuncha yaxshi bo’lishi;
d) boshqalar fikrini rivojlantirish (ularni birlashtirish, o’zgartirish orqali yangilarini o’ylab topish);
-taklif etilgan fikrlarni qog’ozga yozib borish;
-yangi fikrlarni rag’batlantirish, boshqalarning fikrlari ustidan kulishga, tanqidiy izohlashga, kinoyalar qilishga yo’l qo’ymaslik.
Adabiy asar tahliliga doir boshqa pedagogik texnologiyalar ham o’quvchilarning mustaqil fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish va so’z boyligini oshirish bilan birga badiiy adabiyotlarga bo’lgan qiziqishlarini o’stirish orqali oddiy kitobxondan muallif nuqtai nazarini nozik ilg’aydigan asar badiiyati xususida o’z so’ziga ega kitobxon darajasiga ko’tarilishiga zamin yaratadi.
Shunday qilib, boshlang’ich sinflarning o’qish darslarida o’quvchilar faolligiga erishish ta’limiy-tarbiyaviy maqsadlarni amalga oshirishning muhim shartlaridan bo’lib, bilimlar izchilligi, metodlar rang-barangligi va masalaga ijodiy yondoshish bilan birga tushuntirish, qiziqtirish, rag’batlantirish, baholashga doir tafakkur unsurlaridan foydalanish orqali amalga oshiriladi.
An’anaviy yo’nalishdagi dars didaktik maqsadiga ko’ra: yangi bilimlarni o’zlashtirish; o’rganilgan bilimlarni amaliy tatbiq etish orqali mustahkamlsh; o’tilganlarni takrorlash; bilim va malakalarni mustahkamlash; o’quvchi bilimini nazorat qilish va baholash; ularni bir tizimga keltirish kabi turlarga ega ekanligi pedagogika fanidan yaxshi ma’lum. Ammo bashariyatning iqtisodiy-ijtimoiy ravnaqi, ilmu-fan sohalaridagi yangi-yangi yutuqlar ta’limning asosiy vositasi bo’lgan dars (mashg’ulot) va uning turlarining ko’payishiga, takomillashuviga olib keldi.
Endilikda darslarning yangi tiplari va shakllari haqida qator ilmiy-metodik ishlar mavjudligini hisobga olish kerak.
1. Ilg’or pedagogik texnologiyaga asoslangan zamonaviy dars turlari va shakllarini qo’llash, o’quvchining ta’lim jarayonidagi o’rni, unga yangicha yondoshuv, yangicha munosabatni ta’minlash, mazkur jarayonni mohirlik va idrok bilan boshqarish demakdir.
Quyida ilg’or pedagogik texnologiyaga asoslangan dars turlarining o’ziga xos tomonlari haqida fikr yuritamiz.

Download 78,94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish