Taqrizchi: PhD Boltayeva B.I.
Boshlang‘ich ta’lim fakul’teti bitiruvchisi Suyunboyeva (Boybo’tayeva) Nigoraning «4-sinf ona tili darslarida gap bo’laklari ustida ishlash» mavzusidagi bitiruv malakaviy ishiga
TAQRIZ
O’quvchilar so’z boyligini oshirishning eng asosiy omili sifatida lug’at ustida ishlash ko’rsatilishi lozim. Til hodisalarini o’rganishda so’z va uning ma’nodoshlari, shakldoshlari, uyadoshlari har bir so’zning o’z va ko’chma ma’nosi, shuningdek, har bir so’zning imlosi ustida ishlash, o’quvchilarning so’z boyligini oshirishga qaratish ona tili mashg’ulotlarida yetakchi omilga aylanmog’i kerak.
Ona tili mashg’ulotlarining bosh mezoni faqat mashqlarni bajarishdangina iborat bo’lmay, balki ijodiy fikr mahsulini mustaqil bayon etish ko’nikmalarini shakllantiruvchi matnlar hosil qilishga qaratilishi lozim.
Boshlang’ich ta’lim “Ona tili” darslarida gap bo’laklari yuzasidan berilgan nazariy materiallarni, ular orasidagi uzviylik va uzluksizlikni o’rganish jarayonida mashq materiallarini ko’rib chiqdik. 3-sinf Ona tili darsligida (Mualliflar S. Fuzayloy, M.Xudaybergenova. Toshkent “O’qituvchi” 2004) “Gap bo’laklari” mavzusini o’rganishda 100-102- mashqlarni bajarish ko’rsatilgan. “Bosh bo’laklar” mavzusini o’qitishga 6 soat ajratilgan (103-118 mashqlar), shuningdek, “Ikkinchi darajali bo’laklar” mavzusini o’rganishga 3 soat ajratilgan (119-125-mashqlar).
Talaba berilgan vazifalarni bosqichma-bosqich amalga oshirib bordi. Katta hajmdagi pedagogik, psixologik va ijtimoiy manbalarni o‘rganib chiqdi. Ish jarayonida boshlang'ich sinflarda imloviy ko'nikmalarini takomillashtirish ishlarini olib borilib, natijalarining tahlil qilinishi ilmiy farazning to‘g‘ri qo‘yilganini tasdiqlash bilan birga, ijobiy yakun topganini ko‘rsatdi.
Bitiruv malakaviy ish yuzasidan chiqarilgan xulosalar ishning to‘la yakunlanganligidan dalolat beradi. Berilgan amaliy tavsiyalarni foydali deb hisoblash mumkin.
Bitiruv malakaviy ishda ayrim texnik kamchiliklar mavjud bo‘lib ularni tuzatish mumkin va ular ishning asosiy mazmuniga ta’sir etmaydi.
Talaba Suyunboyeva (Boybo’tayeva) Nigora faqat bitiruv malakaviy ish yozish bilan cheklanib qolmasdan o‘zining ilmiy-nazariy saviyasini ham tinmay oshirib bordi. O‘zida pedagogik mahorat qirralarini shakllantirdi. Zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini mukammal egallashga, kompyuter savodxonligini ko‘tarishga erishdi.
Bitiruv malakaviy ishi to‘la yakunlangan, muayyan ilmiy va amaliy qiymatga ega deb hisoblaymiz.
Talaba Suyunboyeva (Boybo’tayeva) Nigora bitiruv malakaviy ishini tugallangan deb hisoblaymiz va himoyaga tavsiya etamiz. Ishning mazmuni ijobiy bahoga loyiq ekanligini qayd etamiz.
Taqrizchi:
Do'stlaringiz bilan baham: |