4-sinf ona tili darslarida gap bo’laklari ustida ishlash reja: kirish I ВОВ. Boshlang’ich sinf ona tili darslarida gap bo’laklarini o’rgatish


Ta’limning zamonaviy texnologiyalari va mustaqil fikrlash



Download 78,94 Kb.
bet13/17
Sana20.03.2022
Hajmi78,94 Kb.
#504493
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
4-SINF ONA TILI DARSLARIDA GAP BO’LAKLARI USTIDA ISHLASH

Ta’limning zamonaviy texnologiyalari va mustaqil fikrlash

Nutqni, odatda eshitish, o’qib chiqish bilangina uning lug’aviy shaklini va uslubinu esda mukammal qoldirib bo’lmaydi, nutqda ifodalangan fikrlar ham mustahkam o’zlashtirilmay qolishi mumkin. Masalan, agar o’quvchi uy vazifasini tayyorlayotganda darsni bir-ikki marta o’qib chiqish bilangina chegaralansa, dars vaqtida erkin javob bera olmaydi, qiynaladi, “qanday gapirishni” bilmaydi. U o’zining noaniq fikrlarini grammatik shakllarda ifodalashga urinadi. Bu og’zaki javoblar ko’pincha mujmal bo’lib, gap silliq chiqmaydi va bilim sifatini pasaytiradi. O’quvchi qanday gapirish kerakligini bilmaganligidan o’z fikrlarini ifodalash uchun so’z va ifodalarni topolmay qiynaladi. Bunday vaqtlarda odatda: “men o’qiganman, bilaman, ammo qanday gapirishni bilolmayapman” deb arz qila boshlaydi. O’quvchi ko’pincha kerakli so’zni tanlay olmaydi, o’z nutqini grammatik jihatdan noto’g’ri tuzadi. O’quvchi darsni tayyorlaganda uni og’zaki ifodalash ustida mashq qilmasa shunday hol sodir bo’ladi. O’quv materialini so’z bilan ifodalash ustida mashqlar ikki xil bo’ladi:

  1. O’quvchi materialni so’zm-so’z esda saqlab qoladi;

  2. O’qiganlarini o’z so’zi bilan qayta tiklab aytib beradi.

O’quvchilar ko’pincha so’zlarni xotirada qayta tiklashga qiynaladilar. Bu hol, xususan, maxsus terminlarni eslashda ko’zga tashlanadi. Shuning uchun “o’z so’zi” bilan qayta tiklash ham mashq qilishni, xotira va tafakkurni ishga solishni talab qiladi.
Fikrni ifodalash bo’yicha qilinadigan mashqlar orasida eng yaxshi natija beradigan yozma mashqlardir. Ma’lumki, yozma nutq mashqlari og’zaki nutqqa qaraganda ko’proq kuch va e’tibor talab qiladi.Shu bilan birgalikda yozma nutq lug’aviy va grammatik jihatdan ko’proq takomillashgan nutq hisoblanadi.
Qayta tiklanayotgan materiallarni yozma ifodalash o’quvchidan e’tiborni, qunt qilishni va qayta tiklanayotgan fikrlarning eng aniq va ravon shaklga solinishini talab etadi. Yozma ifoda fikrlarni oydinlashtirish, ravshanlashtirishning muhim shartidir. Yozma nutq o’quv materiallarini o’zlashtirishda qiaqacha yozib olish, konspekt tuzish, o’qilgan materialni o’z so’zi bilan ifodalash shakllarida bo’ladi. Barcha turdagi yozma mashqlarning ahamiyati shundaki, ular o’qilgan materiallarni mustahkamlashga, bolalar nutqini o’stirishga katta yordam beradi. Albatta, o’quvchi nutqining o’sishiga o’qituvchining nutqi namuna sifatida katta ta’sir ko’rsatadi.
O’quvchilarning mazmunli, ongli, to’g’ri tuzilgan va stilistik chiroyli nutqlarini o’stirish “Boshlang’ich ta’lim standartlari”ning muhim vazifalaridan biridir.
Ona tili darslaridagi mustaqil ishlar-bu o’quvchilarning aqliy imkoniyatlarini namoyon qilishga imkon beradigan, o’qituvchining bevosita va bilvosita ishtirokida, ammo yordamisiz bajariladigan nazariy-amaliy materiallar ustida bajaradigan grammatik vazifalaridir. Bunday vazifalar davomida o’quvchilarning nafaqat bilim darajasi, balki o’zlashtirgan bilimlarini amaliyotda qo’llay bilish, mustaqil va mantiqiy fikrlash darajasini ham aniqlashga hamda rivojlantirishga imkoniyatlar mavjuddir.
Mustaqil ishlarning bir qancha turlari mavjud. Jumladan, manbasiga ko’ra darslik asosidagi, darslikdan tashqari bo’lgan mustaqil ishlar hamda amalga oshirish shakliga ko’ra og’zaki va yozma turlarga ajratiladi.

Mustaqil ishlarning mazmuniga ko’ra guruhlarga ajratish birmuncha murakkab bo’lib, biz ilmiy adabiyotlarni tahlil qilish davomida turli tasniflarga duch keldik. Jumladan, S.Matchonov umumta’lim maktablarida adabiyot darslarida qo’llaniladigan mustaqil ishlarning mazmuniga ko’ra ikki turga ajratadi:
1. Na’muna asosidagi mustaqil ishlar (bayon, tavsifnoma, annotatsiya, reja, konspekt, tezis, h.k.);
2. Ijodiy mustaqil ishlar (insho, ma’ruza matni, taqriz, referat, adabiy qahramonga maktub va h.k.).
Tadqiqotlarimiz davomida ilmiy adabiyotlarni tahlil qilib, boshlang’ich sinf o’qituvchilarining fikrlari bilan tanishdik. Ular faoliyatlarini kuzatdik va barcha izlaniladigan mustaqil ishlarning mazmuniga ko’ra quyidagi sinflarga ajratdik.
Mustaqil ishlarni darsning bir qismida (o’tgan mavzuni so’rab, baholashda, o’tgan mavzuni mustahkamlashda, yangi mavzuni mustahkamlashda) yoki butun bir dars davomida amalga oshirish mumkin.
Ko’pgina darslar davomida mustaqil ishlardan foydalanish jarayonini kuzatdik, ilmiy adabiyotlarni o’rganib chiqdik. Mustaqil ishlarni amalda qo’llash jarayonida quyidagi talablarga rioya qilish zarur, degan xulosaga keldik:
1. Mustaqil ishlar har bir o’quv materialining xarakteriga ko’ra belgilanishi lozim.
2. Mustaqil ishlar pedagogik va psixologik jihatdan asoslangan bo’lishi zarur.
3. Mustaqil ishlar davomida o’quvchilarga ma’lum va noma’lum bo’lgan material o’rtasida mantiqiy bog’lanish hosil qilinishi kerak.
4. Mustaqil ishlar oddiydan murakkabga qarab borishi kerak.
5. Mustaqil ishlar o’quvchilarning bilish faoliyati faolligini oshirishga xizmat qilishi zarur.
6. O’quvchilarga zerikarli bo’lmasligi uchun mustaqil ishlarning turli ko’rinishlaridan foydalanish lozim.
7. Ayniqsa, boshlang’ich sinflarda mustaqil ishlarni uyushtirish jarayonida ko’rgazmali qurollardan ko’proq foydalanish kerak.
8. Mustaqil ishlar hayot bilan bog’liq bo’lishi lozim.
9. Mustaqil ishlar yakunida o’quvchilar ishi albatta, xulosalanishi va faol, bilimdon, mustaqil o’quvchilar rag’batlantirilishi kerak.
10. Mustaqil ishlarni tashkil etishda o’quvchilarning real imkoniyatlari hisobga olinishi zarur.
11. Mustaqil fikrlashga ehtiyoj vaziyatini yuzaga keltirish kerak.
Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, boshlang’ich sinf o’quvchilarida mustaqil va ijodiy fikrlash malakalarini shakllantirishda ularning bilim asoslarini egallashlarida mustaqil ishlarning imkoniyatlari kengdir.
XXI asr- Yurtboshimiz “O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolotlari” nomli kitobda ta’kidlaganlaridek, axborot va yuqori texnologiyalar asriga aylanmoqda. Boshqacha aytganda, bugun zamon o’zgarmoqda, hayot o’zgarmoqda. Kommunikatsiya informatsion texnologiyalar kundalik hayotimizdan muqim va muhim o’rin egallamoqda. Bugungi kun bolasi uchun internet orqali zarur ma’lumotlarni olish, dunyoning narigi chekkasidagi tengdoshlari bilan suhbatlashish Pifagor jadvalini yoddan aytib berishdek gap. Bunday holatda esa yosh avlodni axborot xurujlaridan himiyalash, uning eng to’g’ri va haqiqiy ma’lumotga ega bo’lishini ta’minlash, qisqa qilib aytganda, yoshlarni Vatanga sadoqat, ona yurtga muhabbat ruhida tarbiyalash uchun ta’lim tizimida axborot texnologiyalaridan oqilona foydalanishga davrning o’zi taqozo etmoqda. Ta’kidlash joizki, bu ish boshlang’ich ta’lim davridanoq yo’lga qo’yilishi maqsadga muvofiqdir.
Ayni paytda mamlakatimizning istalgan hududidagi maktabga kirasizmi yoki o’rta maxsus kasb-hunar kolledji –yu akademik litseylarga “bosh suqamizmi”, qayerga borishingizdan qat’iy nazar, kompyuter texnologiyalaridan omilkorlik bilan foydalanayotgan talabalarni ko’rishingiz tabiiy. Bu, eng avvalo, mamlakatimiz rahbariyati tomonidan yosh avloga yaratib berilayotgan imkoniyatlar, zarur shart-sharoitlar mahsulidir. Joriy yildan boshlab esa ta’lim muassasalarida o’qitishning yangi uslubi – kompyuterlashtirilgan multimediya vositasida saboq berish yo’lga qo’yilganligi ta’lim tizimida axborot texnologiyalarining o’rni naqadar yuksak ekanligini yana bir karra isbotladi, deyish mumkin.
Multimediya bu- maxsus texnologik vositalar yordamida kompyuterdagi ma’lumotlarni ulkan monitor orqali namoyish etishdir. Uning cheksiz imkoniyatlarga egaligi esa muallim uchun ham, o’quvchi uchun ham birdek manfaatli sanaladi. Aytaylik, o’qituvchi tarix fanidan “Temuriylar davrida ilm-fanning rivojlanishi” mavzui bo’yicha ma’ruza qilishi kerak. Multimediya yordamida dars o’tilganida muallim o’quvchilarni temuriylar davrida bunyod etilgan me’moriy obidalar, yaratilgan ilmiy asarlardan parchalar, temuriylar davri ilm-fani yuzasidan jahonga tanilgan olimu matafakkirlarning mulohazalari, Samarqand, Andijon, Toshkent va qashqadaryo viloyatlarida temuriy hukmdorlariga bag’ishlab o’tkazilgan tantanalardan video lavhalarni taqdim etishi, darsning yanada qiziqarli va aniq dalil-hisobatlarga asoslangan holda o’tishini ta’minlaydi.
Qisqa qilib aytganda, ta’lim tizimida axborot texnologiyalaridan keng foydalanishimiz nafaqat jahon hamjamiyatidan munosib o’rin egallashimiz, balki farzandlarimizning bizdan ko’ra kuchli, bilimli, dono va albatta, baxtli bo’lishlari uchun poydevor vazifasini o’taydi. Bu borada bugun hayotga kirib kelayotgan, zamonaviy bilimlarni mukammal egallayotgan yoshlarimizga katta umid va ishonch bilan qarash mumkin. Chunki, o’z oldimizga qo’ygan yuksak maqsadlarga erishish uchun yoshlarimizda barcha imkoniyat-aql-zakovat ham, kuch-g’ayrat ham yetarli.
3-4-sinflarda o’quvchilar ish qog’ozlari yozish bo’yicha birmuncha ko’nikma va malaka hosil qilgan bo’ladilar. Shuni nazarda tutib, o’quvchilarni yangi ish qog’ozlarini yozishga o’rgatish mumkin. Mashq turi sifatida ilgari o’rgangan ish qog’ozlarini sentabrdan boshlab yozdirish va ulardagi til hodisalarini aniqlatish ham mumkin. Masalan, 3-sinfda “So’z tarkibi” bo’limi o’rganilayotganda (Tabriknoma) yozdirib, matndagi so’z o’zgartiruvchi qo’shimchalar, 4-sinfda esa undalmalar aniqlashtirilishi mumkin:
Tabriknoma
Dugonam Mohinur! Sizni yangi o’quv yili bilan tabriklayman. Fanlardan a’lo baholarga o’qib, o’quv yilini muvaffaqiyatli tugatishingizga tilakdoshman.
Dugonangiz Nigoraxon.
Bu matndagi sizni, fanlardan, baholarga, yilni, tugatishingizni so’zlarida -ni, -da, -ga so’z o’zgartiruvchi qo’shimchalari; Dugonam Mohinur undalma; muvaffaqiyatli, tilakdosh, tabriklayman so’zlarida –li, -dosh, -la so’z yasovchi qo’shimchalari bor. Shuningdek, matndagi so’zlarning o’zaklarini, so’z o’zgartiruvchi va so’z yasovchi qo’shimchalarini belgilatish mumkin.
3-4-sinflarda ish qog’ozlaridan xat, taklifnoma, tabriknoma, e’lon yozdirishdan tashqari tarjimai hol, tushuntirish xati, tilxat, ariza yozishga o’rgatilsa maqsadga muvofiq bo’ladi deb o’ylaymiz. Chunki o’quvchilar maktabdagi va maktabdan tashqari muassasalardagi to’garaklarga a’zo bo’lishlari mumkin. A’zo bo’lish esa ariza yozish orqali amalga oshiriladi. Bundan tashqari, kutubxonaga a’zo bo’ladi, darsdan ma’lum sabablarga ko’ra javob so’zrab ariza yozishi mumkin. Arizaning yozilish tartibi alohida tushuntirilishi kerak. Nafaqat arizaning, balki boshqa ish qog’ozlarining ham yozilishi maxsus o’rgatishni talab qiladi. Shuning uchun 3-4-sinfda muayyan mavzularga bog’lab, ularga belgilangan soatlarda yuqoridagi ish qog’ozlarini yozishga o’rgatish uchun alohida soatlar ajratish lozim deb hisoblaymiz. Shunda tilni o’rgatishning amaliy ahamiyati kuchayadi, tildan zarur paytlarda foydalanish imkoniyati hosil qilinadi.
Boshlang’ich ta’lim jarayonida o’qituvchining bolalar bilan muomalasi ta’lim-tarbiyaga katta ta’sir ko’rsatadi. Bolaga bo’lgan muhabbat hech qachon javobsiz qolmaydi. Buning uchun muallim bolalarni sevishi, o’zini bolalarning ota-onasedek his qilishi hamda ularning tarbiyasi va o’sishiga ijobiy ta’sir etuvchi vositalarning barchasini o’zining vazifasi deb bilishi kerak.
O’qituvchida pedagogik tajribalar yuqori bo’lishi, pedagogik texnologiya, o’qitish metodlari, pedagogik texnika, o’z-o’zini boshqarish, muloqot madaniyati, nutq madaniyati orqali o’quvchiga ta’sir qila olishi, pedagogik axloq, o’zaro munosabat, ijobiy natijalarga erishishi kabi bilim, ko’nikma va malakalarning namoyon bo’lishi uning ko’p qirrali pedagogik mahoratga ega ekanligini ko’rsatadi.
Bu degani-muallim faoliyatining samarali bo’lishi, uning pedagogik mahoratiga, kasbiy qobiliyatiga bog’liq. Bunda bilish, tushuntira olish, ravon nutq, tashkilotchilik, obro’ orttira olish, diqqatni taqsimlay olish qobiliyatlari bir-biri bilan o’zaro bog’langan bo’lib, bularning bari o’quvchi shaxsiga ta’sir etishda bir butunlikni hosil qiladi. Bunday qobiliyatlarga ega bo’lgan o’qituvchi fanni o’quv kursa hajmidagina emas, balki ancha keng va chuqur biladi. O’z fani sohasidagi kashfiyotlarni hamisha kuzatib boradi. O’quv materiallarini o’quvchilarga sodda, qiziqarli va tushunarli qilib bayon etadi. O’quvchilarda mustaqil ravishda faol fikrlashni shakllantiradi. O’quv materialini o’zgartira oladi. Qiyin va murakkab narsani oddiy va tushunarli qilib o’quvchilarga yetkazadi. Ularning bilim va kamolot darajasi, nimani bilishlari va nimani bilmasliklarini, nimani unutib qo’yganliklarini tasavvur ettiradi. Qobiliyatli o’qituvchi materialni bayon etish jarayonida o’quvchilarning qanday o’zlashtirayotganliklarini to’g’ri aniqlab oladi. O’quvchi shaxsi va uning ruhiy holatlarini yaxshi tushunish bilan birga uni kuzatadi. Nutq yoordamida, shuningdek, imo-ishora vositasida o’z fikr va tuyg’ularini aniq va ravshan ifodalaydi.
O’qituvchining nutqi hamisha o’quvchilarga qaratilgan bo’ladi. Uning nutqi o’zining ichki kuchi, ishonchi, gapirayotgan mavzusiga o’zining ham qiziqayotganligi bilan ajralib turadi. Fikrlar ifodasi o’quvchilar uchun aniq va sodda, tushunarli bo’ladi.
O’quvchilar jamoasi uyushtirish, ularni muhim vazifalarni hal etishga ruhlantirish, o’z ishini to’g’ri tashkil etish, rejalashtirish va uni nazorat qila bilish tajribali o’qituvchilarga xos hisoblanadi. Bunda to’g’ri muomala qila olish, qobiliyatli o’quvchilarga yaqin bo’lish, ular bilan pedagogik nuqtai nazardan juda samarali o’zro munosabat o’rnata bilish pedagogik mahoratning mavjudligini bildiradi.
Xulosa qilib aytganda, o’quvchi shaxsini shakllantirishda o’qituvchining ahamiyati va ta’siri beqiyos. Chunki, o’qituvchi o’quvchi bilimlarini, tafakkurini o’stiradi, ijodiy qobiliyatlarini shakllantirishning asosiy vositasi bo’lib qoladi.
Shu sababli o’quvchilar shaxsini shakllantirishda o’qituvchi har qanday masalalarga to’g’ri yondashishi uning tabiati, tuzilishi, xulq-atvorini va unga sabab va vositalarini inobatga olishi zarur.


XULOSA
O’quvchilar so’z boyligini oshirishning eng asosiy omili sifatida lug’at ustida ishlash ko’rsatilishi lozim. Til hodisalarini o’rganishda so’z va uning ma’nodoshlari, shakldoshlari, uyadoshlari har bir so’zning o’z va ko’chma ma’nosi, shuningdek, har bir so’zning imlosi ustida ishlash, o’quvchilarning so’z boyligini oshirishga qaratish ona tili mashg’ulotlarida yetakchi omilga aylanmog’i kerak.
Ona tili mashg’ulotlarining bosh mezoni faqat mashqlarni bajarishdangina iborat bo’lmay, balki ijodiy fikr mahsulini mustaqil bayon etish ko’nikmalarini shakllantiruvchi matnlar hosil qilishga qaratilishi lozim.
Boshlang’ich ta’lim “Ona tili” darslarida gap bo’laklari yuzasidan berilgan nazariy materiallarni, ular orasidagi uzviylik va uzluksizlikni o’rganish jarayonida mashq materiallarini ko’rib chiqdik. 3-sinf Ona tili darsligida (Mualliflar S. Fuzayloy, M.Xudaybergenova. Toshkent “O’qituvchi” 2004) “Gap bo’laklari” mavzusini o’rganishda 100-102- mashqlarni bajarish ko’rsatilgan. “Bosh bo’laklar” mavzusini o’qitishga 6 soat ajratilgan (103-118 mashqlar), shuningdek, “Ikkinchi darajali bo’laklar” mavzusini o’rganishga 3 soat ajratilgan (119-125-mashqlar).
4-sinf Ona tili darsligida ham bu mavzuni o’rganishda ko’p mashqlarni bajarish ko’rsatilgan. Biz bu ishimizda boshlang’ich sinf o’quvchilariga “Gap bo’laklari”ni o’rgatishni maqsad qildik.
Til hodisalarini o’rganishdan ko’zlangan asosiy maqsad nutqning va imloning yuqori darajasiga erishishdir.
Bugungi kunda yaratilayotgan ona tili darsliklari “Til-me’yor-nutq” mezoni asosida yaratilmoqda. Unda maktabdagi til ta’limini harakatga keltiruvchi 3 omil-o’qish madaniyati, uqish va matn yaratish madaniyati asos qilib olingan. “Gap bo’laklari”dan ega mavzusini o’rganishda kesimning markaziy bo’lak bo’lib kelishi izohlanadi.
Hozirgi o’zbek adabiy tili ta’limi-o’quvchilarning nutqiy faolilatini rivojlantirish, erkin va ijodiy fikrlash darajasini yuksaltirishni bosh maqsad qilib qo’ygan. “Gap bo’laklari” mavzusini o’rganishda ega va kesim munosabatlari ustida alohida to’xtab o’tdik. 3-sinfda “Ega va kesim” mavzusini o’tish haqida bir soatlik dars namunasini ham yozdik.
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, so’zlar gap tarkibida bir-biri bilan sintaktik aloqaga kirishgandagina nutqda gapning u yoki bu bo’lagi vazifasida kela oladi. Sintaktik aloqa gap bo’laklarining asosiy belgisidir.
Gap bo’laklari orasidagi sintaktik aloqa so’z shakllari, yordamchi so’zlar, so’z tarkibi va ohang orqali yuzaga chiqadi. Biz boshlang’ich sinf o’quvchilariga “Gap bo’laklari” mavzusini o’rgatish mavzusida yozgan bu ishimizda ko’p olimlar ishlarini: B. To’xliyev, A.Hojiyev, A.Rustamov, H.Ne’matov, A. Abdullayev, Sh. Rahmatullayev, G’.Abdurahmonov, A.G’ulomov, H.Jamolxonov kabi o’zbek tilshunoslarining asarlari va g’oyalari ilmiy-nazariy hamda metodologik jihatdan asos bo’ldi.
“Til millatning ulkan boyligi va bebaho mulkidir”, deyiladi O’zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonunida. Boisi, ona tilini puxta egallagan o’quvchi o’zi mansub bo’lgan millat tarixini, madaniyatini, urf-odatlarini, san’atini yaxshi biladi, uning hayotiy va axloqiy tushunchalari shakllanadi. Ona Vatanga sadoqat, buyuk elimizga hurmat, mustaqilligimizning qadriga yetish, do’stga vafo, dushmanga nafrat, beqiyos milliy qadriyatlarimiz, mehr-oqibat, hayo, ibo, oriyat kabi so’zlarning ma’nosini anglab yetuvchi inson bo’lib yetishadi.
Ona tili mashg’ulotlari shunday qurilishi lozimki, bola har bir mashg’ulotda mustaqil matnlar yaratish ustida ish olib borsin. Mana shu holatdagina u so’zga ehtiyoj sezadi, uni qidirib topadi, esda saqlaydi va ijodiy qo’llaydi.
Ma’lumki, izlanishga asoslangan har qanday faoliyat sermahsul faoliyatdir. O’quvchi ona tili materiallarini tayyor holda o’zlashtirmay, uni izlasa, faol ijodiy faoliyat ko’rsatsa, o’zlashtirish jarayoni ancha samarali bo’ladi. Muammoli ta’lim ana shunday izlanish va ijodiy faoliyat ko’rsatish uchun yaxshi imkoniyat yaratadi. Bu metod shaxs va uning intellektual aktivligini har tomonlama rivojlantirish vositasi sifatida xizmat qiladi.
Bizning vazifamiz ona tilimizning go’zal, jozibador jumlalari orqali ona tili ta’limining davr talabi, zamonaviy o’qitish usullari bilan birgalikda olib borib, o’quvchilarda mustaqil va ijodiy fikrlash, og’zaki va yozma nutq ko’nikmalarini rivojlantirishdan iboratdir.
Bu vazifani bajarish o’qituvchilarga, ayniqsa, boshlang’ich sinf muallimlariga juda katta mas’uliyat yuklaydi. Bu borada o’quvchilar ijodiy faoliyatini shakllantirish yo’llari cheksiz.
Xulosa qilib aytganda, ona tilidagi har bir grammatik mavzularni o’rgatish, har bir so’zning imlosi, fonetik, leksik-semantik jihatdan tahlil etish o’quvchilar bilimining ortib borishiga keng imkoniyatlar eshigini ochadi.
Malakaviy ish materialidan o’rta maktab boshlang’ich sinf o’qituvchilari dars o’tishda, shuningdek, sinfdan va maktabdan tashqari ishlarni olib borishda Ona tili fani to’garak ishlarida foydalanishlari mumkin.



Download 78,94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish