4-SINF
I. Dars mavzusi: Ot so’z turkumi.
II. Darsning maqsadi:
a) ta’limiy maqsad: o’quvchilarga ot so’z turkumi, u nimani atab kelishi gapda qaysi vazifada kelishi va imlosi to’g’risidagi tushunchalarini shakllantirish;
b) tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarni vatanga, tabiatga o’z ona tiliga bo’lgan hurmat ruhida tarbiyalash, ularni yuksak ma’naviyatli shaxs qilib yetishtirish;
s) rivojlantiruvchi maqsad: ularda mustaqil va erkin fikrlash ko’nikmalarni shakllantirish, dunyoqarashini kengaytirish va rivojlantirish, og’zaki va yozma nutqini o’stirish.
III. Asosiy tushuncha va atamalar : Ot so’z turkumi shaxs, narsa bosh harf, kichik harf , joy va hokazo.
IV. O’quvchilar egallashi lozim bo’lgan BKM elementlari:
Bilimlar:
- Ot so’z turkumi haqida bilish;
- u gapda nimalarni atab kelishini bilish;
- unga so’roq berishni bilish;
- otlarning imlosini bilish;
- birlik va ko’plikda kelishini bilish.
Ko’nikma va malakalar:
- Otlarga so’roq bera olish;
- shaxs nomini bildirgan so’zlarni ayta olish;
-narsa nomini bildirgan so’zlarni ayta olish;
- otning gapdagi vazifasini topa olish;
- otlarni to’g’ri yozish;
- matn ichidan ot so’z turkumiga oid so’zlarni ajrata olish.
V. Darsning metodlari: Aqliy hujum, “Ven diagrammasi” metodi.
VI. Dars shakli: Amaliy mashg’ulot, suhbat.
VII. Dars usuli: tayyor yozma materiallar va ko’rgazmalar usulida.
VIII. Darsda qo’llaniladigan vositalar: 4-sinf ona tili darsligi, tarqatma materiallar:
IX. Darsning borishi:
1.Tashkiliy qism: salomlashish, navbatchini tinglash, yangiliklar haqida suhbatlashish.
2. O’tilgan mavzuni takrorlash. O’tilgan mavzu: So’z turkumlari.
Takrorlashga oid savollar:
1. So’zlar nima asosida turkumga ajratiladi?
2. So’z turkumlari nechta?
3. Mustaqil va yordamchi so’z turkumlarining bir-biridan farqi nimada?
X. Yangi mavzu bayoni.
a) aqliy hujum:
1. O’quvchilar, hayvonot dunyosi deganda nimani tushunasizlar?
2. Uy hayvonlaridan qaysilarini bilasizlar?
3. Hayvonlar ichida eng chopqir jonivor qaysi?
4. “Hayvonot” so’zidan “Hayvon” so’zini olib tashlasak, qaysi so’z hosil bo’ladi?
Doskaga “Ot” so’zi katta qilib yozib qo’yiladi va yangi mavzu e’lon qilinadi.
b) 148-mashqni bajarish. Shaxs va narsalarning nomini bildirgan so’zlarni ko’chirish;
c) 149-, 150-mashqlar orqali bosh harf bilan yoziladigan otlar haqida ma’lumot berish;
d) 151-mashq orqali shaxs, narsa va joy nomlarini guruhlarga ajratish;
e) 153-mashq. Ta’limiy o’yin:
O’quvchilar ikki guruhga bo’linadilar. O’qituvchi so’zlarni navbat bilan aytib turadi. 1-guruh ishtirokchilar birlikdagi otlarni, 2-guruh ishtirokchilari esa ko’plikdagi otlarni eshitganda qo’llaridagi kartochkalarni ko’tarishi kerak bo’ladi. Qaysi guruh bexato bajarsa, o’sha guruh g’olib bo’ladi.
X. Mustahkamlash uchun metodlar: “Ven diagrammasi” metodi.
Ushbu strategiya o’quvchilarda mavzuga nisbatan tahliliy yondashuv, ayrim ko’nikmalarni hosil qilishga yordam beradi. Strategiya kichik guruhlarni hosil qilishda sxema bo’yicha amalga oshiriladi.
Yozuv taxtasi o’zaro teng to’rtga bo’linadi va har bir bo’lagiga quyidagi sxema chiziladi:
Strategiyani qo’llash bosqichlari:
- sinf o’quvchilari uch guruhga bo’linadi;
- yozuv taxtasiga toshiriqni mohiyatini aks ettiruvchi sxema chiziladi;
- har bir guruhga o’zlashtirilayotgan mavzu yuzasidan alohida topshiriq beriladi;
- topshiriqlar bajarilgach, guruh a’zolari tomonidan liderlar tanlanadi;
- liderlar guruh a’zolari tomonidan bildirilgan fikrlarni umumlashtirib, diagrammani to’ldiradilar.
Guruhlar
|
Diagrammalar
|
Topshiriq mazmuni
|
1-guruh
|
1-diagramma
|
Otning ta’rifi
|
2-diagramma
|
Uning gapdagi vazifasi
|
3-diagramma
|
Otning so’roqlari
|
2-guruh
|
1-diagramma
|
Shaxs nomini bildirgan so’zlar
|
2-diagramma
|
Narsa nomini bildirgan so’zlar
|
|
3-diagramma
|
Joy nomini bildirgan so’zlar
|
3-guruh
|
1-diagramma
|
Birlikdagi otlar
|
2-diagramma
|
Ko’plikdagi otlar
|
3-diagramma
|
Bosh harf bilan yoziladigan otlar
|
Uyga vazifa: 154-mashq.
Do'stlaringiz bilan baham: |