Foydalanilgan adabiyotlar:
1. E.G’oziyev., Psixologiya fani XXI asr, T.,2002.
2. Karimova V., Ijtimoiy psixologiya, T.,1994.
3. Qodirov B., Layoqat psixologiyasi, T., 1989.
4. Tokareva V., Talaba shaxsining axloqiy rivojlanish psixologiyasi, T., 1989.
5. Tursunov.I,Nishonaliyev U pedagogika kursi. Toshkent ,,O’qituvchi” 1997.
6. Shoumarov G’., Oila psixologiyasi, T., 2000.
TALABA YOSHLARDA EKOLOGIK MADANIYATNI RIVOJLANTIRISHNING PSIXOLOGIK SHART-SHAROITLARI
Ibodov M.X.
TerDU PI Psixologiya kafedrasi o`qituvchisi(99)-379-05-27 38210190127zikr@gmail.com
Annotatsiya. Ushbu maqolada talaba yoshlarda ekologik madaniyatni rivojlantirishning psixologik shart-sharoitlari, oilaning o`rni, hadislarning ahamiyati, o`qituvchilarning talabalarga pedagogik-psixologik ta’siri haqida gap boradi. Bilamizki, hozirgi kunda eng asosiy muammolardan biri tabiatni kambag`allashib borayotganligi va isrofgarchilikni ko`paygani hisoblanib, hamda talaba yoshlarda ekologik ong, madaniyat tushunchalarini qalban va aqlan his qilishining susayishi, tabiatni ifloslanishi insonning o`zig ava faqat o`zigagina zarar ekanligini, talaba yoshlarga chiroyli tarzda, ularning psixikasiga ijobiy ta’sir etish orqali tabiatni ne’matlarini imkon qadar saqlab qolish, atrof-muhitni ekologik korreksiyalash va eng muhimi barkamol shaxsni shakllantirish bo`lib hisoblanadi.
Kalit so`zlar. Ekologiya, ong, madaniyat, Imom Termiziy, tabiat, hadis, tasbeh
Ekologik jihatdan tahdidli holatga qarshi zudlik bilan chora tadbirlar ko‘rilishi lozimligi birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovning asarlarida atroflicha yoritib berilgan. “O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” nomli asarida shunday deyilgan: “Ekologik muammo – Yer yuzining hamma burchagida ham dolzarb. Faqat uning keskinlik darajasi dunyoning turli mamlakatlari va mintaqalarida turlichadir[1].Bugungi kunda nafaqat yurtimiz tabiati, balki butun biosfera tabiati kambag‘allashib borayotgani hammamizga ma’lum. Buning oqibatida atmosfera, tuproq va suv ifloslanmoqda, foydali o‘simlik va hayvon turlari yo‘qolib ketmoqda. Buning oqibatida esa insonlarning salomatligi yomonlashmoqda va turli xil allergik kasalliklar kelib chiqmoqda, kasallik ham ko‘paymoqda. Afsuski, inson zoti o‘zini o‘zgartirmas ekan, bularning barchasi befoyda. Ekologik ong, ekologik tarbiya, ekologik madaniyat va hokazolar haqida inson bolasi bilimga ega bo‘lishi va eng asosiysi unga amal qilishi kerak. 1992 yil 9 dekabrda “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida” qonun qabul qilindi. Ana shu qonunda tabiatni tabiatni muhofaza qilishda xalqaro aloqalar va birgalikda faoliyat yuritish masalalari ham kiritilgan, jumladan qonunning 53-moddasiga asosan, O‘zbekiston Respublikasi tuzgan Xalqaro shartnomada ushbu qonundagidek yoki O‘zbekiston Respublikasining tabiatni muhofaza qilishga doir boshqa qonun hujjatidagidan o‘zga qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi. Shuning uchun bu ekologik tushunchalarni rivojlantirish uchun shu sohaga oid ta’limotlardan foydalanishimiz darkor. Mazkur jarayonda ota-ona ekologik bilimga ega bo‘lishi va bolalarga ibrat bo‘lmog‘i lozim. Mamlakatimizda ham ushbu sohaga oid ishlar amalga oshirilmoqda. Prezident Sh.M.Mirziyoev shunday deydi: “...Barchamiz yaxshi tushunamiz, ta’lim-tarbiya har qaysi davlat va jamiyatning nafaqat bugungi, balki ertangi kunini ham hal qiladigan eng muhim ustuvor masaladir. Shuning uchun mamlakatimizda bu masalaga davlat miqyosida ulkan imkon qaratilmoqda”[2]. Zero, yoshlarda yuksak kasbiy, ma’naviy fazilatlarni, ma’naviy-moddiy qadriyatlarni asrash, boy madaniy merosimiz, tariximiz, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, Vatanga muhabbat hissini tarbiyalash, ekologik ong, madaniyat va ta’lim- tarbiyani takomillashtirish milliy istiqlol g‘oyasining hal qiluvchi omili hisoblanadi. Qolaversa, Yurtboshimiz Sh.M.Mirziyoyevning 2020 yil 24 yanvardagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida: “Milliy tiklanishdan - milliy yuksalish” degan dasturiy g‘oya yoshlarni Ona yurtga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularda tashabbuskorlik, fidoyilik, axloqiy fazilatlarni shakllantirish - o‘ta sharafli vazifa ekanligini ta’kidladilar[3]. Mustaqil mamlakatimiz taraqqiyotining hamma jihatlari kishilarimizning axloqiy, shaxsiy yuksak insoniy fazilatlariga bog‘liqligini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘zining nutq va asarlarida har tomonlama asoslab berdi. Shu bilan birga mustaqillik asoslarini barpo qilishda har bir fuqaro o‘zi faoliyat ko‘rsatayotgan sohada fidoyilik bilan ishlashi lozim. Buni amaliy tomoni kishilarimizning halq, Vatan, istiqlol mohiyatini, Vatan ravnaqini tushunishi bo‘lib, kishilarimizning milliy qadriyatlarni chuqur bilmasdan shakllanishi mumkin emas. Shu bois keyingi yillarda ta’lim tizimini rivojlantirishga bo‘lgan rag‘bat kuchaydi. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni[4], O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947-son Farmoni[5], O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 iyundagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3775-sonli Qarori[6], davlatimiz rahbarining 2017 yil 14 fevral kuni e’lon qilingan “Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida “gi PQ-2774-sonli Qarori[7], O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2909-sonli Qarori[8], 2019 yil 3 maydagi “Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4306-sonli Qarori[9] hamda mazkur faoliyatga tegishli boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlashda mazkur dissertatsiya ishi muayyan darajada xizmat qiladi. Imom Termiziy ta’limotidan faoliyatlarda juda ham samarali foydalansa bo`ladi. Albatta, bu jarayonda pedagog o‘qituvchi va talabalar o‘rtasida pedagogik hamkorlik asosida O‘quv treninglar, ma’ruzalar, to‘garaklar, musobaqalar, zakovat o‘yinlar tashkil qilish, bulardan tashqari talabalar bilan kelishilgan holatda, ularni Imom Termiziy maqbarasi va Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga ekspeditsiyalar tashkil qilish, kinofilmlar qo‘yib berish va hokazo orqali talaba yoshlarda Imom Termiziy hayoti,hadislariga qiziqtirish orqali ekologik ong,madaniyat va ta’lim-tarbiyaga doir bilim, ko‘nikma hamda malakalarni shakllantirishga erishiladi. Imom Termiziy rivoyat qilgan quyidagi hadisni havola qilsak: “ Kimda kim biror ko‘chat o‘tqazsa, yo bo‘lmasa, ekin eksa-yu, ular hosilidan odamlar, qushlar va hayvonlar bahra olsa, bu ham o‘sha odam uchun sadaqa sanaladi”[10]. Bu hadisdan ko‘rib turibdiki, ekin ekish yoki biror bir ko‘chat o‘tqazishning qanchalik foydali ekanini fahmlash qiyin emas, albatta. Mana shu hadisni talaba yoshlarga qandaydir hashar yoki ko‘chat o‘tkazish jarayonida to‘g‘ri foydalanilib hikmatli so‘z sifatida aytilsa, voqelik jarayonidan unumli foydalanilsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi. Ya’ni, bu aytilgan hadis talaba yoshlarning qalbiga va aqliga ijobiy ta’sir qilib, butun umr qalbida muhrlanib qoladi. Faqat, bunda pedagog o‘qituvchining uddaburonligi ham yaxshi ahamiyat kasb etadi. Daraxt ekish qanchalar ulug‘ ish ekanligini talaba yoshlarga uqtirib, ularni shunga da’vat etish juda savobli amal hisoblanadi. Albatta, bunda birinchi navbatda o‘zimiz, pedagog o‘qituvchilar, ota- onalar ibrat bo‘lishi darkor. Ularga agar bu dunyoda daraxt eksalaringiz, jannatda ham sizlar uchun bir daraxt ekilishini tushuntirmoq yaxshi bo‘ladi. Bu dunyodagi barcha mavjudotlar, shu jumladan o‘simliklar ham o‘z tillari bilan, xossa va xususiyatlari, holatlari bilan Alloh taologa tasbeh aytadilar. Bu haqida Qur’oni Karimda shunday deyilgan: “O‘t-o‘lan ham, daraxtlar ham sajda qilurlar”[11]. Bundan xulosa chiqarish mumkinki, inson vafot etganidan keyin ham uning ekkan daraxtidan jonivorlarga va insonlarga naf tegsa, uning izidan savo borib turadi. Daraxt ekish yoki ko‘chat o‘tqazish orqali nafaqat o‘zimiz uchun, balki jamiyat uchun va hayvonlar uchun ham foydali ish qilgan bo‘lamiz. Shu ish orqali Alloh taologa tasbeh aytadigan o‘simliklar sonini ko‘paytirgan va ulug‘ ajrga erishgan bo‘lamiz.
Oliy ta’lim muassalarida, oila va jamiyatda ekologik mavzulardagi suhbat, trening-mashqlar, seminarlar, anjumanlar, davra suhbati, ekskursiya, bahs-munozara, ijodiy tanlovlar, uchrashuv, ijtimoiy-foydali mehnat (shanbalik, hashar, ko‘kalamzorlashtirish) kabilar ekologik tarbiya samaradorligini oshiradi. Ta’lim jarayonida ishtirok etayotgan subyektlarning shaxsiy namunalari, o‘quv manbalari, badiiy adabiyotlar, ommaviy axborot vositalari (jumladan, internet) materiallarining g‘oyalari talabalarda ekologik madaniyatni shakllantirishning muhim vositalari sanaladi. Ijtimoiy foydali mehnat yosh avlodni jamiyat hayotini tashkil etish jarayonida faol ishtirok etishga tayyorlaydi. Talabalarda ekologik madaniyatni tarkib toptirishda oilaning o‘rni beqiyosdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |