Shaxs yetuklikligi quyidagilarda namoyon bo’ladi:
1. Shaxs yetukligi qator muamo va qiyinchiliklarni bosib o’tishdan iborat bo’lgan jarayon. Yetuk shaxs muammodan chiqish imkoniyatini qidirali va topadi, yetuk bo’lmagan inson o’zini ma’lum vaziyatning qurboni deb biladi.
2. Yetuk shaxs boshqa odamlarga nisbata sezgir senzitivdir. U “faqat o’zim” demasdan boshqalarga yordam beradi, ulraga qayg’uradi, qiyin vaziyatlarda yordam qo’lini cho’zadi. Odam ajratmaydi va odamlarga e’tiroz qilishdan o’zini saqlaydi.
3. Yetuk shaxs o’z fikrlarini o’ylab gapiradi. U tilni boshqarishni biladi. Til ham yaxshilik ham yomonlik olib kelishini biladi. Boshqarilmaydigan til inson hayotini buzishini biladi. Chaqmachaqarlik, g’iybat qilmaydi. O’z-o’zini boshqaradi, qachon va qayerda gapirish kerakligini biladi.
4. Yetuk shaxs bunyodkordir. U muammo yaratmaydi. Nizolardan qochadi.
5. Yetuk shaxs chidamli va minnatdochilik xissi bilan yashaydi. Bu o’z meniga bo’lgan munosabat bilan bevosita bog’liq.
Yuqoridagi fikrlarni umumlashtirgan holda shaxs yetuklini namoyon qiluvchi ko’rsatkichlarga yana o’zi va boshqalarga g’amxo’rlik qilish, o’ziga mas’uliyatni oli va uni hal etish, barchani o’ziga teng deb bilib xurmatlash, nizoli vaziyatlardan chiqishni bilish, o’z xoxish-istaklarini boshqarish va anglash, o’qiy va uqiy olish hamda o’z kamchiliklarini tan olishni ham kiritishimiz mumkin.
Yuqorida qayd etilgan fikrlardan kelib chiqqan holda shaxsning yetukligi hayotga moslashish va unda yashash, baxtga inttilish va baxtli bo’lish tushunchalariga bevosita bog’liqdir. Baxtni hayotda oila, kasb, o’z yashayotgan Vatan, qarama-qarshi jins va odamlar bilan bo’ladigan munosabatlar negizida ifodalanishi ko’rish mumkin. Shundan kelib chiqqan holda bir necha psixologik metodikalar orqali shaxs yetukligini aniqlash mumkin. Tadqiqotimizda Ye.V.Kalyayeva, T.V.Prokofyevalarning shaxs yetuklini diagnostika qilish assosiativ metodikasini bir necha oliy ta’lim muassalarini bitirish arafasida turgan talabalarida o’tkazdik. Ushbu metodikada assasosiasiyalar 4 daraja bo’yicha aniqlanadi:
O’z-o’zini saqlashga yo’nalganlik;
Ijtimoiy normalar va qoidalarga rioya qilishga yo’nalganlik;
O’z-o’zini anglash va rivojlanishga yo’nalganlik;
O’z-o’zini rivojlantirishga yo’nalganlik.
Respondentlar keltirilgan 35 shaxs bilan bevosita bog’liq tushunchalarga assosiasiyalar keltirishlari lozim bo’lib, ularga: erkinlik; ishonch; inson; baxt; boshqa insonni sevish; o’zini sevish; hayotiy muvaffaqiyat; sog’lom munosabatlar; turmush qurish; oila; hayotim maqsadi; yordam bermoq, Vatan; do’stlik; vaqt;- hayot; men; tinchlik; ayol; erkak; tabiat; go’zallik; qiziquvchanlik; boshqa fikr; taraqqiyot; istexzo; qarilik; majburiyat; vafodorlik; tajriba; burch; irodali bo’lish; axloqiylik; ijodkorlik; tabiiylik kabi tushunchalar kiritilgan.
Quyidagi savollarga javob bering:
-Qiyinchiliklarga qanday munosabat bildirasiz?
- Siz negativmisiz yoki poziitiv?
- Siz skeptikmisiz yoki optimist?
- Hayotingizda ko’proq e’tiroz bildirasizmi yoki munnatdorchilik?
- Odamlar xato qilganda jaxlingiz chiqadimi yoki ulraga yordam berishga harakat qilasizmi?
O’zingizga savol bering:
Men nizolashishni yaxshi ko’ramanmi?
Hayotimda nizolar tez-tez bo’lib turadimi?
Meni hafa qilish osonmi?
Boshqa odamni oson hafa qila olamanmi?
Do'stlaringiz bilan baham: |