4-seminar: O‘zbekistonda demokratik, fuqarolik jamiyati asoslarining
shakllanishi, amalga oshirilgan siyosiy islohotlar (2-soat).
Reja:
1.Milliy davlat boshqaruvi tizimi. Mustaqil O‘zbekistonda hokimiyatlar
bo‘linishi prinsipi.
2.O‘zbekistonda ko‘ppartiyaviylik tizimining shakllanishi va uning
ahamiyati. Siyosiy partiyalar faoliyatidagi xususiyatlar. O‘zbekistonda parlament
tizimi va undagi islohotlar.
3.Huquq-tartibot organlari va sud tizimidagi o‘zgarishlar.
4.O‘zbekistonda nodavlat notijorat tashkilotlar va ularning siyosiy, ijtimoiy
hamda iqtisodiy jarayonlardagi ishtiroki.
Mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab O‘zbekiston o‘z siyosiy
mustaqilligini mustahkamlash, demokratik davlat va fuqarolik jamiyati qurishga
yo‘naltirilgan chuqur siyosiy islohotlar o‘tkazish yo‘lidan bormoqda.
Milliy huquqiy davlat qurilishida quyidagi omillarga tayanildi:
Xalqaro tan olingan huquqiy tamoyillar inobatga olindi;
Rivojlangan demokratik davlatlar tajribasiga tayanildi;
Ko‘p ming yillik o‘zbek davlatchiligi tarixi va o‘ziga xos ma’naviy-axloqiy
qadriyatlariga asoslandi;
Vakillik hokimyatini vujudga keltirishning eng demokratik tizimi-qonun
chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatini barpo etish yo‘lidan bordi;
Davlat boshqaruvining yangi, zamonaviy va samarali tizimi prezidentlik
boshqaruv usulini yaratish yo‘li tanlandi.
O‘zbekiston mustaqilligi e’lon qilingan paytda 1990 yil fevralda saylangan
qonun chiqaruvchi hokimiyat organi-Oliy Kengash faoliyat ko‘rsatmoqda edi.
O‘zbekistonda demokratik islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish
yo‘lidan borilib, birdaniga Oliy Kengashni tarqatib yuborilmadi. U 1990-1994
yillarda qonun chiqaruvchi hokimiyat organi sifatida faoliyat yuritdi va o‘z vakolat
muddati davrida 200 ga yaqin qonun va 500 dan ortiq qarorlar tayyorladi va qabul
qildi.
O‘zbekistonda boshqaruv tizimi tubdan isloh qilindi. Bozor iqtisodiyotiga
o‘tishni ta’minlovchi, bozor munosabatlarining faoliyati uchun imkon beruvchi
yangi boshqaruv strukturasi yaratildi. Markazlashtirilgan tartibda qayta taqsimlash
mexanizmidan bozor mexanizmiga, qattiq mahkamachilik va ma’muriy-
buyruqbozlikdan huquqiy boshqaruvga, iqtisodiy omillar orqali o‘zini-o‘zi idora
etishga o‘tildi.
Ma’muriy-buyruqbozlik, to‘rachilik tizimining o‘zagini tashkil etgan
Davlat reja qo‘mitasi, Davlat ta’minot qo‘mitasi, Davlat narxlar qo‘mitasi, Davlat
agro-sanoat qo‘mitasi va boshqa qo‘mitalar, vazirliklar, ularning ma’muriy
apparatlari tugatildi.
Respublikada moliya va bank tizimi tubdan o‘zgardi. Moliya vazirligi
respublika byudjetini shakllatirish bilan bir qatorda, davlat soliq siyosatini, moliya
siyosatini belgilamokda, valyuta ishlarini boshqarmoqda. Bank tizimi isloh etildi.
Davlat banki va uning bo‘linmalari tugatildi, Markaziy bank, Tashqi iqtisodiy
faoliyat milliy banki, ixtisoslashtirilgan aksiyadorlik-tijorat banklari-
"O‘zsanoatqurilishbank", "Paxtabank", "O‘zjamg‘armabank", "G‘allabank",
"Tadbirkorbank", "Savdogarbank", xususiy va boshqa banklar tuzildi.
Banklarning mustaqilligi va pul muomalasi ahvoli uchun javobgarligi oshirildi.
Davlat nazorati tizimi tartibga solindi. Davlat soliq qo‘mitasi, Bojxona
qo‘mitasi tuzildi. Davlat nazorati qo‘mitasi, uning joylardagi organlari
tugatildi. Prezident devonida nazorat inspeksiyasi, hokimiyatlarda tegishli
nazorat inspeksiyalari tuzildi.
Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo‘llab- quvvatlash davlat
qo‘mitasi tashkil etildi. Bu qo‘mita mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va
xususiylashtirish dasturlarini ishlab chiqishda, ko‘p ukladli iqtisodiyotni
shakllantirishda muhim tadbirlarni amalga oshiradi. Qo‘mita investitsiya
fondlari, fond birjalari, ko‘chmas mulk birjalari, auditorlik xizmatlari va boshqa
bozor strukturasi tuzilmalarini tashkil etmoqda.
O‘zbekistonning ishlab chiqarish, transport bo‘yicha tarmoq vazirliklari
tugatilib, ular o‘z-o‘zini mablag‘ bilan ta’milaydigan uyushmalarga, konsernlarga,
korporatsiyalarga va boshqa xo‘jalik birlashmalariga aylantirildi. Avtomobil
transportida, qurilishda boshqaruv tizimi qayta tuzildi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq
ta’limi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Madaniyat ishlari vazirligining
strukturasi, faoliyat va ish yuritish usullari tubdan o‘zgardi.
Umummilliy ahamiyatga molik bo‘lgan tarmoqlarda, masalan, sayohatchilik,
transport, madaniyat, kino, televidenie va radio tizimi va boshqalarda iqtisodiy
jihatdan mustaqil bo‘lgan milliy kompaniyalar tashkil etildi.
SHunday qilib, mustaqillik qo‘lga kiritilgandan beri o‘tgan qisqa tarixiy
davrda huquqiy davlat, uning zamonaviy hokimiyat organlari barpo etildi, ixcham,
ochiq va tadrijiy rivojlanishga ega bo‘lgan ijtimoiy-siyosiy tizim yaratildi. Bugungi
kunda markaziy va yuqori davlat boshqaruv idoralari vazifalarini davlat
hokimiyatining quyi tizimlariga, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga
bosqichma-bosqich o‘tkaza borishni ta’minlashdan iboratdir.
O‘zbekistonda demokratik jamiyatga xos saylov tizimi barpo etildi. 1991 yil
18 noyabrda"O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida", 1993 yil
28 dekabrda"O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida" va 1994
yil may oyida"Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov
to‘g‘risida" hamda "Fuqarolar saylov huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida"
qonunlar qabul qilindi.
Konstitutsiya va qonunlarda 18 yoshga to‘lgan fuqarolarning saylash
huquqiga ega ekanligi, O‘zbekiston Prezidenti saylovi, Oliy Majlis saylovi,
xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari saylovi umumiy, teng,
to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo‘li bilan
o‘tkazilishi mustahkamlab qo‘yilgan. Har bir fuqaro-saylovchi bir ovozga ega. 35
yoshdan kam bo‘lmagan fuqaro O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, 25 yoshga
to‘lganlar Oliy Majlisga, 21 yoshga to‘lganlar viloyat, tuman va shahar
Kengashlariga deputat etib saylanish huquqiga ega. Fuqaro bir vaqtning o‘zida
ikkidan ortiq vakillik organlarining deputati bo‘lishi mumkin emas.
1992 yil 8 dekabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining
Konstitutsiyasiga muvofiq Respublika parlamentining nomi Oliy Majlis deb
ataladigan bo‘ldi. Konstitutsiyaning 76-moddasida "O‘zbekiston Respublikasining
Oliy Majlisi oliy davlat vakillik organi bo‘lib, qonun chiqaruvchi hokimiyatni
amalga oshiradi", deb belgilab qo‘yildi. Konstitutsiyaga muvofiq bir palatali
parlament- O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisini shakllantirish tadbirlari
ko‘rildi. 1993 yil28 dekabrda"O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylovlar
to‘g‘risida", 1994 yil 22 sentyabrda "O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
to‘g‘risida" qonunlar qabul qilindi. Oliy Majlis hududiy saylov okruglari bo‘yicha
ko‘p partiyaviylik asosida besh yil muddatga saylanadigan 250 nafar deputatdan
iborat bo‘lishi belgilandi. 1994 yil 25 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisiga birinchi marta erkin, demokratik va ko‘p partiyaviylik va
muqobillik asosda saylovlar o‘tkazildi. Har bir saylov okrugida ikki-uch nomzod,
jami 700 nafar nomzod deputatlik uchun kurashdi. Saylovchilar birinchi marta
nomzodlarni tanlab olish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Nomzodlarning birontasi ham
etarli ovoz ololmagan saylov okruglarida 1995 yil 8 va 25 yanvar kunlari takroriy
saylovlar bo‘ldi. Oliy Majlisga 250 deputat saylandi.
Oliy Majlis 1995-1999 yillarda ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga
asoslangan demokratik davlat qurishdan iborat yo‘lni huquqiy jihatdan
ta’minlashga qaratilgan 10 kodeks, 2 milliy dastur, 145 qonun, 452 qaror qabul
qildi. SHuningdek, u 70 ta xalqaro shartnomani ratifikatsiya qildi, xalqaro
konvensiyalarga qo‘shilish to‘g‘risida 58 ta qaror qabul qildi.
Ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga 1999 yil
dekabrda saylovlar bo‘lib o‘tdi. Saylovlarda 7 ta subekt-beshta siyosiy partiya,
hokimiyat vakillik organlari va saylovchilarning tashabbuskor guruhlaridan jami
1010 nafar nomzod qatnashdi. Oliy Majlisga O‘zbekiston xalq demokratik
Do'stlaringiz bilan baham: |