5. Qarama-qarshilik birligi nima va uni o’rganishdagi maqsad
5. Qarama-qarshilik deb narsa,voqea-hodisalarning bir-birini taqozo etuvchi va shu bilan birga inkor etuvchi tomonlari, kuchlarining o’zaro munosabatiga aytiladi. Qarama-qarshiliklar o’rtasidagi munosabatni ziddiyat degan tushuncha ifodalaydi.Har bir ziddiyatning aniqlanishi, xal qilinishi o’zgarishga yangilanishga bir sifatdan ikkinchi sifatga, eskidan yangiga o’tishga sabab bo’ladi. Olam turli-tuman bo’lgani uchun ziddiyatlar ham xilma-xildir. Masalan, ichki va tashqi, asosiy va asosiy bo’lmagan ziddiyatlar mavjud. Ular o’rtasidagi farq bo’lgani bilan birga, mutloq chegara ham yo’q. Chunki amalda, hayotda ular bir-biriga o’tishi birgalashib ketishi va taraqqiyotda turli xil o’rin tutishlari mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |