Suyuqlik oqimining barqaror tekis harakatining asosiy tenglamasi
O‘zan devorlariga ta’sir etayotgan uzunlik bo‘yicha urinma kuchlanishini o deb belgilab olamiz. SHu urinma kuchlanish qiymati uzunlik bo‘ylab va o‘zanning ho‘llanganlik perimetri bo‘yicha o‘zgarmas bo‘lsa (oconst), bunday o‘zanlar «to‘g‘ri o‘zanlar» deyiladi.
Endi, o‘z oldimizga suyuqlikning ishqalanish kuchi ta’siri bilan uzunlik bo‘yicha napor yo‘qolishining bog‘liqligini o‘rganish masalasini topish deb qo‘yamiz. Silindrik shakldagi quvurda bosim ostida harakatlanayotgan suyuqlik oqimidan l uzunlikdagi 1-1 va 2-2 kesimlar bilan chegaralangan uchastkani ajratib olamiz (9.2-rasm). s o‘qni quvurda harakatlanayotgan suyuqlik oqimi bo‘ylab harakatlantiramiz. Suyuqlikning tekis harakatida l uzunlikdagi suyuqlik oqimining RR - pezometrik chizig‘i qiya chiziq bo‘lib, uning pasayishi hl - napor yo‘qolishini ko‘rsatadi. Ko‘rilayotgan sohaga ta’sir etayotgan tashqi kuchlar bilan tanishib chiqamiz. SHundan so‘ng, oqimning barqaror tekis harakatlanayotganligini hisobga olib, bu kuchlarni s o‘qqa proeksiyalari yig‘indisini nolga tenglab, izlayotgan tenglamani olamiz.
Ko‘rilayotgan sohaga ta’sir etayotgan kuchlar.
1. Bu hajmdagi suyuqlik og‘irligi
(9.2)
bunda, - harakatdagi kesim yuzasi kattaligi.
s o‘qqa bu kuch proeksiyasini yozamiz
(9.3)
bunda, - quvur o‘qining gorizontga nisbatan qiyaligi.
Rasmdan ko‘rinib turibdiki,
(9.4)
shu sababli,
(9.5)
2. Ajratilgan suyuqlikka yon tomondagi suyuqlik kuchlari tomonidan bo‘layotgan ta’sir.
(9.6)
bunda, p1 va p2 – 1-1 va 2-2 kesimlarning og‘irlik markazlariga ta’sir etuvchi gidrodinamik bosim. Bu bosim kuchlari s o‘qqa o‘zgarishsiz proeksiyalanadi.
3. Normal bosimlarning s o‘qqa proeksiyasi nolga teng deb qabul qilinadi.
4. Devorlarga ishqalanish kuchi T0 ham o‘zgarishsiz proeksiyalanadi. Bundan tashqari, ichki ishqalanish kuchlari (T) ham mavjud.
Agar 9.3-rasmda ifoda-langanidek, oqim ichida ikkita a va b oqimchalarni olsak, ularda, agar, ua ub terminlar mavjudligini hisobga olsak, oqimchalar o‘rtasida o‘zaro ishqalanish kuchlari paydo bo‘ladi.
9.2-rasm. Oqimning tekis harakati asosiy tenglamasini chiqarishga doir
Bular o‘zaro ma’lum juftlikni tashkil qiladi.
va
Butun ta’sir etuvchi kuchlarning s o‘qiga proeksiyasi yig‘indisini topamiz.
(9.7)
bu tenglamaga (9.5) va (9.6) ifodalarni qo‘ysak
(9.8)
9.3-rasm. Ichki ishqalanish kuchlari
Hosil bo‘lgan ifodani ga bo‘lsak, quyidagini olamiz:
(9.9)
9.2-rasmga asosan
(9.10)
Demak,
(9.11)
Bundan tashqari,
(9.12)
ekanligini e’tiborga olsak,
(9.13)
(9.14)
(9.15)
bunda,
(9.16)
9.15 ifoda oqimning barqaror tekis harakati asosiy tenglamasi deb ataladi. «To‘g‘ri o‘zanlar» uchun
(9.17)
Ichki va tashqi ishqalanish kuchlari tufayli paydo bo‘layotgan napor yo‘qolishi xuddi shunday aniqlanishi mumkin.
Qo‘shimcha eslatmalar. Ta’kidlash kerakki, (9.15) va (9.17) tenglama nafaqat silindrik shakldagi bosim ostida harakatlanayotgan suyuqlik oqimi uchun, balki tekis barqaror harakatlanayotgan har qanday oqim uchun o‘rinlidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |