Televorking o‘sishiga imkon bereyotgan sabablarga quyidagilar kiradi:
televorkingning davlat tomonidan quvvatlanishi;
kasaba uyushmalari tomonidan tan olinishi va quvvatlanishi;
telekommunikatsion sektorning barqaror sarmoyalanishi;
aloqa liniyasi o‘tkazish qobiliyating o‘sishi;
internetga kirish arzonlashuvi.
Televorkingni ushlab turuvchi sabablar quyidagilardan iborat:
madaniy an’analarning ommaviyligi cheklanganligi va televorking mashxurligi yetarli emasligi;
mehnat qonunchiligida yetishmovchilik;
savodli foydalanuvchilarning yetishmasligi;
televorking tizimini quvvatlash uchun personallar yetishmasligi va h.k.
Juda ko‘p mayda loyihalar amalga oshiriladi. Ular idoraga ega emas. Aniq dastur bilan ta’minlashning kattagina qismi offshor dasturlashtirish doirasida amalga oshiriladi. Bu televorkingning turli ko‘rinishlari hisoblanadi. Qaysikim, uning markaziy idorasi – ofisi umuman chet elda joylashgan bo‘ladi.
9.3. 4.3.3.Injiniring va reinjiniring jarayonlari. Injiniring (inglizcha engineering –ixtirochilik, bilim) o‘zida injener – konsultatsiya xizmati bo‘yicha korxonalar va ob’ektlar yaratishni namoyon etadi. U ob’ektga qo‘yilgan kapitalning samaradorligini oshirishda muhim usul hisoblanadi. Xizmatlar eksporti ma’lum shakllarini ishlab chiqaruvchi mamlakatdan buyurtmachi mamlakatga yetkazishni ko‘rib chiqadi (bilimlar, texnologiya va tajribalarni uzatish). Injinirning qayta tadqiqotlar o‘tkazish, texnik – iqtisodiy tayyorgarlik asoslari, loyiha xujjatlari to‘plami, shuningdek ishlab chiqarish va boshqaruvni tashkil qilish bo‘yicha tavsiyalarni ishlab chiqish, uskunalarni ekspluatatsiya qilish va tayyor mahsulotni sotish kabi ishlarni o‘z ichiga oladi.
Buyurtmachilarni qo‘yilgan kapitaldan eng yaxshi natija olishlari injinirning vazifasi hisoblanadi va bunga quyidagilar evaziga erishiladi:
loyihalarni amalga oshirishga tizimli intizomlararo yondashuv;
texnik va iqtisodiy qayta ishlashlarning ko‘p variantligi, buyurtmachi uchun optimal variantni tanlash bilan ularni moliyaviy baholash;
progressiv qurilish va ishlab chiqarish texnologiyalarni, uskunalarni, konstruksiya va turli muqobil manbalardan tayyorlanadigan materiallarning loyihalarini ishlab chiqishda ularni qo‘llash imkoniyatlarini hisobga olish; aniq sharoitga va buyurtmachi alohida talablarga javob berishini ta’minlaydi;
loyihalarni amalga oshirishda boshqaruv va tashkil etishning barcha usullaridan hamma stadiyalarda foydalanish.
Injiniring xizmatlari xalqaro savdosida ijrochi firma tanlovi to‘g‘ridan –to‘g‘ri muzokaralar yoki pudrat savdosi (tender) chog‘idagi jarayonlarda o‘tkaziladi.
Tender (ing. Tender – taklif, pudratga buyurtma) – bu pudrat savdosi o‘tkazishning konkurs shakli. O‘zidan taqdim etilgan davogarlar ofert nuqtai nazaridan musobaqalarni namoyon etadi, tender xujjatlariga ularni muvofiq kelishini aniqlaydi.