4-modul. Innovatsion izlanishlarda-ilmiy tadqiqot va tajrnba konstruktorlik ishlarini (ittki), tashkil yetish



Download 71,98 Kb.
bet5/10
Sana22.11.2022
Hajmi71,98 Kb.
#870419
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
9-Mavzu. 4.3.QIShLOQ XO‘JALIGIDA INNOVATSION TEXNOLOGIYaLARNI JORIY YeTIS

Ichki yalpi mahsulot, (IYaM) - Ichki milliy mahsulot, IMM aholi jon boshiga ichki yalpi mahsulotsanoat ishlab chiqarish hajmi, mehnat unumdorligi va h.k. hisoblanadi.
Jahon xo‘jaligida asosiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha ijobiy o‘sish sur’atlari saqlanib turibdi, ularning pasayishi taxmin qilinmoqda. Iqtisodiy o‘sish sura’tlari o‘zgarishi bir qator sabablar bilan bog‘liq, asosiylardan biri taraqqiyotning siklligi hisoblanadi.
Keyingi ikki o‘n yillikda siklning klassik sxemasi «krizis-depressiya-jonlanish–ko‘tarilish-krizis» sezilarli o‘zgarishga uchraydi.
1970-yillarda ichki yalpi mahsulot o‘sishi sekinlashganda industrial mamlakatlarda sanoat ishlab chiqarish fizik hajmi 5 % kamaydi. Inflyatsion jarayonlar tezlashdi va nominal daromad o‘sishi sekinlashdi. 1970 yillarda sanoati taraqqiy etgan mamlakatlarda ko‘pgina an’anaviy sohalar (qora metallurgiya, kemasozlik, to‘qimachilik sanoati) uzoq turg‘un va pasayish holatida bo‘ldi. Sanoati rivojlangan mamlakatlarda birlamchi energiyaga bo‘lgan barcha talabning yarimini ta’minlab to‘rgan neft bahosini keskin oshib ketishi jahon energetika krizisiga olib keldi. Rivojlanayotgan mamlakatlar moliyaviy qarzdorligi oshib ketdi. Ayni paytda xom ashyo va energetika krizisi fantalab (elektron, kompyuter, axborot) va materiallar, resurslar tejamkorligini tez rivojlanishiga sabab bo‘ldi. Bu davrda neft eksport qiluvchi mamlakatlar daromadlari oshdi. Fantalab texnologiyalarga tayangan mamlakatlar (Yaponiya, Janubiy Koreya, Gonkong, Singapur va boshqalar) tez rivojlana boshladi.
1980–yillar boshlaridan jahonning yetakchi mamlakatlari - AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya-taraqqiyotning yangi makroiqtisodiy modeliga o‘ta boshladi. Jahon iqtisodiyotida Amerika dollariga asoslangan valyuta qurilishi o‘zgarayapti. Valyuta belgilangan kursi goh oshib, goh tushib turibdi. Xalqaro valyuta fondi (XVF) ishtirokchi mamlakatlarning Yamayka konferensiyasida 1976 yildan buyon jahondagi o‘zgarayotgan geosiyosatiga muvofiq yangi jahon valyuta tizimi yaratildi. Endi valyutaga talab va taklifdan kelib chiqilib, belgilangan kurs bo‘yicha ish yuritish mumkin. Bu sharoitda yuzaga kelgan 1980 – yillar o‘rtalaridagi moliyaviy krizis 1970 –yillarning boshlaridagi kabi vayron qiluvchi kuchga ega bo‘lmaydi.
1990 yillarda moliyaviy baraqarorlik kuchaydi. 1998 yil mobaynida neft va neft mahsulotlari jahon bahosi keskin tushib ketdi. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va metall bahosi pasaydi. Jahonda qazib olinayotgan neftning 55 % ni nazorat qiluvchi OPEK davlatlari 1998 yilda 50 mlrd. dollar daromaddan mahrum bo‘ldilar. Neft iste’molchilari esa 100 mlrd. dollar, shu jumladan, Yevropa mamlakatlari 33 mlrd. dollar zarar ko‘rdilar. Bir vaqtning o‘zida Osiyo-Tinch okeani mintaqasida jahon yetakchi kompaniyalarining fond birjalarida aksiyalar kurslari keskin tushib ketdi. Juda ko‘p mamlakatlar (Tayland, Singapur, Xitoy) milliy valyuta kurslari dollarga nisbatan g‘oyat qadrsiz darajada pasayib ketdi. Jahon yetakchi valyutasiga nisbatan dollar 10 % ga tushdi.
1990- yillardagi moliyaviy krizis jahon xo‘jaligida yangi valyuta-Yevroning paydo bo‘lishiga olib keldi. Iqtisodiyotni boshqarishda davlat roli kuchaydi. Bir qator mamlakatlar iqtisodiyotida tarkibiy o‘zgarishlar ro‘y berdi. Ishlab chiqarish quvvatlari yangilandi. Shunday qilib, XX asrning keyingi uch o‘n yilligidagi krizislar tarkibiy xarakterga ega bo‘ldi. Jahon xo‘jaligida yetakchi mamlakatlarda o‘sish sur’atlari pasayishi (4-5 dan 1,5 -2 gacha) kuzatilgan bo‘lsada, amalda salbiy ko‘rsatkichlar qayd etilmaydi. Global iqtisodiy krizisga tahdid jahon iqtisodiyotida muammolar yechimining turli yo‘llarini topishni taqozo etmoqda. Rivojlangan mamlakatlar rivojlanayotgan qashshoq davlatlarning 70 mlrd. dollarga yaqin qarzidan kechishni taklif qilinayapti. XVF va Jahon banki Janubi Sharqiy Osiyo mamlakatlarida krizis oqibatlarini tugatish va islohatlar o‘tkazish uchun moliyaviy yordam ko‘rsatish dasturini ishlab chiqmoqda. 1999 yil fevralida «ettilik» mamlakatlar «moliyaviy barqarorlik forumi» tashkil etish haqida qaror qabul qildilar. Bu maslahat tuzilmasi krizis paydo bo‘lishining oldini olish uchun xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar faoliyatini muntazam muvofiqlashtirib borishga qaratilgan.



Download 71,98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish