4.8.Eronda 1905-1911 yillardagi inqilob. 1907 yildagi ingliz-rus bitimi.
Eronning yarim
mustamlakaga aylanishi bu yerda tovar-pul
munosabatlarining rivojlanishi va kapitalistik ukladning shakllanishi bilan birga
bordi. XX asr boshiga kelib Eronda bir qancha to’qimachilik, gugurt, qog’oz ishlab
chiqarish korxonalari, uncha katta bo’lmagan elektr stantsiyalari bor edi. Lekin bu
yerda sanoat taraqqiyoti Hindiston va Xitoyga nisbatan sekinlik bilan rivojlandi.
19
Eronliklar tomonidan tashkil qilingan korxonalarning ko’pchiligi ko’p o’tmasdan
chet elliklar raqobatiga dosh berolmay yopilardi yoki chet elliklar qo’liga o’tib
ketardi. Bu yerda kapitalistik munosabatlarning ancha zaif rivojlanganligi, feodal
tarqoqlik sarqitlarining kuchli darajada saqlanib qolganligi, aholi tarkibida ko’p
qabilalik va ko’p elatlilikning mavjudligi burjua millatining shakllanishini ham
qiyinlashtirardi.
Angliya va Rossiya hukumatlari XX asr boshiga kelib Eron shohini yangi
asoratli zayomlar to’g’risidagi bitimlarni imzolashga majbur qildilar. Bu bitimlar
ingliz va rus tovarlaridan olinadigan bojlarni bekor qildi yoki juda kamaytirdi.
Ingliz va rus tadbirkorlari Eronda yangi kontsessiyalarga ega bo’ldilar. Shoh
hukumati 1901 yilda ingliz fuqarosi Vilyam Noks d’Arsiga neft qazib olish
bo’yicha kontsessiya berdi. d’Arsi korxonasi Eron hududining 5/6 qismida neft
qazib olish huquqiga ega bo’ldi va ingliz imperialistlari uchun juda katta
ahamiyatga ega bo’lib, tez orada “Angliya-Eron neft kompaniyasi”ga aylandi. XX
asr boshida Eronni Angliya va Rossiya o’zaro taqsimlab olib, uni yarim
mustamlakadan mustamlakaga aylantirish xavfi yuzaga keldi.
Bog’dod temir yo’lining qurilishi munosabati bilan German
imperializmining ham Eronga qiziqishi kuchaydi. Shaharlarda nemis savdo
firmalari ochila boshlandi. Germaniya monopoliyalari Angliya va Rossiyani siqib
chiqarishga va Eronda o’rnashib olishga harakat qildi.
Mamlakatda hukm surayotgan Xojarlar sulolasining feodal zulmi ham Eron
ishlab chiqaruvchi kuchlarining taraqqiyotiga g’ov bo’layotgan edi. Chet elliklar
hukmronligi va Hojarlar zulmini ag’darib tashlamasdan turib Eron iqtisodi va
madaniyatini, ishlab chiqaruvchi kuchlar yuksalishini, davlat mustaqilligi va
yaxlitligini tiklab bo’lmas edi.
XX asr boshiga kelib Eronda chet el mustamlakachilariga va feodal zulmga
qarshi kurash boshlagan ijtimoiy kuchlar tashkil topayotgan edi. Mamlakat
aholisining katta qismini o’z yeridan mahrum bo’lgan, chet elliklar va
pomeshchiklar tomonidan qattiq asoratga solinayotgan dehqonlar tashkil qilardi.
Eron proletariati esa asosan mayda yarim kustar korxonalarning kam sonli
ishchilaridan tashkil topgan bo’lib, yaxshi uyushmagan edi. O’sha davrdagi tarixiy
sharoitda mamlakatdagi imperialistik zulm va feodal tartiblarni tugatish, milliy
kapitalizm taraqqiyoti uchun qulay imkoniyat yaratishdan manfaatdor bo’lgan
milliy burjuaziya etilib kelayotgan burjua inqilobida rahbarlik rolini o’ynashi kerak
edi. Eron burjuaziyasi ko’p sonli o’rta va mayda savdogarlardan, kichik
korxonalar va hunarmandchilik ustaxonalari egalaridan tashkil topgan edi. Yirik
burjuaziya deyarli yo’q edi.
Yevropa mamlakatlarida ta’lim olgan uncha ko’p sonli bo’lmagan eronlik
ziyolilar milliy burjuaziyasining siyosiy intilishlarini o’zida ifoda etardilar. Eronlik
20
muhojirlar chet ellarda bir qancha muxolifatchi gazetalarni nashr etib, ularni
Eronda yashirin ravishda tarqatardilar. XX asr boshlarida mamlakatda shoh
hokimyatiga qarshi kurashishni o’z oldiga maqsad qilib qo’ygan bir qancha kichik
tashkilot va guruhlar tuzildi. Tehronda islohot tarafdorlari Milliy kutubxona tashkil
qildilar va u tez orada vatanparvarlik kayfiyatidagi ziyolilarning markaziga
aylandi. Lekin Eron milliy burjuaziyasining zaifligi bu guruhlarga ham o’z ta’sirini
o’tkazmoqda edi. Inqilob arafasida Eronda birorta siyosiy partiya yoki ta’sir
kuchiga ega bo’lgan siyosiy tashkilot yo’q edi.
Siyosiy va iqtisodiy inqirozning kuchayishi inqilobiy vaziyatning yuzaga
kelishiga ko’maklashdi. Xalq ommasining azob-uqubatlari va muhtojligi yil sayin
kuchayib bordi. Shahar va qishloqlarda yuz beradigan ocharchilik doimiy voqeaga
aylandi. 1900 yilda Tehronda va boshqa bir qator shaharlarda non mahsulotlari
narxining oshishiga qarshi g’alayonlar bo’lib o’tdi. 1901, 1903 yillarda ochlik
isyonlari yanada ko’paydi. 1904 va 1905 yillarda xalq ommasining yangi
chiqishlari ro’y berdi.
Hukmron doiralar ichida ham inqiroz belgilari kuchaydi. Hukmron sinf
vakillari o’rtasida yakdillik yo’q edi. O’z xo’jaliklarini bozor ehtiyojlari asosida
tashkil qilgan pomeshchiklarning bir qismi islohotlar tarafdori edilar. Diniy sudlar
vakolatlarini cheklash maqsadida sud islohotlari o’tkazishga bo’lgan urinishlar
shoh bilan ruhoniylarning yuqori qatlami o’rtasida ziddiyatlarni keltirib chiqardi.
1905 yilda Rossiyada boshlanib ketgan birinchi rus inqilobi Eronga ham
o’z ta’sirini o’tkazdi. O’n minglab eronlik ishchilar har yili mablag’ topish uchun
Kavkazortiga va Kaspiy ortiga borardilar. Ular bu hda rus ishchilari bilan
muloqotda bo’lib, sotsial-demokratik g’oyalar bilan tanishardilar. Rus inqilobi
boshlanib ketgach, tez orada Bokuda neft sanoati ishchilari tomonidan dastlabki
sotsial-demokratik guruh tashkil etildi. Tehronda Rossiyada ta’lim olgan injener
Haydar Amuo’g’li boshchiligida sotsial-demokratlarning siyosiy to’garagi tashkil
etildi.
Tehronda 1905 yil 12 dekabrda mavjud tartib qoidalardan o’z
noroziliklarini bildirgan bir necha savdogarlar qamoqqa olinib, kaltaklandi. Shu
vaqtda poytaxtda Kerman gubernatorining aholini shafqatsizlik bilan jazolagani
haqidagi xabar ham tarqaldi. Bularning hammasi poytaxt aholisini g’azablantirib
yubordi. 13 dekabrda Tehrondagi barcha bozorlar, do’kon, ustaxonalar yopildi.
Machitlarning birida to’plangan aholi gubernatorning iste’foga chiqarilishini,
hokimyat vakillari tomonidan bo’layotgan suiiste’molliklarni tekshirish uchun
komissiya tuzilishini talab qildilar. Miting tarqatib yuborildi, lekin hukumatga
qarshi chiqishlar davom etdi.
Ertasi kuni ruhoniylar yuqori tabaqasi vakillarining bir guruhi poytaxtni
tashlab, shahardan ancha yiroqdagi mashhur bir machitga yo’l oldilar. Aholi
21
ularning ketishlarini hukumatga qarshi qaratilgan namoyish sifatida qabul qildi.
Ruhoniylarga ko’p sonli mullalar, savdogarlar, hunarmandlar ham qo’shildi. Tez
orada 2 mingga yaqin odam to’plandi va hokimyat faoliyatiga qarshi norozilik
sifatida best boshladilar. (Best, bestga o’tirish – Eronda eski urf-odatlarga ko’ra
daxlsizlik huquqiga ega bo’lgan boshpanalarga (machit, elchixona va sh.o’.)
odamlarning kelib o’tirishlari, yashirinishlari. Hokimyat shunday boshpanalarga
yashiringan odamlarga nisbatan qamoqqa olish yoki kuch ishlatish kabilarni
qo’llashi mumkin emas). Best ishtirokchilari boshqa shaharlarga ham o’z
vakillarini yubordilar. Sheroz va Mashhadda ham namoyishlar va best boshlandi.
Best ishtirokchilari Bosh vazirning iste’foga chiqarilishini, eng yomon
amaldorlarni qamoqqa olinishini, hammaning qonun oldida tengligi asosida aholi
shikoyatlarini odil hal qilish uchun “Adolat uyi”ni tashkil qilishni, belgiyalik
Nausni bojxona vaziri lavozimidan bo’shatishni talab qildilar. Tehron
garnizonining harbiy qismlarida ham norozilik kuchaydi.
Xalq harakatidan qo’rqib qolgan Muzaffariddin shoh yon berishga majbur
bo’ldi. U Tehron va Kermon gubernatorlarini vazifasidan bo’shatdi, “Adolat
uyi”ni tashkil qilish to’g’risida farmon chiqardi. 1906 yil yanvarda best
ishtirokchilari Tehronga qaytib keldilar.
Lekin shoh o’z va’dalarini bajarishni turli yo’llar bilan orqaga sura
boshladi. Bu esa norozilikni yangidan kuchayishiga olib keldi. 1906 yil bahorida
ko’pgina shaharlarda inglizlarning Shahanshoh bankini boykot qilish boshlandi,
bir qancha shaharlarda bankning bo’limlari ostin-ustun qilindi.
1906 yil yozida inqilobning yangidan ko’tarilishi yuz berdi. Bozorlarda,
maydonlarda, machitlarda ko’p kishilik mitinglar yig’ilardi. 10 iyulda Tehronda
mashhur bo’lgan targ’ibotchi shayx Muhammad qamoqqa olinganida olomon uni
kuch bilan ozod qildi. Askarlar namoyishchilarga qarata o’q uzdilar, bir necha
odam yaralandi, sayidlardan biri halok bo’ldi.
Ertasi kuni barcha bozorlar, do’konlar, hunarmandlarning ustaxonalari
yopildi. Namoyishchilar bayroq o’rnida halok bo’lgan sayidning kiyimlarini
ko’tarib oldilar. Bu namoyishlar 12 iyulgacha davom etdi. Siyosiy vaziyat juda
keskinlashdi. 15 iyulda ruhoniylar yuqori qatlamining 200 vakili namoyishkorona
Tehrondan Qumga chiqib ketdilar. 16 iyul kuni Tehronning taniqli
savdogarlarining bir guruhi Angliya missiyasining bog’ida bestga o’tirdilar. Bir
necha kundan keyin best qatnashchilarining soni 13 ming kishiga etdi. Ular katta
chodirlar qurib, gulxanlar yoqardilar. Mitinglar deyarli to’xtovsiz davom etardi.
Bestda o’tirganlar harakatga rahbarlik qilish uchun komissiya tuzib, Qumdagi
ruhoniylar bilan, boshqa shahar va provintsiyalardagi harakat ishtirokchilari bilan
aloqa o’rnatdilar. Best harakati qatnashchilarining shohga yo’llagan talablarida
ilgarigi Bosh vazirni ishdan bo’shatish to’g’risidagi talabga yangi talab –
22
konstitutsiya joriy qilish va majlis (parlament) chaqirish to’g’risidagi talablarni
ham qo’shdilar.
Tehrondagi voqealar boshqa shaharlarga ham etib bordi va bu shaharlarda
Tehron bilan birdamlik harakati keng yoyildi. Qumdagi ruhoniylar Tehrondagi best
ishtirokchilarining talablari bajarilmaydigan bo’lsa, ular Erondan chiqib
ketishlarini bildirdilar. Bu xabar musulmonlarga katta ta’sir ko’rsatdi. Tehronga
keltirilgan harbiy qismlarda ham hukumatga qarshi kayfiyat kuchaydi, bu
qismlardan biri best ishtirokchilari tomoniga o’tdi.
Shoh xalq ommasi talablarini qabul qilishga majbur bo’ldi. Iyul oyi oxirida
liberal kayfiyatdagi amaldor Nasrulloxon Moshir ud Davla hukumat boshlig’i
bo’ldi, avgust boshida majlisga saylovlar to’g’risida farmon chiqarildi. Shundan
keyin best to’xtatildi, yuqori tabaqa ruhoniylari Qumdan Tehronga qaytib keldi.
Oktabr oyida Eronning birinchi majlisi (parlament) o’z ishini boshladi.
Majlis tarkibining asosiy qismini feodal zodagonlari, pomeshchiklar, ruhoniylar,
savdogarlar tashkil qilardi. Lekin u inqilob natijasida yaratilgan parlament bo’lib,
uning majlislari oshkora holda o’tardi. Aholi majlis muzokaralarida ishtirok etib,
turli masalalarni majlis muhokamasiga kiritardi. Bu harakatlar oziq-ovqat
narxlarini pasaytirish, milliy bankni tashkil qilish kabi ijobiy tadbirlarni amalga
oshirishga yordam berdi. Muzaffariddin shoh 1906 yil dekabri oxirida parlament
tomonidan ishlab chiqilgan “Asosiy qonun”ni tasdiqladi.
Majlis (parlament) chaqirilishi va “Asosiy qonun”ning qabul qilinishi
inqilobning dastlabki yutug’i edi. Bu davrda inqilobga rahbarlik to’la holda liberal
elementlar – ruhoniylar, liberal pomeshchiklar, yirik savdogarlar qo’lida edi. Bu
davrda inqilobiy harakatning liberal va demokratik qanotlari o’rtasida ko’zga
ko’rinarli ajralish yo’q edi.
Lekin inqilobning kengayib borishi davomida unda ishtirok etayotgan
sinfiy kuchlar o’rtasida ham ajralish kuchayib bordi. Qo’lga kiritilgan yutuqlar
liberal elementlarni qanoatlantirardi. Ular inqilobiy harakatni to’xtatishga
intilardilar. Burjuaziyaning demokratik unsurlari va keng xalq ommasi inqilobni
yanada rivojlantirish uchun kurashardilar.
1907 yilda ommaviy harakatning yanada ko’tarilishi kuzatildi. Isfaxon,
Resht, Tabriz, Zanjon va boshqa shaharlarda shoh hukumati va feodallarning
zo’ravonligi, suiiste’molliklariga qarshi namoyishlar, best harakatlari bo’lib o’tdi.
Chet el imperialistlariga qarshi bevosita chiqishlar bo’ldi. Aholi chet el tovarlarini
boykot qildi.
1906 yil oxiridan Rossiya bilan chegaradosh Shimoliy provintsiyalarda
dehqonlarning stixiyali chiqishlari bo’ldi va bu harakatlar janubiy hududlarga ham
yoyildi. Dehqonlar pomeshchiklarga soliq va boshqa to’lovlarni to’lashdan bosh
23
tortdilar, xonlar qasrlariga hujum qilib, tortib olingan mahsulotlarni kambag’allar
o’rtasida taqsimlab berdilar.
1907 yilda Eron ishchilari va xizmatchilarining dastlabki ish tashlashlari
bo’lib o’tdi, kasaba uyushmalari tuzish uchun harakatlar bo’ldi. Haydar Amuo’g’li
va boshqa markschilar tomonidan bir qator shaharlarda tashkil qilingan sotsial-
demokratik to’garaklar o’zlarini Eron sotsial-demokratik partiyasi deb atay
boshladilar. Eron sotsial-demokratlari “Mujohidlar jamiyati” (mujohid – haq ish
uchun kurashchi) bilan yaqindan bog’langan edi. 1905 yildan boshlab Eronning
shimoliy hududlarida savdogarlar, hunarmandlar, ruhoniylarning quyi qatlami
vakillari, dehqonlar, shahar kambag’allari, ishchilarni o’z ichiga olgan mujohidlar
tashkilotlari tuzila boshlagan edi. Mujohidlarning dasturida umumiy saylov
huquqini joriy qilish, so’z, matbuot, yig’ilishlar o’tkazish, jamiyatlar tuzish, ish
tashlashlar huquqlarini joriy qilish, shoh va pomeshchik hini banklar orqali sotib
olish yo’li bilan dehqonlarga berish, 8 soatlik ish kunini o’rnatish, maktablarda
umumiy bepul majburiy ta’lim joriy qilish, adolatli soliq tizimini o’rnatish kabi
radikal burjua-demokratik talablar bor edi.
Shu bilan birga “Mujohidlar jamiyati” fitnachilik jamiyati sifatida tashkil
qilingan edi. Mujohidlar Nizomi ayb ish qilib qo’ygan jamiyat a’zolarini jazolash
uchun maxsus sudlar va maxfiy turmalar yaratishni ko’zda tutardi. Yakka terror
taktikasiga katta e’tibor qaratilgan edi.
Tabrizda va boshqa shaharlarda mujohidlarning faol harakati natijasida
inqilobiy gvardiya qismlari – fidoyilar otryadlari tashkil qilindi. Fidoyilar
otryadlari Eron inqilobining asosiy qurolli kuchlariga aylandi.
Xalqning inqilobiy faolligi anjumanlarning tashkil qilinishida ham o’z
aksini topdi. Anjumanlar (aynan “birlashma”) dastlab ma’lum bir aholi punktidan
majlisga saylov o’tkazish uchun saylovchilarni birlashtiruvchi tashkilot sifatida
tashkil qilingan edi. Keyinchalik ular mahalliy hokimyatlar qoshidagi maslahat
organi, ba’zan esa bevosita mahalliy hokimyat va o’z-o’zini boshqaruv organlari
sifatida faoliyat yurita boshladilar. Ko’pchilik anjumanlarda burjuaziya vakillari
rahbarlikni o’z qo’llariga olgan edilar. Anjumanlar faoliyatiga xalq ommasining
kayfiyati katta ta’sir o’tkazardi. Ular ko’pincha feodallarga va chet el
mustamlakachilariga qarshi qaratilgan chiqishlarning tashabbuskorlari bo’lardilar.
Provintsiya, viloyat va shahar anjumanlaridan tashqari turli shakl va
ko’rinishdagi anjumanlar – siyosiy klublar, hamshaharlik birlashmalari, kasaba
uyushmalari va boshqalar tashkil topdi. 1907 yil avgustiga kelib Tehronda 40 ga
yaqin anjumanlar bor edi. Shu bilan birga reaktsiya kuchlari ham o’z anjumanlarini
tuzishga harakat qilardilar. Poytaxtda Hojar shahzodalari anjumani tashkil qilingan
edi, ba’zi joylarda pomeshchiklarning anjumanlari tuzilgan edi.
24
1907 yil yanvarda Muzaffariddin vafotidan keyin taxtga uning o’g’li
Muhammad Ali o’tirdi. Yangi shoh majlisni tan olmadi, u Eronni rasmiy ravishda
konstitutsion davlat deb tan olmadi. 1906 yil oxirida qabul qilingan “Asosiy
qonun” faqat majlisning huquq va vakolatlarini belgilab bergan bo’lib, davlat
qurilishining boshqa masalalari hal qilinmay qolib ketgan edi. Shoh majlisning
“Asosiy qonun”ga qo’shimchalar kiritish va shu yo’l bilan konstitutsiya ishlab
chiqilishini o’z yakuniga etkazish haqidagi taklifini rad etdi. Lekin Tehron, Tabriz
va boshqa shaharlar aholisining faol chiqishlari Muhammad Alini chekinishga
majbur qildi. U 1907 yil oktabrda majlis tomonidan ishlab chiqilgan “Eron Asosiy
qonuniga qo’shimchalar”ni tasdiqladi.
“Asosiy qonuniga qo’shimchalar”ni qabul qilinishi bilan konstitutsiyani
yaratish o’z nihoyasiga etdi. Shoh hokimyati majlis tomonidan cheklab qo’yilgan
bo’lib, majlis qonunlar chiqarish, budjetni tasdiqlash, qarzlar, kontsessiyalar
to’g’risida bitimlar tuzish kabi vakolatlarga ega edi. Yuqori palata – senat tashkil
qilish ko’zda tutildi. Provintsiyalar va viloyatlarda mahalliy hokimyat faoliyatini
kuzatib borish uchun aholi tomonidan saylab qo’yiladigan anjumanlar tuzilishiga
ruxsat berdi. Shaxs, shaxsiy mulk, uy-joy daxlsizligi va boshqalar e’lon qilindi.
Ruhoniylarning ko’pchilik imtiyozlari saqlanib qoldi. Oliy ruhoniylardan tashkil
topgan maxsus kollegiya qabul qilinayotgan qonunlarning islom dini ruhiga mos
kelishi-kelmasligi haqida qaror chiqarish huquqiga ega bo’ldi.
Eronning konstitutsion davlatga aylanishi ijobiy voqea bo’ldi. “Asosiy
qonuniga qo’shimchalar” qabul qilinganidan keyin liberallarning inqilobdan
chetlashishi asosan o’z nihoyasiga etdi. Yirik savdogarlar, liberal pomeshchiklar,
ruhoniylar inqilob o’z vazifasini bajarib bo’ldi, keyingi islohotlar va o’zgarishlarni
majlis orqali asta-sekin amalga oshirish mumkin deb hisoblardilar.
Erondagi
voqealarning
rivojlanib
borishi
Angliya
va
Rossiya
hukumatlarini cho’chitib qo’ydi. Ular inqilobni bo’g’ib tashlashga intildilar. 1907
yil boshida Tehrondagi ingliz elchisi inqilobga qarshi interventsiya uyushtirishga
chaqirdi. Angliya bilan Rossiya o’rtasida katta imperialistik ziddiyatlar mavjud
bo’lsada Eron xalqining demokratik-inqilobiy harakatiga dushmanlik, bu inqilobni
bostirishga bo’lgan intilish ingliz va rus hukumatlarini bir-biriga yaqinlashtirdi.
Bunga ma’lum ma’noda ingliz-german va rus-german imperialistik
ziddiyatlarining mavjudligi ham ko’maklashdi.
1907 yil 31 avgustda Peterburgda Eron, Afg’oniston va Tibetdagi ta’sir
hududlarini belgilab olish to’g’risida Angliya-Rossiya bitimi tuzildi. Shimoliy
Eron chor Rossiyasining, Janubi-Sharqiy Eron Angliyaning ta’sir hududi deb
belgilandi. Ular o’rtasidagi hudud betaraf deb e’tirof etildi. Ingliz-rus bitimining
tuzilishi Angliya, Fransiya va Rossiyadan iborat Antanta harbiy ittifoqini tashkil
25
qilinishini o’z nihoyasiga etkazdi. Shu bilan birga bu bitim Eron inqilobiga qarshi
qaratilgan bitim edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |