4-Mavzu: XVII asr o`rtasi XX asr boshida Eron (2-soat) Reja


  Eronning    XIX-asr  birinchi  yarmidagi  ijtimoiy-iqtisodiy  taraqqiyoti



Download 0,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/10
Sana11.07.2021
Hajmi0,52 Mb.
#115921
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
4-Mavzu

 4.2.  Eronning    XIX-asr  birinchi  yarmidagi  ijtimoiy-iqtisodiy  taraqqiyoti. 

Eron va Yevropa  davlatlari. 

Golland  va  ingliz  Ost-Indiya  kompaniyalari  XVII  asrdayoq  Fors  qo’ltig’i 

sohillarida o’z faktoriyalarini qurgan bo’lib, Fransiya XVIII asr boshida Eron bilan 

savdo  shartnomasi  tuzgan  bo’lsa  ham,  XVIII  asr  oxirigacha  Eron  Yevropa 

davlatlarining mustamlakachilik siyosatida muhim rol o’ynamadi. Lekin Eron XIX 

asrning dastlabki yillaridanoq Angliya va  Fransiyaning agressiv siyosati doirasiga 

tortildi.  Angliya  va  Fransiya  Yevropa  va  Osiyoda  iqtisodiy  va  siyosiy  ustunlikga 

erishishda  Eronga  qulay  strategik  platsdarm  sifatida  qarardilar.  Bundan  tashqari 

Eron ularni tayyor mahsulotlar sotish bozori sifatida ham qiziqtirardi. 

1800  yilda  ingliz-eron  siyosiy  va  savdo  shartnomasi  tuzildi.  Eron  shohi 

ingliz-afg’on  to’qnashuvi  yuz  bersa,  Angliyaga  harbiy  yordam  berish  va  Eronga 



 

fransuzlarni  kiritmaslik  majburiyatini  oldi.  Inglizlar  esa  o’z  navbatida  Eronning 



Fransiya  yoki  Afg’oniston  bilan  to’qnashuvi  yuz  bersa,  unga  qurol-yarog’  bilan 

yordamlashish  majburiyatini  oldilar.  Shartnoma  inglizlarga  qulay  savdo 

imtiyozlarini yaratib berdi. 

 

XIX asr boshida Rossiya bilan Eron o’rtasidagi munosabatlar keskinlashdi. 



1801  yilda  Gruziya  Rossiyaga  qo’shildi.  Dog’iston  va  Ozarbayjonning  bir  qator 

xonliklari ham Rossiya fuqaroligiga o’tdi. 

Rus  chorizmi  Kavkazortida  o’rnashib  olib,  Eronga  o’z  siyosiy  ta’sirini 

o’tkazishga harakat qildi. Eron feodallari esa Gruziya va Ozarbayjon xonliklarini 

o’z qo’llaridan chiqib ketishlariga chidab tura olmadilar. 

1804 yilda rus-eron urushi boshlanib ketdi. Rus qo’shinlari Ganja xonligida 

mahalliy  aholi  yordamiga  tayanib  ancha  ilgarilab  ketdi.  Shoh  inglizlardan  va’da 

qilingan yordamni talab qildi. Lekin Rossiya 1805 yilda  Napoleonga qarshi urush 

boshlab, Angliya  bilan  ittifoq  tuzgan  edi. Shuning uchun ham  Angliya  Rossiyaga 

qarshi  chiqa  olmadi.  Yuzaga  kelgan  bunday  vaziyatdan  fransuz  diplomatiyasi 

samarali  foydalandi.  1807  yil  may  oyida  eron-fransuz  shartnomasi  tuzilib,  shoh 

Angliya  bilan  bo’ladigan  siyosiy  va  savdo  munosabatlarini  uzishga,  fransuz 

armiyasi  Eron  orqali  Hindistonga  yuradigan  bo’lsa,  Fors  qo’ltig’idagi  barcha 

portlarni  ochib  qo’yish  majburiyatini  oldi.  Napoleon  o’z  navbatida  Gruziyani 

Eronga  qaytarib  berish  va  Eron  armiyasini  qayta  tuzish  uchun  fransuz 

instruktorlarini yuborishga va’da berdi. 

Tez orada Eronda fransuz harbiylari ishtirokida armiyani qayta tashkil etish 

boshlandi. Fransuz savdogarlari bir qator imtiyozlarga ega bo’ldilar. 




 

Lekin  fransuzlar  o’z  ustunliklarini  amalga  oshira  olmadilar.  1807  yilda 



Rossiya  bilan  Fransiya  o’rtasida  Tilzit  sulhi  tuzilgach,  Fransiya  Rossiyaning 

dushmani  bo’lgan  Eronga  harbiy  yordam  ko’rsatishni  davom  qildira  olmas  edi. 

 

Bundan  esa  inglizlar  foydalanib  qoldilar.  1808  yilda  Eronga  2  ta  ingliz 



missiyasi  keldi.  1809  yilda  dastlabki  ingliz-eron  shartnomasi  tuzilib,  unda  Eron 

shohi  Fransiya  bilan  bo’ladigan  barcha  munosabatlarni  to’xtatish,  Angliya  esa 

Eronning Rossiyaga qarshi urush olib borayotgan butun davr mobaynida yirik pul 

subsidiyasi bilan ta’minlash majburiyatini oldi. 

1813 yilga kelib rus-eron urushi Eronning mag’lubiyati bilan tugadi. 1813 

yil  oktabrda  Guliston  qishlog’ida  sulh  shartnomasi  tuzildi.  Eron  Gruziya, 

Dog’iston  va  Shimoliy  Ozarbayjonni  Rossiya  tarkibiga  qo’shilganligini  tan  oldi. 

Rossiya  Kaspiy  dengizida  harbiy  flot  saqlash  huquqiga  ega  bo’ldi.  Rus 

savdogarlari  Eronda,  eronlik  savdogarlar  Rossiyada  erkin  savdo  qilish  huquqiga 

ega bo’ldilar. 

Tez orada Eron hukumati Guliston sulhini qayta ko’rishni  va Ozarbayjon 

xonliklarini  Eronga  qaytarilishini  talab  qilib  chiqdi.  Inglizlar  tomonidan 

rag’batlantirilgan  Eron  shohi  1826  yilda  Rossiyaga  qarshi  urush  harakatlarini 

boshlab  yubordi.  Armanlar  va  Ozarbayjonlar  ko’ngillilar  guruhlarini  tuzib,  rus 

armiyasiga yordam berdilar. Rus qo’shinlari g’alaba qozonib Tabrizni egallagach, 

1828 yil 10 fevralda Turkmanchoy sulh shartnomasi tuzildi.  

Bu  shartnomaga  ko’ra  yangi  chegara  Araks  daryosi  bo’ylab  o’tkazilib, 

Sharqiy Armaniston ham Eron feodallari zulmidan ozod bo’ldi. Eron Rossiyaga 20 

mln. kumush so’m tovon to’lashga majbur bo’ldi. Kaspiy dengizida rus harbiy floti 

saqlanib  qoldi.  Rus  savdogarlari  Eronda  imtiyozlarga,    eksterritorial  huquqga  ega 

bo’ldilar. 

Turkmanchoy  shartnomasi  rus-eron  urushlariga  yakun  yasadi.  U  Gruziya, 

Shimoliy  Ozarbayjon  va  Sharqiy  Armaniston  aholisini  Eron  feodallari  zulmidan 

xalos bo’lganliklarini mustahkamlab qo’ydi. 

XIX 

asrning 


30-40-yillarida 

Angliyaning 

Eronga 

nisbatan 

mustamlakachilik  siyosati  kuchaydi.  1837  yilda  Eron  shohi  Muhammad  afg’on 

knyazligi  bo’lgan  Hirotni  qamal  qilganda  Angliya  Erondan  urush  harakatlarini 

to’xtatishni  va  qamalni  bekor  qilishni  talab  qilib,  u  bilan  diplomatik  aloqalarni 

uzdi. 


Eron  qo’shinlari  Hirotdan  ketishgach,  Angliya  1841  yilda  Eron  bilan 

diplomatik aloqalarni qayta tikladi va unga teng huquqli bo’lmagan shartnomalarni 

qabul  qildirdi.  Eron  shunday  shartnomani  1845  yilda  Fransiya  bilan,  keyinroq 

boshqa Yevropa davlatlari bilan ham imzoladi. 




Download 0,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish