Turli masalalar xakidagi xujjat, farmonlar va maktublar
er-suv, Juybor xojalarini solik va jarimalardan ozod kilish, ularga tegishli erlarga Vaxsh daryosidan suv chikarish uchun turli viloyatlardan xasharchilarni safarbar kilish, oldi-sotti xakida berilgan farmonlar va Juybor xojalariga jo`natilgan maktublar, masalan, shayboniy sultonlarining Abdullaxon soniydan shikoyat kilib Juybor xojalariga yuborgan arznomalari, Koshgar va Badaxshon xukmdorlarining xoja Muxammad Sa`d (1531-1532 – 1589 yy.) nomiga yo`llagan maktublari Badriddin Kashmiriyning “Ravzat ar-rizvon” asarida xam ko`p keltirilgan.
Shuni aloxida ta`kidlab o`tish kerakki, asar muallifining o`z so`zlariga karaganda, uning ko`lida xoja Muxammad Islom bilan xoja Muxammad Sa`d nomiga kelgan jami maktublar soni 500 dan ortik bo`lgan. Shundan u o`z asariga 132 maktubni kiritgan. Maktublar shayboniy sultonlar Muxammad Amin Sulton, Xudoyberdi Sulton, Juvonmard Ali Sulton, Kepak Sulton, Dinmuxammad Sulton, Xusrav Sulton, Abulkuddus Sulton va boshkalarga tegishli bo`lib, ulardan mamlakatdagi bekarorlik va ur-yikitlarning avj olib ketganligi, solik va jarimalarning xaddan ortikligi va solik yiguvchilarning zulmi tuvayli raiyat axvoli ogirlashib ketganligi, xon tarafidan ko`yilgan amaldorlarning zulmidan shikoyat kilinadi.
Masalan, Sulton Sa`idxon (1530-1533 yy.)ning inisi Xuboyberdi Sultonga tegishli bir xatda xususan bunday deyilgan: “Ko`shxokimiyat orkasida Shayxin va Ofarinkent tumanlari xalki Buxoro va Miyonkol taraflarga ko`chib ketdi”. Maktub oxirida Xudoyberdi Sulton Xoja Islomdan ularni vatanlariga kaytarishda ko`mak berishlarini iltimos kiladi. Sulaymon Sultonning o`gli Maxmud Sultonning Xoja Sa`dga yo`llagan maktubi xam e`tiborga molikdir. Maktubda Sulton Abdullaxon tarafidan o`ziga otalik etib tayinlangan Xushimbiy ustidan ustidan shikoyat kiladi. Maktubdan ma`lum bo`lishicha, otalik sultonga tegishli xamma narsani, xususan davlat ishlari va mulkidan keladigan barcha laromadni egallab olgan. Masalan, xar yili xirojdan to`planadigan 30 ming xoniydan sultonga bir chaka xam bermay ko`ygan.
Mazkur asarda, uning beshinchi bobida, Xindiston, Koshgar, Turkiya va Eron prdshoxlari tarafidan Juybor xojadariga yuborilgan maktubdarning nusxalari keltirilgan. Masalan, Koshgar xoni Abdurashidxon, Muxammad Kuraysh Sulton va Badaxshon xukmdori temuriyzoda Sulaymonshoxning maktublarida mamlakatning ichki axvolidan va Balx xonlarining tazyikidan shikoyat kilinadi.
XVI asrda o`tgan xurosonlik yozuvchi Zayniddin Vosifiyning “Badoyi` ul-vokoyi`” (“Ajoyib vokealar”) degan memuar asarida shayboniy xukmdorlarning maktublari, fatxnomalari va yorliklaridan ba`zilarining nusxalari ilova kilingan. Masalan, ulardan ikkitasida shayboniy sultonlar Ubaydullaxon, Jonibek Sulton va boshkalarning 1512 yili temuriyzoda Boburning Najmi soniy boshlik Eron (kizilbosh) askarlari ustidan kozongan galabasi va o`sha Ubaydullaxonning Koshgar xoni Abjurashidxon bilan ittifokda kozok sultonlari ustidan kozongan galabasi munosabati bilan Movarounnaxrning barcha viloyatlari, Koshgar va boshka mamlakatlarga yuborgan fatxnomalari bor.
Mazkur asarda Toshkent xoni Navro`z Axmadxon-Barokxon tarafidan berilgan bir xujjat, yorlig dikkatga sazovordir. Xujjatda mazkur xonning Sayyid Shamsuddin Muxammad Kurtiy sadrga viloyatda, Toshkent viloyatidagi barcha konlar suyurgol kilib berilgani aytilgan. Va yana nomi tilga olingan sadrga ushbu viloyatda yangidan o`zlashtirilgan barcha erlar mulk sifatida in`om kilib berilgani aytilgan.
Xukukiy xujjatlar, yorliklar “Ravzat ar-rizvon” kitobida xam bor. Ulardan ba`zilarini kaydga olib o`tamiz.
1) Abulgoziy Abdulla Baxodirxonning 1579 yilgi farmoni. Unda Xisor, Dexi nav - Denov, Kubodiyon va shaxri safoning xokimlari-arbobon va kalontaronga xoja Sa`dga tegishli erlarni sugorish uchun Vaxshdan chikarilayotgan arikni kazish ishlariga 10 ming ishchi, markidor yuborish majburiyati yuklatilgan.
2) Mazkur xonning juyboriy xojalaridan xoja Sa`dga Toshkent yakinidagi Zax arikni tortik kilingani xakidagi 1583 yilgi farmoni.
3) Toshkent xokimi Abdulkuddus Sultonning Zax arik atrofidagi erlarni xoja Sa`dga suyurgol kilib berilgani xakidagi va o`sha erlarni barcha solik va jarimalardan ozod kilingani, uning erlarida ishlash uchun ishchi, koranda yuborish xakidagi farmoni.
4) Abulgoziy Abdulla Baxodirxonning xazrat xoja Sa`dning Marvi shoxijaxon viloyatidagi barcha er-suvi va boshka mulkini uning fakat bir o`ziga tegishli ekanligini va uni molu jixot, mukarrariy, tarx, sabon va boshka soliklardan ozod etilganligi xakidagi 1578 yil avgustdagi farmoni.
5) Abulgoziy Abdulla Baxodirxon tarafidan mulla Muxammadbiy nomiga berilgan 1585 yil aprel oyidagi yorlig. Unda Xisor viloyatining xokimlari unga xoja Sa`dning mazkur viloyatdagi erlarni sugorish uchun Vaxsh daryosidan chikarilayotgan naxrni kazish ishiga 10 ming ishchi, mardikor to`plab berishlari va nomi zikr etilgan amirning barcha ko`rsatmalarini so`zsiz bajarishlari zarurligi aytilgan.
6) Abulgoziy Abdulla Baxodirxonning xoja Kalonga, xoja Sa`dga Yazd va Isfaxon viloyatlaridan er-suv in`om kilish-darubast xakidagi 1588 yil oktyabr-noyabr oyidagi farmoni.
7) Abulgoziy Abdulla Baxodirxonning xoja Sa`dning suyurgol erlarini o`gillari xoja Tojiddin bilan xoja Abduraxim o`rtasida taksimlash va bu erlarni solik va jarimalardan ozod kilish to`grisidagi 1590 yil yanvar-fevral oylaridagi farmoni.
8) Abulgoziy Abdulla Baxodirxonning xoja Tojuddin Xasanning Marv viloyatidagi er-suvini barcha solik va jarimalardan ozod kilish to`grisidagi 1590 yil fevral-mart oylaridagi farmoni.
Yurtimiz tarixiga oid xujjatlarni o`rganish va ilmiy tadkikotlarga tadbik etish xali talab darajasida emas. Bu ishni kuchaytirish lozim, chunki bularsiz tarixni, ayniksa uning ijtimoiy-iktisodiy muammolarini o`rganib bo`lmaydi. Bizning fikrimizcha, eng avvalo, ularni ilmiy tavsiflab, kataloglarini nashr kilish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |