Terma xujjatlar. O`zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Sharkshunoslik instituti ko`lyozmalar fondida, O`zbekiston Respublikasi Markaziy tarix arxivida, Buxoro o`lkashunoslik muzeyi va Abu Ali iyun Sino nomidagi Buxoro kutubxonasida saklanayotgan xujjatlar: farmonlar, xumnomalar, inoyatnomalar, vasikalar, oldi-sotti xakidagi xujjatlar va ajrimlardan iborat bo`lib, ulardan O.D.Chexovich 51-tasini tanlab olib, rus tiliga tarjima kilib, matni bilan ko`shib, 1954 yili “Drkumentы k istorii agrarnыx otnosheniy v Buxarskom xanstve XU11 – X1X vv.” nomi bilan aloxida kitob kilib chop ettirdi.
Kitobda keltirilgan xujjatlar Ashtarxoniy xukmdorlardan Imomkulixon (1611-1642 yy.) bilan Ubaydullaxon soniy (1702-1711 yy.), mangat sulola vakillari amir Xaydar, amir Muzaffar va Nasrullolarning farmonlari, xukmnomalari XU 11 asrda o`tgan yirik er va mulk egalari bo`lmish Yalangto`shbiy, Alloxyor devonbegi, Odina Muxammadjonlarga tegishlidir.
Xujjatlar er-suvni soliklardan ozod kilish, erni sotish, garovga ko`yish - vasikai joiz, erni sotib olish va uni imtiyozli mulkka aylantirish –vasikai mubodila, erni in`om kilish – vasikai baxshish, tanxox, mulkni ijaraga berish – vasikai ijara, ma`lumot etkazish – ariza va boshka masalalar xakidadir. Ularning ichida aloxida xiroj olinadigan va davlat erlarini mulki xurri xolisga aylantirish, ya`ni soliklardan ozod etish xollari uchraydi.
Bu to`plam mamlakatimizning o`sha davridagi ijtimoiy-iktisodiy tarixini o`rganishda muxim manba vazifasini o`taydi.
Rasmiy yozishmalar, ya`ni xonlar, podshoxlar, amirlar, tarikat etakchilari va shoirlar o`rtisidagi yozishmalar xam tari`iy manba bo`lib xizmat kiladi va uning xam ijtimoiy-siyosiy tarixni o`rganishdagi axamiyati kattadir. Ular ayniksa mamlakatdagi ichki vaziyat va mamlakatlararo munosabatlarni o`rganishda tadkikotchilarga katta material beradi. Shunday maktublardan ko`plari o`z vaktida ko`chirilib kitobat kilingan va ulardan birmunchalari bizning zamonimizgacha etib kelgan. “Maktuboti Temuriya” (“Temuriylarning maktublari”), “Majmuayi murosilot” (“Maktublar to`plami”) va boshkalar shular jumlasidandir.
“Maktuboti Temuriya” xozirda O`zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Sharkshunoslik instituti ko`lyozmalar fondida 2278 rakam ostida saklanayotgan, 191 varakli XU1 asrda kitobat kilingan maktublar majmuasining nomidir.
Eronlik olim Abulxusayn Navoiy mazkur majmuaga Eron, Turkiya, Oxarbayjon va Fors xukmdorlarining xatlarini xam ko`shib, 1991 yili “Isnod va maktuboti tarixi Eron (az Temur to shox Ismoil” nomi bilan nashr etgan. Mazkur to`plamga Amir Temur va temuriylar (Shoxrux, Sulton Xusayn va boshkalar)ning Fors, Ozarbayjon, Irok va Turkiya xukmdorlari bilan yozishmalari jamlangan.
Bu yozishmalar Amir Temur va temuriylarning mazkur mamlakatlar bilan bo`lgan siyosiy munosabatlari tarixini o`rganishga, xususan Amir Temurning 1381-1404 yillari Eron, Irok, Ozarbayjon, Suriya va Turkiya ustiga kilgan xarbiy yurishlarining saboklarini to`gri anglashga yordam beradi.
Mazkur to`plam Xaydar va Er o`glining “Majmuayi munshaot”, xoja Shaxobiddin Abdulla Marvaridning “Munshaot”, Frudunbekning “Munshaoti Fridunbek” asarlariga xam asoslangan.
“Maktuboti Temuriya” xurosonlik mashxur shayx, Amir Temurning pirlaridan biri Zayniddin Abubakr Taybodiy (1395 yili vafot etgan0ning o`z muridi amir Temurga yo`llagan bir tarixiy maktubi bilan boshlanadi. Amir Temur bu maktubni “Temur tuzuklari”ning “Tadbirlar va kengashlar” deb atalgan birinchi makolasida keltirgan. “Tuzuklar”da keltirilgan mazkur maktub xakida, xususan, mana bularni o`kiymiz: “Pirim Zayniddin Abubakr Taybodiy menga yozmishlarkim, “Abulmansur Temur saltanat yumushlarida to`rt ishni ko`llasin, ya`ni 1) kengash; 2) mashvarutu maslaxat; 3) xushyorligu maloxazakorlik; 4) extiyotkorlik. Chunki kengash va mashvaratsiz saltanatning barcha kilgan ishlari va (podshoxning) aytgan gaplari xato bo`lgan. Unday podshoxni joxil odamga kiyoslash mumkin. Uning so`zlari va kilmishlari boshga pushaymonlik va nadomat keltirgan. Shunday ekan, saltanatni boshkarishda, mashvarutu maslaxat va tadbir bilan ish yuritgin, toki okibatda nadomat chekib, pushaymon bo`lmagaysan. Yana shuni xam bilginkim, saltanat ishlarining bir kismi sabru tokat bilan bo`lgay, yana bir kismi esa bilib-bilmaslikka, ko`rib-ko`rmaslikka solish bilan bitur. (Xullas) tadbirlardan ogox kilingandan keyin shuni xam aytish joizdurkim, kat`iylik, sabr-tokat, chidamlilik, xushyorlik, extiyotkorlik va shijoat bilan barcha ishlar amalga oshirilgay. Vassalom.”Amir Temur pirining bu o`gitlariga umr bo`yi, butun faoliyati davomida amal kildi. “Bu maktub,-deb yozadi xazrat soxibkiron,-menga yo`l boshlovchi yanglig raxnamolik kildi. U menga saltanat ishlarining to`kkiz ulushini mashvarat, tadbir va kengash bilan, kolgan bir ulushini esa kilich bilan bajo keltirilishini anglatadi”.
“Maktuboti Allomiy” –“Maktuboti Abulfazl”, “Inshoyi Abulfazl” (”Abulfazl (Allomiy) tarafidan bitilgan (va ko`chirilgan) maktublar”)i deb xam ataladi. Maktublarning asosiy kismi Boburiylar saltanati (1526-1858 yy.)ning atokli podshoxlaridan Jaloliddin Akbar (1556-1605 yy.) nomidan, bir kismi vazir va yirik tarixchi olim Abulfazl ibn Muborak Allomiyning shaxsiy mazmundagi maktublaridan iborat. To`plam uch kismga bo`lingan. Undan bizga uchdan ikki kismi, ya`ni ikkita daftari etib kelgan, xalos. U Allomiyning karindoshi Abdusamad ibn Afzal Muxammad tarafidan tuzilgan.
“Maktuboti Allomiy”da 1586-1596 yillarda Buxoro va Balx xonliklari bilan Boburiylar davlati (Xindiston) o`rtasidagi siyosiy munosabatlar xakida o`ta kimmatli ma`lumotlarni uchratamiz. Ma`lumki, o`sha yillari Xindistonning nafakat Buxoro va Balx xlndiklari, balki Eron bilan xam munosabatlari jiddiy tus olgan edi. Agar Boburiylar bilan Shayboniylar davlatlari o`rtasidagi siyosiy munosabatlar Badaxshon tufayli, to`grisi Badaxshonni o`z xukmronligiga kiritib olish xususida bir kadar buzilgan bo`lsa, Safaviylar Eroni bilan Xindiston o`rtasidagi munosabatlar katta siyosiy-strategik axamiyatga ega bo`lgan Kandaxor xususida bir muncha buzilib kolgan edi.
Majmuadagi maktublarda mana shu chigal masalalarning moxiyatini tushuntirib bera oladigan daliliy ma`lumotlar ko`p. Bu jixatdan Akbarning Abdullaxonga yo`llagan uchta maktubi va Abdullaxonning mavlono Mir Kuraysh, Axmad otalik boshchiligida Xindistonga yuborgan elchiligi, va Buxoro elchisi olib borgan maktub, va Akbarning Balx bilan Buxoroga xoja Afzal, Xakim Xumom va Mir Sadrijaxon boshchiligida yo`llagan elchiliklari xususida kimmatli ma`lumotlar keltirilgan.
Yana bir muxim masalani xam aytib o`tishga to`gri keladi. Maktublarning birida kelgusida tutiladigan siyosat xususida ikki davlat – Boburiylar davlati va Buxoro xonligi xukmdorlarining maxsus uchrashuvini uyushtirish masalasi ko`tariladi.
“Maktuboti Abulfazl” majmuasining yaxshi bir ko`lyozma nusxasi (tartib rakami 290, 154 varak) O`zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining Sharkshunoslik instituti xazinasida mavjud.
“Murakka`yi Mir Alisher” yoki “Majmua`yi murosilot”(“Maktublar to`plami”) o`z davrining nufuzli ruxoniylari – Abduraxmon Jomiy (1414-1492 yy.), xoja Ubaydulla Axror (1404-1492 yy.), xoja Arorning o`gli xoja Muxammad Yaxyo (1500 yili o`ldirilgan), xoja Axrorning safdoshi va kuyovi Mir Abdulavval Nishopuriy (1495 yili vafot etgan) va boshkalarning Sulton Abu Said Mirzo (1451-1469 yy.), Sulton Xusayn Mirzo va Alisher Navoiyga yo`llagan maktublarini o`z ichiga oladi.
Ushbu to`plam Alisher Navoiy tomonidan tuzilgani uchun “Murakka`yi Mir Alisher” yoki “Navoiy al`bomi” nomi bilan xam ataladi. To`plam X1X asr yirik ziyolilaridan biri Buxoro kozi kaloni Shariyjon Maxdum sadri Ziyo kutubxonasida bo`lgan va undan Alisher Navoiy nomidagi Xalk kutubxonasining Shark ko`lyozmalari bo`limiga, va undan keyin – 1943 yili O`zbekiston Fanlar Akademiyasining Sharkshunoslik institutining ko`lyozmalar fondiga o`tkazilgan. U 2178 tartib rakami bilan saklanmokda.
To`plamda Abduraxmon Jomiyning xatlari 334 bo`lib, ular shaxsiy mazmunda bo`lib, ko`pchiligi xar xil iltimosnomalardan iborat. Ularda solik va jarimalarning ogirligi va solik yiguvchilarning zulmu bedodligi, Temuriyzodalarning o`zaro nizosi tufayli mamlakat va xalk axvolining ogirlashgani, shuningdek, madrasa talabalariga yordam berish to`grisidagi Alisher Navoiy, Sulton Xusaynga iltimosnomalardan iborat.
Xoja Axrorning maktublariga kelsak, ular 128ta bo`lib, ular mazmunan Abduraxmon Jomiy xatlariga o`xshashdir. Ularda Movarounnaxr va Xurosonning XU asrning II- yarmidagi ijtimoiy-siyosiy axvoli, Samarkand xokimi Sulton Abu Said Mirzo(1451-1469 yy.) va Xuroson podshoxi (1469-1506 yy.) o`rtasidagi ogir munosabatlar, solik va jarimalar, xususan tamga soligining ogirligi va uni imkoni bo`lsa bekor kilish masalalari ko`tariladi. Tinimsiz xarbiy yurishlar va o`zaro urushlarning pirovardida fojeaga olib kelishini Temuriylarga ukdirishga xarakat kilinadi. Masalan, Xoja Axror Sulton Abu Saidga yo`llagan bir maktubida uni Ozarbayjon ustiga, uning xukmdori Kora Yusuf ustiga kilmokchi bo`lgan yurishiga karshi chikadi. Maktubda, “Xargiz az Marv maguzarid” (“Xargiz Marvdan nariga o`tmasinlar”) deb ochik ogoxlantirgani yozilgan. Ma`lumki, o`sha yurish natijasi Sulton Abu Said uchun fojea bilan tugadi. 1469 yilgi jangda u xalok bo`ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |