4-MAVZU. TIL VA TERMINOLOGIYA
Mashg’ulot rejasi:
1. O‘zbek terminologiyasining taraqqiyot bosqichlari.
2. Tilning lug‘at tarkibi.
3. O‘zbek leksikografiyasi.
4. Umumiy va maxsus lug‘atlar.
5. Akademik, ommabop va o‘quv lug‘atlari.
6. Sohaviy lug‘atlarda terminlar.
1. O‘zbek terminologiyasining taraqqiyot bosqichlari.
Termin grekcha terminus so ‘zidan olingan bo ‘lib, “chek, chegara” degan
ma’noni bildiriadi. U fan-texnika, qishloq xo‘jaligi, san’at va madaniyat sohasiga
xos so‘z hisoblanadi. Terminologiya - terminlar haqidagi ta’limot va tterminlar
majmui degan ma’nolarni anglatadi. Termin so ‘zi o ‘rnida ba’zan atama, istiloh so
‘zlarini ishlatish hollari uchrab turadi. Ammo bu to ‘g ‘ri emas. Atama termin
so’ziga nisbatan tor tashunchani ifodalaydi. Istiloh so’zi esa arabchadir.
Terminologiya masalalari hamisha tilshunoslikning dolzarb masalalaridan biri
bo‘lib kelgan. Chunki terminlarning sohalar lug‘aviy qatlamlaridagi o‘rni va
vazifasini belgilash, tushunchaning mazmun-mohiyatini to‘g‘ri
anglash imkonini
beradi. Terminologiyaga bag‘ishlangan ishlarning barchasida u yoki bu sohaning
muayyan tushunchalarini anglatadigan, definitsiyaga ega bo‘lgan va, asosan,
nominativ funktsiyani bajaradigan birliklar termin hisoblanadi deb qaraladi.
A.Reformatskiy terminga ta’rif berar ekan, “... terminlar – bu maxsus so‘zlardir”
degan xulosaga keladi. A.V.Kalinin muayyan fanlar va kasbkorlikda ishlatiladigan
so‘zlarni “maxsus leksika” deb ataydi va uni ikki guruhga ajratadi. 1. Maxsus
leksikaga, birinchi navbatda, terminlar kiradi. 2. Maxsus leksika tarkibiga
terminlardan
tashqari
professionalizmlar
ham
kiradi.
Termin
bilan
professionalizmlar o‘rtasidagi
farq shuki, termin bu muayyan fan, sanoat sohasi,
qishloq xo‘jaligi, texnikadagi tamomila rasmiy bo‘lgan, qabul qilingan va
qonunlashtirilgan biror tushunchaning ifodasidir, nomidir, professionalizm esa
biror kasb,
mutaxassislik, ko‘pincha jonli tilda tarqalgan, aslini olganda,
tushunchaning qat`iy, ilmiy tavsifiga ega bo‘lmagan yarim rasmiy so‘zdir”.
H.Jamolxonov: “Terminlar fan-texnika, adabiyot, san`at va boshqa sohlarga oid
ixtisoslashgan, qo‘llanishi muayyan soha bilan chegaralangan
tushunchalarni
ifodalaydigan nominativ birliklardir: gulkosa, shona (botanikada); to‘rtburchak,
kvadrat (geometriyada); ega, kesim (tilshunoslikda); qofiya, turoq, vazn
(adabiyotshunoslikda) kabi .
Ma’lumki, terminologiya masalalari ilmiy-texnik ishlab chiqarish, kasbhunar,
har xil tarmoqlar leksikasi, ijtimoiy hayotning barcha jabhalariga tegishli so‘z va
iboralarni qamrab oladi, bu tushunchalar tarixi xalq hayoti, uning moddiy va
ma’naviy jihatlari bilan bog‘liq hamda ularning
barchasini tadqiq qilish, tilning
mulkiga aylantirish hozirgi davr tilshunosligi oldida turgan, kechiktirib bo‘lmas
tadqiqot yo‘nalishlaridan biridir.
O‘zbek tili tarmoqlar terminologiyasi bo‘yicha yuzaga kelgan dastlabki
tadqiqot 1955-yilda himoya qilingan N.Mamatovning “O‘zbek paxtachilik
terminologiyasi” nomli ishidir. Ishda paxtachilik bilan bog‘liq atamalar taraqqiyoti,
ularning tasnifi, atamalarning so‘z, so‘z birikmalaridan
farqli jihatlari, atamaning
ta’rifi, O‘zbekistonda paxtachilikning rivojlanish tarixi va u bilan bog‘liq holda
yangi atamalarning paydo bo‘lishi, o‘zbek paxtachiligi atamashunosligining
boyishida ichki va tashqi manbalarning hal qiluvchi mavqei atroflicha tahlil
etilgan. Keyinchalik H.Jamolxonovning “O‘zbek botanika terminologiyasining
tarkib topishi va rivojlanish tarixidan” (nomzodi … diss. 1968),
M.Asomuddinovaning “O‘zbek tilida kiyim-kechak
va uning qismlarining
nomlari” (nomzodi … diss. 1970), T.Nugmanovning “O’zbek tilida polizchilik
terminlari” (nom. diss. 1971), M.Bo’ranovning “Terminы jivotnovodstva v
uzbekskix govorax Karakalpakii: Avtoref. dis…. kand. filol. nauk. (1972),
M.Ramazanovning
“Iz
istorii
formirovaniya
i
razvitiya
uzbekskie
matematicheskoy terminologii: Avtoref. dis. ... kand. filol. nauk. (1973),
T.Xodjamberdievning “Jivotnovodcheskaya leksika uzbekskogo yazika: Avtoref.
dis. ... kand. filol. nauk. (1975), S.Azizovning “Leksiko-grammaticheskoe
issledovanie muzikalnoy terminologii uzbekskogo yazika: Avtoref. dis. … kand.
filol. nauk. (1981), A.Qosimovning “Farmatsevticheskaya terminologiya v
sovremennom uzbekskom yazike: Avtoref. dis. … kand. fil. nauk. (1982),
Z.Xusainovaning “Nazvaniya svadebnix obryadov i tseremoniy v uzbekskom
yazike: Avtoref. diss. ... kand. filol. nauk. (1983), N.Ikramovaning “Uzbekskaya
kulinarnaya leksika: Avtoref. dis. ... kand. filol. nauk. (1983), A.Madvaliyevning
“Uzbekskaya ximicheskaya terminologiya i voprosi eyo normalizatsii: Avtoref.
dis. … kand. filol. nauk. (1986), R.Doniyorovning “Texnicheskaya terminologiya
uzbekskogo yazika: Avtoref. dis. … dokt. filol. nauk. (1988),1 I.Pardayevaning
“O‘zbek tilining zargarlik terminologiyasi: Filol. fanlari nomzodi … dis.(1994),
Z.Mirxoliqovning “O‘zbek tilida baliq nomlarining lug‘aviy-ma’noviy va
grammatik xususiyatlari: Filol. fanlari nomzodi … dis. (1991), M.Saidovaning
“Namangan shevalaridagi qarindoshlik terminlarining leksik-semantik tahlili: Filol.
fanlari nomzodi ... dis. (1995), A.To`raxojaevaning “Mustaqillik sharoitida o`zbek
tili ijtimoiy-siyosiy leksikasining taraqqiyoti” (nom. diss. 2012) kabilarni kiritish
mumkin.
O‘zbek tilshunosligida ham terminlarni o‘rganish
borasida yangi qadamlar
qo‘yildi, ya’ni ilmiy terminologiyaga oid, kasb-hunarga oid, o‘zbek tili leksikasiga
oid tadqiqotlar, shuningdek, entsiklopediya, izohli lug‘atlar birinketin maydonga
keldi.