O‘quvchi: Mening savolim Qutlibeka Rahimboyevaga. Shoira Zulfiya boshqa ijodkorlarning asarlariga, she’rlariga qanday fikrlar bildirardi?
Qutlibeka Rahimboyeva: Bir gal Gulandom Tog‘ayevaning “Sharq yulduzi” jurnalida chop etilgan turkumi haqida iliq fikrlar aytgandilar.
- Ijodkorlarning tasavvurlari keng bo‘ladi. Lekin bu qizning she’rlari bizning tasavvur doiramizdan ham chiqib ketganga o‘xshaydi. Oxirigacha hamma ma’nosini anglab yetolmaysan-u, anglaganing o‘zingga yoqadi,- degan edilar Gulandomni o‘qiganda.
Boshlovchi: Marhamat, yana savollar bormi? Marhamat.
O‘quvchi: Mening savolim Madina Ma’mirovaga. Bugungi kunda ko‘plab qizlar siz kabi “Zulfiya” nomidagi Davlat mukofoti sovrindori bo‘lishni xohlashadi. Bularning aksariyati shoira qizlar. Aytingchi, adabiyot sohasida g‘olib bo‘lish uchun qanday talab va shartlarni bajarish lozim bo‘ladi?
Madina Ma’mirova: Adabiyot sohasida mukofotga taqdim etilayotgan asarlar g‘oyaviy-badiiy jihatdan yuksakbo‘lishi, muallif dunyoqarashining o‘ziga xosligi, bugungi kunda ro‘y berayotgan ijobiy o‘zgarishlarni tasdiqlashga qaratilganligi, shuningdek, original badiiy-estetik izlanishlari bilan ajralib turishi kerak. Nomzodning ijod namunalari jamoatchilik va mutaxassislar tomonidan e’tirof etilgan, kitoblari nashr qilingan va ijodiy yutuqlari yuqori darajada bo‘lishi lozim.
O‘quvchi: Mening savolim Madina Ma’mirovaga. Sizningcha “Zulfiya” nomidagi Davlat mukofotining saralash jarayonlari adolatli o‘tadimi?
Madina Ma’mirova: Albatta, adolatli o‘tadi. Saralash jarayonlarida har bir soha bo‘yicha hurmatli insonlar hakamlik qilishadi. Ular faqatgina loyiq bo‘lgan ijod namunalarini saralab olishadi.
Boshlovchi: Yana savollar bo‘lsa marhamat.
O‘quvchi: Mening savolim Qutlibeka Rahimboyevaga. Shoira Zulfiyani ijod ustida ko‘rganmisiz?
Qutlibeka Rahimboyeva: Men opaning ijodiy jarayonlariga, ayniqsa, ijodlarning gultoji bo‘lgan “Xotiram siniqlari” dostonining yozilish tarixiga guvoh bo‘lganimdan faxrlanib yuraman. Biz bu dostonning ayrim joylarini fikrlashib birga ishlaganmiz. Aslida men faqat fikr bildirganman xolos. Ular dostonning goh so‘zlarini, goh misralarining o‘rnini almashtirib qizg‘in ijod qilgan edilar.
Shoir yozganlarining bahosini yaxshi biladi, lekin kimdir fikrdosh bo‘lsa, baribir boshqacha kayfiyat bo‘ladi. Hatto, o‘sha kimdir menday havaskor shogird bo‘sada. Dostonning mana bu misralarini ular charchagan bo‘lishlariga qarmay alohida jo‘shqinlik, zavq bilan yozgan edilar:
Hurriyat, keldingmi – nahotki kelding,
Pinhona sog‘indim, pinhona kuydim.
Yomg‘irga bag‘rini tutgan sahrdek-
Sening nasimingga qalbimni tutdim.
… Yodim siniqlari, qalq, ovoz beray,
Qalqdi, yuragim, chida, ber bardosh,
Qaragin titroqda - hammasi jonli,
Qara, hammasining yuzi qontalash.
Do'stlaringiz bilan baham: |