4-mavzu. Ta’limda keys texnologiyasi. O’quv-loyihaviy ta’limning asosiy tamoyillari. Mavzu rejasi



Download 100,65 Kb.
bet1/2
Sana13.04.2023
Hajmi100,65 Kb.
#927627
  1   2
Bog'liq
4-mavzu. Ta’limda keys texnologiyasi. O’quv-loyihaviy ta’limning


4-mavzu. Ta’limda keys texnologiyasi.O’quv-loyihaviy ta’limning asosiy tamoyillari.
Mavzu rejasi:

  1. “Keys-stadi” texnologiyasi.Zamonaviy o’qitish amaliyotida o’quv keyslarining turlari.

  2. “Keys-stadi” yordamida talabalar egallaydigan bilim, ko’nikma, malakalar haqida.

  3. O’quv keyslarining muhim xarakterli jihatlari va asosiy xususiyatlari.

  4. Keyslar tipologiyasi.

  5. Loyihaviy ta’lim texnologiyaning asosiy tushunchalari. O’quv loyihasi tushunchasi.

Adabiyotlar:
1.Aleks Muur. Ta’lim berish va ta’lim olish: pedagogika, ta’lim dasturi va tarbiya.
2.Pedagogika nazariyasi va tarixi.- T.: 2010 y. “Fan va texnologiya” nashriyoti. 461 b. 3.
3.Hasanboev J. va boshqalar. Pedagogika. -T.:2011 y. Noshir nashriyoti.
4.Pedagogika. M. Toxtaxodjaeva umumiy tahriri ostida. –T.:
5. Umumiy pedagogika. 1- qism. O.Musurmanova va boshqalar tahriri ostida–T.: O’zkitobsavdo nashriyoti. -2020 y. 400 bet.



  1. Keys-stadi texnologiyasi. Muammoli vaziyatlarni yaratish va ularni hal qilishga doir o’quv topshiriqlarini ishlab chiqishda “Keys-stadi” texnologiyasi bugungi kunda keng qo’llanilmoqda. Ushbu texnologiya bugungi kunda etakchi xorijiy mamlakatlar ta’limi amaliyotida keng ommalashgan o’quv texnologiyasi sanaladi.


Texnologiya talabalarni har qanday mazmunga ega vaziyatni o’rganish va tahlil qilishga o’rgatadi. Uning negizida muayyan muammoli vaziyatni hal qilish jarayonining umumiy mohiyatini aks ettiruvchi elementlar yotadi. Bular quyidagilardir:


Ta’lim shakllari, ta’lim metodlari, ta’lim vositalari, ta’lim jarayonini boshqarish usul va vositalari, muammoni hal qilish yuzasidan olib borilayotgan ilmiy izlanishning usul va vositalari, axborotlarni to’plash, ularni o’rganish usul va vositalari, ilmiy tahlilning usul va vositalari, o’qituvchi va o’quvchi (talaba) o’rtasidagi ta’limiy aloqaning usul va
“Keys-stadi” texnologiyasi dastlab 1870 yilda AQShning Garvard universitetining huquq maktabida, 1924 yilda biznes maktabida qo’llanilgan. Hozirda texnologiya xorijiy mamlakatlarda iqtisodiyot, biznes sohalarida ham keng qo’llanilmoqda. Rossiyada esa u o’tgan asrning 80-yillarida dastlab MDUda, keyinchalik esa boshqa ta’lim muassasalarida ham faol qo’llanila boshlandi. O’zbekistonda “Keys-stadi” metodi ta’lim jarayoniga mustaqillik yillaridagina tadbiq etildi.
Keys-stadining ikki klassik maktabi mavjud:



    1. Garvard (Amerikada);

    2. Manchester (Evropada)

Xorijiy ta’limida keyslarni qo’llashga nisbatan shunday yondoshuv mavjud: keys – real hayotning “bir parchasidir” (ingl. “True life”).


Chet ellardagi biznes-maktablarda odatiy vaziyatlarni o’rganishga o’quv vaqtining o’rtacha 25 %dan 90 %gacha bo’lgan qismi ajratiladi. Masalan, Chikago universiteti biznes-maktabida o’quv vaqtining 25 % keyslar ulushiga, Kolumbiya universitetida

  • 30 %, Uortonda esa – 40 % to’g`ri keladi. Mashg`ulotlarni ushbu uslub bo’yicha o’tkazishga ajratiladigan soatlar soni bo’yicha Garvard etakchilik qiladi. Oddiy talaba ta’lim davrida 700 tagacha keyslarni ko’rib chiqadi va buning uchun o’quv vaqtining 90

%gacha qismini sarflaydi.
Ta’limiy xarakterdagi keyslarning turlari quyidagilardir:

    • talaba faoliyatini tahlil qilish va baholash imkoniyatini beruvchi keyslar;

-muammoning echimi va qarorlarni tahlil qilishga yo’naltirilgan keyslar;

    • qaror yoki yaxlit muammoni ifodalovchi keyslar

Texnologiya talabalarda predmetni o’zlashtirishga bo’lgan qiziqishni, amaliy ko’nikmalarni, vaziyatni tahlil qilish va to’g`ri qaror qabul qilishga nisbatan ijodiy yondashish malakalarini rivojlantiradi, turli muammoli vaziyatlar va ularni hal qilish asosida ular tomonidan bilimlarning faol o’zlashtirilishi uchun imkoniyat yaratadi.


Ta’limda qo’llaniladigan “Keys stadi”ning tayyor variantlari ham mavjud bo’lib, ularni sotib olish mumkin. Biroq, eng samarali yo’l har bir fan bo’yicha keyslarning mustaqil yaratilishiga erishishdir. Birgina Garvard universitetida yiliga 700 ta keys ishlab chiqiladi. Ularning narxi 10 $. Ammo ba’zi keyslarning narxi 500 ta 1000 $ gacha. London biznes maktabi va boshqa biznes maktablar o’zlarida 340 nafarga yaqin ishtirokchilarni birlashtirgan holda keyslarni yaratish bilan shug`ullanadi.
“Keys-stadi” yordamida talabalar quyidagi ko’nikma, malakalarga ega bo’ladi:


  1. Download 100,65 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish