4-mavzu: Ta’lim tizimida xаlq pedagogikasi g’oyalari va tarbiya tajribasi(2 s) Reja



Download 23,26 Kb.
Sana14.07.2022
Hajmi23,26 Kb.
#796988
Bog'liq
4-Mavzu


4-mavzu: Ta’lim tizimida xаlq pedagogikasi g’oyalari va tarbiya tajribasi(2 s)
Reja:
1.Yurtimiz ta’lim tizimida xalq pedagogikasi g‘oyalari va tarbiya tajribasidan foydalanish imkoniyatlari.
2. Talabalarning ma’naviy sifatlarini tarbiyalashda xalq pedagogikasidan foydalanish.
3. Sharq allomalari faoliyati yuksak ma’naviy - madaniyat timsoli.
Tayanch tushunchalar: g’oya, ma’naviy sifat, ma’naviy-madaniyat, ta’lim tizimi.

Har inson o’z qo’shig’ini aytish barobarida zamon va millat kuyiga quloq, tutmog’i ham qarz, ham farz bo’lib qoldi. Shu bois, ba’zi unutilgan yoki odatiy bir yusindagi fazilatlarimiz, axloqu odob sohasidagi bebaho mulkimizni eslash qanchalik ko’ngilni yashnatib yuborsa, zamona zayli bilan xalqimizga kirib qolgan yoki ta’bimizni xira qilayotgan jihatlar shunchalik dilimizga ozor beradi. Vatan-ostonadan boshlanadi. Demak, Vatan oila ostonasidan boshlanadi. Vatanparvarlik, milliy g’urur, milliy o’zliknn anglash shu oilada shakllanmog’i zarur. Burch - ota-ona oldidagi farzandlik burchi, farzand oldidagi ota-ona burchi va vazifalari aynan oilada shakllanishiga erishish zarur. Bu o’rinda oila, maktab, jamoatchilik hamkorligini ta’minlash joiz.


Vatanparvarlik hissini o’z farzandi qalbiga singdirolgan ota-onaning, shunday ruh, bilan yashaydigan xalqning kelajagi porloqdir. Yurtini sevgan, uning porloq, kelajagiga ishongan har bir fuqaro, xar bir kishi uchun yurt taraqqiyotiga ulush qo’shish asosiy maqsadga aylanadi.
Mustaqillik yillarida, O‘zbekiston Respublikasida ta’lim jamiyat va davlatning ma’naviy, ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy rivojlanishi asosi deb e’lon qilindi. Ta’limning maqsadi mustaqil fikrlaydigan, ma’naviy- axloqiy jihatdan yetuk, har tomonlama rivojlangan shaxsni tarbiyalashdan iborat.
Ta’limning maqsadi mustaqil fikrlaydigan, ma’naviy- axloqiy jihatdan yetuk, har tomonlama rivojlangan shaxsni tarbiyalashdan iborat.
Ta’limning umumiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  • aholi milliy-madaniy ehtiyojlarini qoniqtirish, jismoniy va ma’naviy sog‘lom avlodni tarbiyalash;

- o‘quvchilar tomonidan ijtimoiy va ishlab chiqarish talablari bilan belgilanadigan bilimlar tizimini o‘zlashtirilishini ta’minlash; .
- ularda ilmiy dunyoqarash, siyosiy, iqtisodiy, huquqiy madaniyat, ijodiy, erkin fikrlash ko‘n,ikmalarini shakllantirish, ularning mustaqil bilimlarini oshirib borishi

  • yoshlarda Vatanga muhabbat, vatanparvarlik, fuqarolik dunyoqarashi; insoniy qadr-qimmat, demokratik o'zini boshqarishda ishtirok etish, shuningdek, o‘z harakatlari uchun javobgarligini yuzaga keltirish.

Yevropa va Sharq, Osiyo va Amerika mamlakatlarida ta’lim turlari tarixiy taraqqiyot natijasida yuzaga kelgan. Birinchi mifologik ta’lim bo‘lib, unda dunyoning mohiyati ertak, afsona, doston, qissa hamda qo‘shiqlar shaklida o‘rganilgan.
Keyingi tarixiy turi sxolastik ta’lim bo‘lgan. Uning mohiyatiga ko‘ra ta’limda matn madaniyati va yer, osmon haqidagi bilimlar so‘z bilan ifodalanib, xotira va irodani mashq qildirish asosida yosh avlodga inson udligi va u tomonidan tashkil etiladigan faoliyat mazmuni haqida lar berilgan, savodxonlik va nutq madaniyatiga o‘rgatilgan.
Ta’limning uchinchi tarixiy turi — ma’rifatparvarlik bo‘lib, u an’anaviy bilimlar yaratilgan davrda yuzaga kelgan. XX asrdan boshlab esa turli ta’lim paradigma (model)lari, turlari va ko‘rinishlarining rivojlanish jarayoni kuzatildi.
Bugungi kunda asoslariga ko‘ra ta’limning quyidagi turlari, ko‘rinishlari mavjud:

  • ilmiy bilimlarni o‘zlashtirilishi turi va sifatiga ko‘ra;

  • ustuvor mazmuniga ko’ra;

  • ijtimoiy faoliyatlarni egallashi turi va mahoratiga ko‘ra;

  • madaniy qadriyatlarni o‘zlashtirishiga ko‘ra;

  • kishilik jamiyatinirig madaniy qadriyatlarni o‘zlashtirish ko‘lamiga ko‘ra;

  • milliy, yevropa, xalqaro, global ta’lim va boshqalar;

  • ta’lim tizimi turiga ko‘ra (universitet, akademik, litsey, gimnaziya ta’limi va boshqalar);

  • ta’lim mazmuni yo‘nalishining ustuvorligiga ko‘ra (formal va moddiy, ilmiy va elementar, gumanitar va tabiiy fanlar, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar, oliy va boshqalar);

  • ta’lim darajasiga ko‘ra (boshlang‘ich, to‘liqsiz o‘rta, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar, oliy ta’lim).

Ta’lim mazmuni tarixiy xususiyatga ega, chunki u jamiyat rivojining u yoki bu bosqichida ustuvor o‘rin tutuvchi ijtimoiy maqsad va vazifalar bilan belgilanadi. Bu ta’lim mazmunining ijtimoiy hayot, ishlab chiqarish va ilmiy bilimlarning rivojlanish darajasi talablari ta’siri ostida o‘zgarib borishini anglatadi. Ta’lim ijtimoiy hodisa sifatida odamlarning bilimlarni o‘zlashtirishga bo‘lgan prag’latik (amaliy) ehtiyojlari negizida shakllangan va u odamlarga hayot faoliyatlarini yo‘lga qo‘yish uchun zarur. Bilimlarni to‘plash va chuqurlashtirish, jamiyat madaniyatining o‘sib borishi bilim tomonidan tashkil etiluvchi funksiyalari ko’lamini oshishini ta’minlaydi. Mazkur yondashuvlar (prag’latik va madaniy) kishilik jamiyatining turli bosqichlarida ta’lim mazmuni yo‘nalishlarini belgilab keladi.
O‘rta asrlarda, Yaqin va O‘rta Sharqda diniy o‘quv muassasalari — madrasalar ta’lim va fan markazlari bo’lgan. 0‘zbekistonlik, Rossiyalik va chet el sharqshunos tadqiqotchilari tomonidan madrasa turidagi o‘quv muassasalari aynan Markaziy Osiyoda yuzaga kelgani va shu yerdan boshqa mamlakatlarga tarqalgani isbotlangan.
Somoniylar davrida (X asr) faqat Samarqandning o‘zida 20 ga yaqin madrasalar mavjud bo’lgan. Abu Ali ibn Sino (980—1037) o‘zining «Donishnoma» («Bilimlar kitobi») nomli asarida mazkur madrasalarda faqat musulmonchilikka oid bilimlar berilibgina qolmay, balki dunyoviy ilmlar ham o‘rganilganligi, ilmiy tadqiqotlar olib borilganligi, ularning negizida ilmiy maktablarning yuzaga kelganiigi qayd etiladi.
O‘z davrida madrasalarda o‘qitilishi yo’lga qo‘yilgan fanlarni Abu Ali ibn Sino quyidagi tizimlar bo‘yicha ajratadi: odob (xulq etikasi), astronomiya, tibbiyotshunoslik, til va uning grammatikasi, fiqh (musulmon qonunchiligi).
Alloma tomonidan taklif etilgan tarbiya turlari esa quyidagilardan iborat: 1) aqliy tarbiya; 2) jismoniy sog’lomlashtirish; 3) estetik tarbiya; 4) ma’naviy tarbiya; 5) hunarga o‘rgatish. Abu Ali ibn Sino tomonidan taklif etilgan tarbiya turlari Markaziy Osiyoda, Uyg‘onish davrida (IX— X asr) ta’limning insonparvarlik va shaxsning barkamol rivojlanishi borasidagi g'oyalarga asoslangan edi deyishga imkon beradi.
Sharqdagi Uyg‘onish davri Sharq mutafakkirlari - Muahammad Muso al-Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniylar o‘zlarining ta’limiy qarashlarida birinchi o‘ringa inson shaxsini qo‘yadilar hamda bolalarni har tomonlama, jismoniy va estetik kamolotga erishish lari, shuningdek, tillarni bilishlarini zarur deb hisoblaydilar. Aqliy ta’limni tashkil etuvchi fanlar sirasiga matematika, astronomiya, mexanika va tabiatshunoslik kabi tabiiy-ilmiy fanlarni kiritadilar.
Allomalar bolaga hurmat bilan munosabatda boMish g‘oyasini ilgari suradilar, sxolastik o'qitish va qat’iy intizomga qarshi chiqadilar. Ularning fikricha, o‘qish bolada bilimlarga qiziqishni uyg'otishi kerak.
Muhammad Tarag‘ay Ulug‘bekning (1394-1449 yillar) Samarqanddagi faoliyati XIV - XV asrlarda madrasalarning fanlar rivojini ta’minlovchi markazlari vazifasini bajarganligini ko‘rsatadi. Muhammad Tarag‘ay Ulug‘bek Samarqandning hukmdori boilishi bilan birga astronom, matematik va tarixchi sifatida mashhurbo‘lgan. Shuningdek, allomaning mohir pedagog ham bo‘lgan!igini tarixiy dalillar qayd etadi. Chunonchi, alloma ko‘plab iste’dodli yoshlami tarbiyalagan. U odamlar, ayniqsa yoshlarning ilmiy bilimlarni o‘rganishlariga katta ahamiyat bergan.
Alloma o‘z davlatida ta’lim sohasida jiddiy islohotlarni tashkil etdi. U madrasalarni davlat ta’minotiga o‘tkazdi, mudarris (o‘qituvchi)larga oylik ish haqi belgilagan, shogird (talaba)larga stipendiya ajratgan.
Muhammad Tarag‘ay Ulug‘bek madrasa o‘quv rejasiga quyidagi fanlar: arab tili, adabiyot, Qur’on, Hadis, ritorika, mantiq, falsafa, fiqh (qonunchilik), metafizika, matematika, astronomiya, tibbiyot, geografiya, tarix kabi fanlarni kiritadi.
Mutafakkir tomonidan barpo etilgan hamda o‘zi bevosita ta’lim bergan madrasalarda o‘qish quyidagi bosqichlardan iborat bo‘lgan:

  1. «Anda» (kichik) — o‘qish muddati 2 yil.

  2. «Aust» (o‘rta) — o‘qish muddati 3 yil.

  3. «A’lo» (oliy) — o‘qish muddati 3 yil.

Bunday yondashuvda, bugungi kun nuqtayi nazaridan aytganda bakalavriat va magistratura ko‘zga tashlanadi. Ayni vaqtda ular o‘rta asr yevropa universitetlari uchun ham xos bo’lgan.
Buyuk iste’dod egasi sifatida alloma o‘z davridan bir necha asrlarga o‘zib ketgan. Deyarli 600 yil avval Muhammad Tarag'ay Ulug‘bek quyidagi aksiomani ilgari surgan: bilim olishga intilish davlat ravnaqiga yo'l demakdir. Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarning hozirgi tajribasi mazkur fikrni to'la tasdiqlaydi.
O‘zbek pedagogi Abdulla Avloniy ham (1878— 1934- yillar) ana shunday fikrni bildirgan. U o‘zining «Turkiy guliston yoxud axloq» nomli asarida «... bilim bizning aqlimizni va bizning xotiramizni qilich kabi o'tkir qiladi. Bilim, fanni egallash taraqqiyot yo’lida bizning ilgari qadam tashlashimiz shartidir Bilimsiz odam bu mevasiz daraxtga o'xshaydi» deb yozadi. Shu bilan bir vaqtda A. Avloniy fanni o'zlashtirishga faqatgina xayoliy amaliyoti uchun utilitar (foydali) yaroqliligi nuqtayi nazaridan yondashish mumkin emas deb hisoblaydi. U hayot bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri bog’liq bo’lmagan bilimlar ham bor va ular amaliy bilimlardan kam bo’lmagan ahamiyatga ega deb hisoblaydi. Misol uchun qadimgi tarixdan amaliy faoliyatda foydalanib bolmaydi, lekin uni o‘rganish kerak va foydalidir: uni (tarixni) bilish o‘quvchilarning bilimlarini kengaytiradi, dunyoqarashini shakllantiradi.
Ta’lim muassasalarida olib borilayotgan tarbiya shaxs ongi, dunyoqarashini shakllantirishda muhim o ‘rin tutadi. Binobarin, yoshlik yillarida insonning asab tizimi yuqori darajada ta’sirchan hamda beqaror bo‘ladi. Shu bois tarbiya muvaffaqiyati ayni o‘quvchilik yillarida shaxsga to‘g‘ri tarbiya berish lozimligini talab etadi.
Ta’lim muassasasida olib borilayotgan tarbiya jarayoni bu o‘qituvchi va o‘quvchilarning birgalikdagi uzluksiz, tizimli harakatlari jarayonidir.
O‘quvchilarda ijobiy sifatlarni qaror toptirishda yagona maqsad sari yo‘naltirilgan, bir-birini to‘ldiruvchi, boyitib boruvchi, takomillashtiruvchi faoliyat alohida ahamiyat kasb etadi. Shu bois oila, ta’lim muassasalari, jamoatchilik hamkorligida tashkil etilayotgan tarbiyaviy tadbirlarning uzluksiz o‘tkazilishiga erishish maqsadga muvofiqdir.
Yosh avlod tarbiyasi turli makon va zamonda muayyan maqsad asosida tashkil etiladi. Ijtimoiy tarbiyani yo’lga qo‘yish jarayonida bir qator vazifalar hal etiladi. Tarbiyaning maqsad va vazifalari ijtimoiy tuzum mohiyati, taraqqiyot darajasi, ijtimoiy munosabatlar mazmuni, shuningdek, jamiyat fuqarolarining dunyoqarashi, intilishlari, orzuniyatlari asosida belgilanadi.
Download 23,26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish