4. Maktabda uslubiy ishlar
Maktab uslubiy ishlari ta’lim-tarbiya ishlarining
sifatini oshiruvchi eng
muhim
vositalardan
biridir. Uslubiy
ishlarning
maqsadi o‘qituvchilarning
g‘oyaviy-siyosiy-ijtimoiy faoliyat darajasini va zamonaviy pedagogik texnologiya,
axborot texnologiyasi va pedagogik mahoratni oshirib borishdan iborat.
Pedagogik kengash faoliyati bilan maktabdagi uslubiy ishlar birgalikda olib
boriladi. Uslubiy birlashmalarga pedagogik kengashda faqat ko‘rgazmalar beriladi.
Uslubiy birlashmalar majlislarida belgilangan masalani chuqurroq o‘rganib, zarur
tavsiyalar ishlab chiqiladi va kundalik ish faoliyatiga tatbiq qilinadi.
61
Maktabdagi
uslubiy
ishlar
maktabning
umumiy
rejasida
va
predmet
o‘qituvchilarining, birlashma raislarining ish rejasida ifodalanadi. Bu rejada
quyidagilar aks etishi mumkin:
1.
o‘quv yilining 1- va 2-yarmida sinflar bo‘yicha o‘tkaziladigan ochiq darslar
mavzusi;
2.
har oy mobaynida o‘qituvchilar kuzatadigan darslar;
3.
ushbu fan metodikasiga oid ma’ruzalar matni;
4.
o‘qituvchilarga beriladigan ayrim topshiriqlar mavzulari;
5.
nazorat ishlarini o‘tkazish va
tahlil qilish;
6.
o‘qituvchilarning daftarlari, sinf hujjatlarini o‘rganib chiqish;
7.
o‘qituvchilar kuzatgan darslar tahlilini tinglash va boshqalar.
Uslubiy ishlarga maktab direktorining o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari
umumiy rahbarlik qiladi va kuzatib boradi. Har bir maktabda metodika xonalari
tashkil qilinib, unda turli predmetlarning metodikasiga oid matnlar, yangi
adabiyotlar, ilg‘or o‘qituvchilar va sinf rahbarlarining ish tajribalari yoritilgan
matnlar saqlanadi.
Maktabning ota-onalar bilan olib boradigan ishlari «Ta’lim to‘g‘risida»gi
Qonun bilan mustahkamlangan bo‘lib, maktab ma’muriyati o‘qituvchi
va sinf
rahbarlarining eng yaxshi ishlarini hisobga olib borishi, lozim topilsa, ushbu ishni
viloyat, respublika pedagogik o‘qishlariga tavsiya qilishi kerak. Bu bilan ilg‘or
pedagogik tajribalar keng ommalashtiriladi, o‘qituvchilar o‘z ustlarida unumli
ishlashga, samarali usullarni qidirib topishga ilhomlantiriladi.
Ilg‘or pedagogik tajribalarni o‘rganish
Ilg‘or pedagogik tajribalarni o‘rganish «Kadrlar tayyorlash milliy
dasturi”ning maqsadi va vazifalaridan kelib chiqib, maktab va o‘qituvchilarning
ta’lim-tarbiya sohasidagi eng yaxshi tajribalarini o‘rganish,
umumlashtirish va
yoyish, o‘quvchilarga ta’lim va tarbiya berish ishlarini yaxshilashda, yangi
pedagogik texnologiyani rivojlantirish va ijodiy qo‘llashda katta ahamiyatga ega.
Eng yaxshi tajribani o‘rganish, umumlashtirish va targ‘ib etish «O‘zbekiston
Respublikasi oliy ta’lim tizimini isloh qilish bo‘yicha me’yoriy hujjatlar»da
62
(Toshkent, 1998 yil, 1-qism), «O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
ta’lim to‘g‘risidagi qarorlari»da o‘z aksini topgan. Pedagoglar tajribasini o‘rganish
va yoyish hozirgi kunning eng muhim vazifalaridan biriga aylandi. SHu sababli
o‘qituvchilar va xalq ta’limi sohasida ishlovchi boshqa xodimlarning bu masalani
to‘la tushunib olishi,
nazariy jihatdan anglashi, barcha ko‘rinishdagi maktab va
o‘qituvchilarning ilg‘or tajribasini o‘rganish va umumlashtirish ishini to‘g‘ri
uyushtirish yo‘llarini belgilash talablari tamomila qonuniy bir voqelikdir.
Shuni aytib o‘tish kerakki, ayrim o‘qituvchilar va xalq ta’limi sohasida ishlovchi
xodimlar ilg‘or tajribani o‘rganishni, noan’anaviy darslarni uyushtirishni haligacha
noto‘g‘ri tushunib kelmoqdalar.
Ilg‘or pedagogik tajribalarni o‘rganishning maqsad va ob’ektlari
Tajribani o‘rganish va umumlashtirishga kirishishdan avval bu ishdan kuzatilgan
maqsadni aniq - ravshan bilib olib va nimalarni o‘rganish kerakligini belgilab
chiqish va quyidagilarga amal qilish kerak: Ilg‘or pedagoglarning
ijodiy ishini
o‘rganish juda muhimdir. Ularning amalda sinalgan qimmatli metodlari va
usullaridan «Kadrlar tayyorlashning milliy dasturi»ni ro‘yobga chiqarishda, asosiy
muammolarni hal qilishda va uslubiy ko‘rsatmalar va maslahatlar berishda
foydalanish zarur.
Adabiyot, ona tili, tarix, biologiya darslarida va boshqa fanlarni o‘qitishda,
o‘quvchilarni g‘oyaviy-siyosiy jihatdan tarbiyalashda hosil qilingan ilg‘or
tajribalarni umumiy o‘rta ta’lim maktablari, akademik
litsey va kasb-hunar
kollejlarida qo‘llash juda muhimdir. Birinchi sinf bolalariga savod o‘rgatishda
analitik tovush metodini qo‘llab yaxshi natijalarga erishayotgan va boshlang‘ich
sinflarda bolalarda o‘qish, chiroyli yozishni namunali tarzda mustahkamlayotgan
mohir pedagoglarni aniqlab, ularning tajribalarini o‘rganishga alohida e’tibor
berish kerak. Eng yaxshi tajribalarni o‘rganishda ma’lum bir o‘qituvchining butun
ish tartibi, ya’ni darslarga tayyorlanishini, yangi bilimlarni o‘quvchilarga sifatli
etkazish
usullarini, sinfni qay darajada faollashtira olayotganligi, bolalarning
bilimlarini qay darajada mustahkamlash usullarini, o‘tilgan darslarni takrorlash
metodlari va hokazolarni yoritish muhimdir.
63
Pedagog faoliyatidagi bolalarning mustaqil bilish jarayonini o‘ziga xos yo‘lga
qo‘yish tajribalarini o‘rganishga alohida e’tibor qaratish zarur.
Eng yaxshi tajribalarni ommalashtirishning boshqa turlari ham bo‘lib, ular
quyidagilardir:
davomli va qisqa
muddatli seminarlar;
o‘qituvchilar malakasini oshirish institutlari tomonidan o‘qituvchilar uchun
kurslar tashkil qilish va eng yaxshi pedagoglarni lektor sifatida jalb etish;
hudud, viloyat va respublika matbuotidan, shuningdek, radio, televideniedan
unumli foydalanish. Viloyat va respublikamizdagi eng yaxshi tajribalarni
o‘rganish ishi xalq ta’limi bo‘limlari, maxsus institutlar, kasaba uyushmalari
va h.k. tomonidan