Akademik litsey va Kasb-hunar kollejlarida tarix fanini o`qitishda
tadqiqotlar texnologiyasini qo`llash bo`yicha uslubiy tavsiyalar.
Bugungi kunda Akademik litsey va kasb hunar kollejlarida tarix fanini
o`qitishda ham yangi pedagogik texnologiyalar, oqitishning interaktiv usullarini
qo`llash, darslarni an’anaviy, ma’ruza shaklida emas balki jonli, qiziqarli tarzda
o`tkazish davr talabidir. Akademik litsey va Kasb-hunar kollejlarida O`zbekiston va jahon tarixining
1917-yildan to bugungi kungacha bo`lgan yangi davri o`rganiladi. Akademik
litseylarning ijtimoiy gumanitar va xorijiy filologiya yo`nalishlarida esa vatanimiz
va jahon tarixining eng qadimgi davridan to bugungi kungacha bo`lgan davri
chuqurlashgan holda o`rganilishi ko`zda tutilgan. Ushbu ziddiyatli, murakkab
davrni o`rganishda ta`limning yangi texnologiyalaridan foydalangan holda
darslarni tashkil etiish dars samaradorligini bir necha marta oshiradi. O`qituvchi
har bir darsga tayorgarlik ko`rar ekan, u darsda o`rganiladigan o`quv materialini va
uni o`qitishda qo`llaydigan metodlarini, darsning har bir bo`limi va ushbu bo`limda
o`qituvchi va o`quvchilarning bajaradigan ishlarini aniq rejalashtirishi va reja
asosida dars mashg`ulotini o`tkazishi zarur. Ana shundagina darsdan kutilayotgan
natijalarga to`liq erishish mumkin. Bu jarayonlar o`qituvchidan chuqur bilim,
malaka, o`z ustida tinimsiz ishlash va izlanuvchanlikni talab etadi.
Tarix darslari o`quvchilarda Vatanimiz tarixiga hurmat uyg`otish, uni chuqur
va xolisona o`rganish, har bir tarixiy davr haqida o`z tushunchasiga va fikriga ega
bo`lish, tarixiy voqelikka o`z munosabatini erkin bildira olish, jahon mamlakatlari
tarixi va ularning taraqqiyot bosqichlarini o`rganish va ularni baholay olish, tahlil
qilish singari ko`nikmalarni shakllantiradi. Erkin fikrlay oladigan va o`z
qarashlarini erkin ifodalay oladigan o`quvchilarni tarbiyalashda esa dars jarayonida
va darsdan tashqari o`quvchi bajaradigan mustaqil ishlarida tadqiqotlar
texnologiyasidan foydalanish juda qo`l keladi.
Tadqiqotlar texnologiyasining asosiy quroli o`quv loyihalari hisoblanadi,
chunki o`qitish-o`rgatish jarayoni o`quv loyihasini bajarish jarayonida amalga
oshiriladi. Ta’lim sohasida loyiha metodi bu –o`quvchilarning bilish faoliyatini
faollashtiruvchi, kreativlik xususiyatini rivojlantiruvchi va shaxsiy fazilatlarini
shakllantiruvchi didaktik vositadir. Ushbu texnologiyaning asosini uchta omil
tashkil qiladi: mustaqillik, harakat va natija. Bu texnologiya o`qitishni harakat
orqali amalga oshirishni nazarda tutadi. Har bir loyiha asosida qandaydir muammo
yotadi va uni hal qilish jarayonida ishtirokchilarda o`z oldiga maqsad qo`yish,
unga erishish yo`llarini ishlab chiqish, muammolarni hal qilisn, vazifalarni
aniqlash va aniq natijaga erishish ko`nikmalari shakllanadi va rivojlanadi.
Tadqiqotlar texnologiyasini hamma fanlarni o`qitishda qo`llash mumkin, uni
qo`llash orqali o`qituvchi nafaqat o`zining fani, balki o`quvchilarning boshqa
fanlarda olgan bilimlarini ham ishga sola oladi. Tadqiqotlar texnologiyasi orqali
o`quvchilar erishgan natijalar fan olamida erishilgan yutuqlarni sodda shaklda
takrorlasa ham, lekin o`quvchi uchun o`z harakati , bilim va ko`nikmalarini ishga
solgan holda erishilgan natija juda muhim hisoblanadi. Ushbu jarayonda eng
muhimi ular mavzuga oid bilimlarni tayyor darslik materialidan o`qib qo`ymay,
balki, izlanish jarayonida o`zlari uchun yangi dalillarni topadilar, yangi
tushunchalarni shakllantiradilar. Loyihani bajarish jarayonida izlanish, fikrlash,
dalillarni tahlil etish, umumlashtirish orqali ular o`zlarini yangilik yaratuvchi,
ixtirochi, olim sifatida his qiladilar.
“O`z pedagogik faoliyatimda, tarix darslarida biz ko`pincha loyihalarning
axborot beruvchi, tadqiqotchilik, ijodiy va oyin turlaridan foydalanamiz.
Loyihaning turi uni bajaruvchilarning yoshi va o`rganilayotgan mavzuga bog`liq
bo`ladi. Mazmuniga ko`ra loyihalar ko`pincha predmetlararo bo`lib, o`zida tarix
fanidan tashqari, adabiyot va san’atga oid bilimlarni ham
mujassamlashtiradi”[79,4],-deydi G.A.Kropanyova.
Tarix darslarida loihalar texnologiyasi deyarli barcha mashg`ulotlarda
qo`llanilishi mumkin. Tanlanayotgan mavzular ahamiyatli, qiziqarli va
o`quvchilarning yoshiga qarab murakkablashib borishi zarur. Loyihani bajarish
jarayonidagi ijodiy faoliyat o`quvchilarga bilish, o`rganish va muloqot qilish
quvonchini olib keladi. Loyihalarni bajarish jarayonida quyidagi tamoyillarga amal
qilish kerak:
Do'stlaringiz bilan baham: |