4-mavzu. Suitsidal harakatlarni sodir etgan bolaga yordam berish tamoyili Reja



Download 42,43 Kb.
bet9/16
Sana19.05.2022
Hajmi42,43 Kb.
#604248
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16
Suitsid psixoprofilaktikasi

Mikroijtimoiy (ijtimoiy-psixologik) sabablar birikuvi va oʻsmirning shaxsiy individual-psixologik xususiyatlari qiyin sharoitlarda yuzaga kelgan suitsidal usullarning amalga oshishi, ayniqsa, xavfli guruhdagi bolalar bilan individual ishlarida taxmin qilinadi. Oʻsmirda takroran suitsidal urinish va oʻz joniga qasd qilish istagidan ogohlantirish – bu xavfli guruhdagi bolalar bilan psixologik-pedagogik jihatdan yaxshilash ishlarini amalga oshirish mutaxassislarning vazifasi hisoblanadi. Profilaktika ishlarini yuqori darajada samaradorligini oshirish uchun bir qator tamoyillarni hisobga olish tavsiya etiladi:
– psixologik-pedagogik axloq qoidalariga qatʼiy rioya qilish, ijtimoiy-psixologik-pedagogik madaniyat har bir tarbiyachi, oʻqituvchi, psixolog, ijtimoiy pedagog va boshqalarning kundalik ishiga qoʻyiladigan talablar;
– oʻsmir suitsidi doirasida yoshga oid psixologiyadan kam bilimga ega boʻlish, shuningdek, individual psixokorreksion ishlarda davolovchi pedagogika va psixoterapiyaga muvofiq usul;
–xavf guruhidagi bolalar miqdorining ijtimoiy-psixodiagnostik muolajalar va tadqiqotlar asosida dastlab namoyon boʻlishi, shuningdek, uning tavsifnomasini bilish, oʻz vaqtida psixologik-pedagogik yaxshilash ishlarini nazorat qilish;
– oilaviy faol patronaj – bunda xavf guruhidagi bolalar yashayotgan oilalarga oilaviy psixoterapiya qabul qilishi, ota-onalarga maslahat va bolalarga psixologik-pedagogik yordamlar koʻrsatish;
– bolalar jamoasida suitsidal voqealar omillarini oshkor qilmaslik;
–oʻz joniga qasd qilish xavfini yuqori darajadagi suitsidal xavf sifatida koʻrib chiqish;
– ota-onalar va tartibni saqlash muassasalari xodimlarining dori vositalarini saqlash, shuningdek, suitsidogen psixologik omillarga diqqatini kuchaytirish;
– zarur boʻlganda oʻsmir psixolog, psixoterapevt, psixiatrdan kerakli maslahatlarni olishi;
– oʻsmirda “inson hayoti qadri”, “yashashdan maqsad”, shuningdek, hayotiy qiyin vaziyatlarda individual psixologik himoyani qabul qilishni shakllantirish;
– oʻsmirning psixik zarbalarga chidamliligini oshirish, qiyin vaziyatlar va hozirgi zamon voqeliklariga psixologik jihatdan tayyorlash, hayotiy qiyinchiliklarni barataraf etishni shakllantirish;
–oilaga va oʻsmirga ogohlantirish yoki harakat omillarini susaytirish maqsadida psixologik yordam berish;
Yuqorida taʼkidlab oʻtilgan jihatlarni amalga oshirish uchun:
–oʻqituvchilar, tarbiyachilar, ijtimoiy pedagoglar, psixologlar va ota-onalarning psixologik tayyorgarlik darajasini oshirish;
– muassasalarda yoshga oid psixologiya, inqiroz psixologiyasi va psixoterapiya bilimlariga ega psixologlar sonini koʻpaytirish;
–maktabdan tashqari psixologik yordamning turli shakllarini tashkil qilish, oʻz tizimiga psixiatr, psixoterapevt, yurist va boshqa mutaxassislar, inqiroz holatida anonim psixologik yordam uchun “ishonch telefoni” va boshqalarni oʻz ichiga olgan hududiy psixologik maslahatlar.
Oʻsmirlar va bolalarda suitsid profilaktikasi tizimini tashkil qilish uchun asosiy tamoyillarga rioya qilish zarur – mutaxassislarning majmuaviy oʻzaro aloqalari tamoyili. Bu turli mutaxassislarning oʻzaro aloqasi, ayniqsa, oʻqituvchilar, tarbiyachilar, psixologlar, ijtimoiy, tibbiy xizmatchilar, voyaga yetmaganlar bilan ishlash komissiyasi, ota-onalar profilaktikasi va oʻsmirlar oʻrtasida takroriy suitsidni toʻxtatish ishlarida samarali yordam beradi.
Suitsidga qarshi kurash boʻyicha ijtimoiy ishlarni tashkil qilish ikkita asosiy yoʻnalishda amalga oshiriladi:
–oʻz joniga qasd qilish profilaktikasi;
– suitsident va uning atrofidagilarning reabilitatsiya va adaptatsiyasi.
Suitsidal xulq-atvor profilaktikasida davlat, ijtimoiy-iqtisodiy, tibbiy, psixologik, pedagogik va suitsidal xulq-atvor rivojlanishidan ogohlantirishga yoʻnaltirilgan boshqa tadbirlarni tushunish mumkin. Xorij mamlakatlarida oʻz joniga qasd qilish profilaktikasi maxsus suitsidologik xizmatlar (“ishonch telefoni”, ijtimoiy-psixologik yordam xonalari, inqirozli holatlar bilan shugʻullanuvchi boʻlimlar), mutaxassislarni suitsidal moyillikni aniqlashga oʻrgatish, aholini suitsid vositalariga huquqini cheklash, ommaviy axborot vositalarida oʻz joniga qasd qilish haqida xabarlarni nazorat qilish yordamida amalga oshiriladi.
AQSHda suitsidni oldini oluvchi harakatlar jamoatchilikda katta shov-shuvga sabab boʻldi, 1966-yilda Psixologik sogʻlomlashtirish milliy instituti suitsid profilaktikasini oʻrganish boʻyicha markaz tashkil qilindi. Oʻz joniga qasd qilish darajasini kamaytirish uchun “buni shunday qilish kerakki, insonlar hayoti saqlab qolinishi mumkinligiga hamma ishonsin”. Keyinchalik, ikki psixolog – Edvin Shneydman va Norman Farberou Los-Anjelesda Suitsid profilaktikasi markazini tashkil qilishdi hamda hozirgi kunda dunyoga mashhur muassasa hisoblanadi. Markaz xodimlarini psixologlar, psixiatrlar, ijtimoiy xodimlar va koʻp qismini volontyorlar tashkil qiladi. Shundan buyon AQSHda suitsid profilaktikasi boʻyicha 200 dan ortiq dasturlar ishlab chiqilgan.
AQSHda hozirgi kunda oʻz joniga qasd qilish profilaktikasi boʻyicha muassasalarni tashkil qilishga oid koʻpgina variantlar mavjud. Ularning umumiy xususiyati inqiroz holatida shoshilinch yordam koʻrsatish uchun telefon aloqalarining mavjudligi hisoblanadi. Ularning xodimlari oʻz joniga qasd qilishga uringan odam bilan ikki yoqlama aloqa oʻrnatadilar va ular bilan norasmiy aloqaga kirishadilar. Uning muammolarini hal qilib, emotsional zoʻriqishlarni yengillashtirish mumkinligini maʼlum qiladilar. Telefon- maslahatchi abonentning suitsidal potensialini baholashi lozim. Ular muassasalar, kasalxonalar, amaliyotdagi psixiatrlar, ijtimoiy yordam agentligi poliklinikalari, ruhoniylar yoki umumiy ixtisoslashgan shifokorlar hisoblanadi. Abonentga tez tibbiy yordam zarur boʻlsa, militsiyadan foydalanish zarur. Ayrim agentliklarning bildirishicha, inqiroz vaqtida eng samarali yordam oila hisoblanadi, desalar, baʼzilar yaqin doʻstlarning qoʻllab-quvvatlashi muhim, deb taxmin qiladilar. Agarda suitsidal inqiroz tugallanishga yaqinlashsa, abonentni maxsus xizmatlarning psixiatrik yordamiga yuborish mumkin.
Dunyoviy amaliyotda suitsiddan ogohlantirish tizimini quyidagicha ajratish mumkin:

Download 42,43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish