4-mavzu. Statistik jadvallar va grafiklar reja



Download 168,85 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana26.10.2022
Hajmi168,85 Kb.
#856362
1   2   3   4   5
Bog'liq
4-mavzu maruza manti

Chiziqli diagrammalar

Bu diagrammalar eng keng tarqalgan bо‘lib, ular 
yordamida dinamika qatorlari, hodisalar orasidagi bog‘lanishlar, taqsimlanish 
qatorlari va shartnoma (reja)ni bajarish kо‘rsatkichlari tasvirlanadi. Chiziqli 
diagrammalar koordinat maydoni yoki raqamli setka asosida tuziladi. Vertikal 
о‘qqa (ordinata о‘qi) olingan masshtabda dinamika qatorining kо‘rsatkichlari yoki 
natijaviy belgining qiymatlari nuqtachalar bilan nishonlanib joylashtiriladi. 
Gorizontal о‘qqa (absissa о‘qi) ma’lum masshtabda qatorning davrlari (vaqtlari) 
yoki faktor belgisining qiymatlari nuqtachalar bilan nishonlanadi. Keyin о‘qlardagi 
har qaysi nuqtachalardan qarama-qarshi о‘qqa nisbatan parallel ravishda 
perpendikulyar chiziqlar о‘tkaziladi. Ularning о‘zaro uchrashgan nuqtalari 
(ordinata chо‘qqilari) bir-biri bilan birlashtiriladi va natijada siniq chiziq hosil 
bо‘ladi. Bu siniq chiziq dinamika qatorini yoki о‘rganilayotgan hodisalarning
о‘zaro bog‘lanishini tasvirlaydi. 
Intervalli (oraliqli) variatsion qatorlar uchun tuzilgan diagramma esa 
taqsimlanish gistogrammasi deb yuritiladi. 4.4-grafikda О‘zbekiston fermer 
xо‘jaliklarida paxta terimchilarining kundalik terim normasini bajarish darajasi 
bо‘yicha taqsimlanishi gistogramma shaklida tasvirlangan. 
Chiziqli diagrammalar kо‘pincha siniq chiziq shaklida tuziladi. Ammo 
murakkab hodisa va jarayonlarni о‘rganishda bu shakl har doim qо‘l kelavermaydi. 
Ayrim hollarda chiziqli diagrammani spiral shaklida tuzish maqsadga muvofiqdir. 


Spiral shaklli diagrammalar о‘rganilayotgan tо‘plamning umumiy о‘zgarishi 
bilan bir vaqtda uning tarkibiy qismlarining о‘zgarishini ham tasvirlash yoki 
hodisaning davrma-davr (masalan, yilma-yil) о‘zgarishi bilan bir yо‘la har bir davr 
ichidagi (masalan, oyma-oy) о‘zgarishini ham aks ettirish zarur bо‘lganda 
qо‘llaniladi. 
Ustun (yoki tasma) shaklli diagrammlar. Ustun (yoki tasma) shaklli 
diagrammalar statistik ma’lumotlarni kо‘rimli qilib tasvirlashning eng oddiy 
usulidir. Ular har xil kо‘rsatkichlarni taqqoslash, murakkab hodisalarning tuzilishi 
va ularning zamonda (vaqtda) о‘zgarishini tasvirlash uchun xizmat qiladi.
Sektorli diagramma bо‘laklarga ajratilgan doiradan iborat bо‘lib, ularning 
kattaligi tasvirlanuvchi sonlarga mos keladi. Bunday diagrammalar yordamida 
murakkab hodisalarning tarkibiy qismlarga taqsimlanishi, ya’ni ularning 
strukturasi tasvirlanadi. Ular quyidagi tartibda tuziladi. Doira chizilib, uni 
о‘rganilayotgan tо‘plamning umumiy yig‘indi soni (100%) deb qabul qilinadi. 
Keyin esa tarkibiy qism sonlariga proporsional holda doira sektorlarga bо‘linadi. 
Buning uchun sektorlarning markaziy burchaklari topilib, transportir yordamida 
ular doirada belgilanadi. Agar butun va bо‘lak sonlar absolyut miqdorda 
ifodalangan bо‘lsa, markaziy burchaklarni aniqlash uchun 360
0
ni umumiy butun 
songa bо‘lib, masshtab belgilanadi va uni ketma-ket bо‘lak sonlarga kо‘paytiriladi. 
Agarda hodisaning tuzilishi tuzilmaviy nisbiy miqdorlar bilan ifodalangan bо‘lsa 
(umumiy tо‘plam 100% deb olinib, uning ayrim qismlari jamiga nisbatan 
protsentda hisoblangan), u holda masshtab 3,6
0
ga teng (360
0
: 100%) bо‘lib, ayrim 
qismlarning salmog‘i (% da hisoblangan) unga kо‘paytiriladi.
Grafiklarning 
ta’sirchanligini 
kuchaytirish 
uchun 
diagrammlar 
о‘rganilayotgan hodisalarning tasvirlari (suratlari) ni chizish yо‘li bilan tuziladi. 
О‘lchov birligi qilib shartli ravishda tasvirlanayotgan hodisa surati (figurasi) 
olinadi. Masalan, temir yо‘lda yuk aylanmasining о‘sishini tasvirlash uchun yuk 
vagonlari chiziladi.
 
Jо‘g‘rofiy tuzilishga ega bо‘lgan statistik qarorlar statistik xarita shaklida 
tasvirlanadi. Bu xaritalar о‘rganilayotgan hodisalarning hududiy taqsimlanishida 
qanday xususiyat va qonuniyatlar mavjudligini oydinlashtiradi. Ular ishlab 
chiqaruvchi kuchlarni iqtisodiy mintaqalar bо‘yicha joylashtirish va rivojlantirish 
masalalarini о‘rganishda, iqtisodiy resurslardan foydalanishni hududiy kesimda 
qarab bu boradagi miqdoriy nisbatni va qonuniyatlarni belgilashda juda qо‘l keladi. 
Statistik xaritalar iqtisodiy jо‘g‘rofiy xaritalardan farq qiladi. Iqtisodiy-
jо‘g‘rofiy xaritalar ishlab chiqaruvchi kuchlarni sifat jihatdan tavsiflab va 
chamalab (baholab), ularning jо‘g‘rofiy joylanishini katta aniqlik bilan mufassal 


tavsiflaydi. Statistik xaritalar esa shu masalalarga oid statistik ma’lumotlarni 
umuman hududiy kesimda fazoviy miqdoriy nisbatlarni yaqqolroq tasavvur 
qilishga imkon beradi. Demak, iqtisodiy jо‘g‘rofiy xaritalar iqtisodiy resurslarning 
joylanishini sifat tomondan ta’riflab bersa, statistik xaritalar esa uni miqdor 
jihatidan ifodalaydi. Bu о‘rinda statistik xaritalarni, umuman jо‘g‘rofiy kesimda 
tuzilgan statistik jadvallar mazmunini tasviriy ifodalash deb ta’riflash mumkin 
bо‘lar edi. Ammo ular bunday jadvallarga nisbatan bir muncha sermazmundir
chunki tasviriy til jadval tiliga qaraganda jо‘g‘rofiy jadvallarda ifodalangan miqdor 
va nisbatlarni fazoda belgilab olish uchun yaxshiroq moslashgandir. Demak, 
statistik xaritalar jо‘g‘rofiy tartibda tuzilgan jadvallarni zо‘raytirib beradi.
Statistik xarita shunday konturli jо‘g‘rofiy xaritaki, unda faqat ma’muriy 
bо‘linmalarning konturlari (ayrim hollarda yana suv arteriyalari) mavjud bо‘lib, 
ular chegarasida statistik ma’lumotlar shartli belgilar bilan tasvirlanadi. 
Statistik xaritalar kо‘zlangan maqsad va vazifalarga qarab uch turga - 
xaritogramma va xaritodiagrammalarga va markazgrammalarga bо‘linadi. Agarda 
biror hodisaning hududlar bо‘yicha taqsimlanishini tasvirlash zarur bо‘lsa, u holda 
xaritogramma qо‘llaniladi. Ammo maqsad ayrim mintaqalarni berilgan belgilar 
asosida tо‘laroq ta’riflashdan yoki mintaqalararo aloqalarni tasvirlashdan iborat 
bо‘lsa, u holda xaritodiagramma tuziladi.

Download 168,85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish