4-mavzu. Statistik jadvallar va grafiklar reja


bog‘lanishda ifodalab, umumiy va о‘ziga xos xususiyatlarini oydinlashtiradi



Download 168,85 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana26.10.2022
Hajmi168,85 Kb.
#856362
1   2   3   4   5
Bog'liq
4-mavzu maruza manti

bog‘lanishda ifodalab, umumiy va о‘ziga xos xususiyatlarini oydinlashtiradi. 
Jadvallar yotiq va tik tо‘g‘ri chiziqlar kesilmalaridan tuzilgan 
geometrik shakl bо‘lib, qator va ustunlardan tarkib topadi. Ularda о‘rganilayotgan 
obyektlar va ularning kо‘rsatkichlari joylashtiriladi. Har bir qator va ustun о‘z 
nomiga, jadval esa umumiy sarlavhalarga ega bо‘lib, bular jadvalning asosiy 
unsurlari hisoblanadi.
Agarda jadval qatorlari va ustunlari о‘z nomlariga hamda umumiy 
sarlavhaga ega bо‘lib, sonlar bilan tо‘ldirilmagan bо‘lsa, u jadval maketi deb 
ataladi. Har bir jadval qisqa, aniq va tushunarli, shu bilan birga ma’lumotlar 
ma’nosini oydinlashtiradigan sarlavhaga ega bо‘lishi kerak. 


Umumiy sarlavhada jadvalda joylashgan sonlarning asosiy ma’nosi 
ifodalangan bо‘lishi va shuningdek, qaysi hudud, qaysi davrga nisbatan olinganligi 
kо‘rsatilgan bо‘lishi, shuningdek, о‘lchov birligi ham berilgan bо‘lishi lozim. 
Statistik jadval chuqur ma’noga ega bо‘lib, ijtimoiy voqea va hodisalarni 
ifodalashi bо‘yicha uni о‘ziga xos mantiqiy gapga о‘xshatish mumkin. Shuning 
uchun har bir statistik jadvalning egasi va kesimi mavjuddir. Har xil kо‘rsatkichlar 
orqali ta’riflanayotgan statistik tо‘plam jadvalning egasi, kо‘rsatkichlar esa 
jadvalning kesimi hisoblanadi. Jadvalning egasi, odatda, jadvalning chap qismida, 
kesimi esa о‘ng tomonida bо‘ladi. Lekin ular aksincha joylanishi ham mumkin 
(jadval 4.1 ga qaralsin). 
Iqtisodiy izlanishlarda statistik jadvallarning har xil turlari qо‘llaniladi. 
Eganing tuzilishiga qarab statistik jadvallar uch turga bо‘linadi: oddiy, gruppaviy 
va kombinatsion. 
Oddiy jadval deb о‘rganilayotgan obyektlar va ularning kо‘rsatkichlari 
birma-bir rо‘yhat kо‘rinishida yozilgan jadvalga aytiladi. 
Oddiy statistik jadvalning egasida statistik kuzatishga jalb qilingan 
obyektlarning nomlari yoki ma’lumotlar tegishli davrlar yozilgan bо‘ladi.
Jadvalning ega qismida о‘rganilayotgan obyektning muhim bir belgisi 
bо‘yicha gruppalash amalga oshirilgan bо‘lsa, bunday jadval gruppaviy jadval 
deyiladi (5.5 jadvalga qaralsin). 
Gruppaviy jadval deganda о‘rganilayotgan obyektlarni bir belgi asosida 
guruhlash natijalarini ifodalaydigan jadval nazarda tutiladi. 
Ayrim paytlarda voqea va hodisalarni bir belgisi bо‘yicha guruhlaganda 
ularni tо‘liq о‘rganishning iloji bо‘lmaydi. Bunday paytda voqea va hodisalar ikki 
va undan ortiq belgisi asosida guruhlarga ajratilib о‘rganiladi. Buning uchun, avval 
о‘rganilayotgan hodisa tо‘plami bir belgisi bо‘yicha, keyin har qaysi guruh boshqa 
belgi bо‘yicha ichik guruhchalarga ajratiladi. Bunday guruhlash natijalari asosida 
kombinatsion jadvalar tuziladi. Ular oddiy jadvallarga qaraganda voqea va 
hodisalarning о‘zaro aloqasi va bog‘lanishlarini chuqurroq va tо‘la yoritishga 
yordam beradi. 

Download 168,85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish