Shaxsning e'tiqodi va dunyoqarashi. E'tikod shaxsni uz karashlariga prinsiplariga dunyokarashiga muvofik tarzda ish kurishga da'vat etadigan motivlar sistemasidir. 'tikod shaklida namoyon buladigan extiyojlarni mazmuni-bu tabiat, tevarak-atrofdagi olam tugrisidagi bilimlar va ularning muayyan tarzdagi tushunilishi demakdir. Bu bilimlar nuktai nazarlar (falsafiy estetik axlokiy tabiiy-ilmiy va xokazolar)ning tartibga solingan va ichki uyushgan sistemasini tashkil etgan takdirda kishining dunyokarashi sifatida
talkin kilinishi mumkin.
E'tiqodlarning evolyusiyasi eng avvalo ularning mazmunli tomonlariga taalluklidir. Ularda shaxsning dunyokarashini ifoda etadigan xislatlar kuprok darajada namoyon bula boshlaydi. Kishining fikrlari va goyalari, prinsiplari uning butun xayoti mazmuni bilan uning uzlashtirgan bilimlari bilan belgilanadi, uning karashlari sistemasiga zarur tarkibiy kism sifatida kirgan buladi, kishi uchun aloxida shaxsiy moxiyat kasb etadi va shuning uchun xam u bu fikrlar v prinsiplarni karor toptirishga, ularni ximoya kilishga, ularni boshka odamlar xam ma'kul kurishlariga erishish uchun kat'iyan extiyoj sezadi.
Shaxsning yo’l-yo’riqlari. psixologiyada shaxsning yul-yuriklari uning u yoki bu extiyoji kondirilishiga yordam berishi mumkin bulgan faoliyatga tayyorligining, moyilligining uzi tomionidan anglanilmaydigan xolatini belgilaydi. Yul-yurik ob'yektni aynan muayyan tarzda idrok etish, tushunib yetish va anglab olish yoki u bilan ish kurishga utmishdagi tajribada shallangan shaylik va moyillikdan iboratdir. D.N.Uzdanzeva uning xodimlariutkazgan ajoyib tadkikotlar shaxs xulk-atvorini belgilaydigan kayd etlgan yul-
yuriklarning shakllanish jarayonini kursatib berdi.
Masalan birinchi sinf ukuvchilarining muallimaga nisbatan uning xar kanday kursatmasini bajarishga shayligi shaklida namoyon buladigan yul-yuriklar ana shundaydir. Bunda muallimaning xar kanday xatti-xarakatlari shu jumladan biron bir boshka kishida namoyon bulganida bolalarning karshi xarakatini kuzgatishi mumkin bulgan xatti-xarakatlariga nisbatan xam xech kanday tankidiy yondashish bulmaydi.
Kupgina yul-yuriklarning moxiyatini tashkil etadigan noxolislik yo kishining shaxsiy tajribasidagi ba'zi faktlardan shoshilinch va yetarli darajada asoslanmagan xulosalar chikarilishini okibati xisoblanadi, yoxud bu tafakkur stereotiplarining-muayyan ijtimoiy guruxda kabul kilingan standartlashtirilgan muloxazalarning natijasi buladi.
Ijtimoiy xayotning turli faktlari (xodisalar, odamlar va boshkalar)ga nisbatan yul-yuriklar ijobiy bulishi xam (vrachning barcha kursatmalarini bajonidil va anik bajaradigan bemor umuman tibbiyotga va kolaversa, uni davolayotgan doktorga nisbatan ijobiy munosabatga asoslanadigan yul-yurikka amal qiladi) va notugri tushuncha tusini olgan xolda salbiy bulishi xam mumkin.
Nazorat uchun savollar:
1. Individ haqida tushuncha.
2. Shaxs va uning tuzilshi.
3. Shaxsning individual tipologik xususiyatlari.
4. Shaxsning tuzilishidagi biologik va ijtimoiy omillar.
5. Shaxs tuzilishining tarkibiy qismi.
6. Shaxs faolligi va uning hayotiy pozitsiyasi.
7. Z.Frеydning shaxs faolligi haqidagi kontsеptsiyasi.
8. Shaxsning e'tiqodi va dunyoqarashi.
Do'stlaringiz bilan baham: |