Shaxsning tuzilishdagi biologik va ijtimoiy omillar. Inson shaxs tuzilishida biologik (tabiiy) va ijtimoiy omilllarning uzaro nisbati masalasi xozirgi zamon psixologiyasida eng murakkab va munozarali masalalarda biridir.
Psixologiyada shaxsda ikkita omil-biologik va ijtimoiy omillar ta'siri ostida shakllangan ikkita asosiy kichik struktura borligini aloxida ta'kidlaydigannazariya sezilarli urin egallaydi. Inson shaxsining uzi "endopsixik" va"ekzopsixik" tuzilishga bulinadi, degan fikr xam ilgari murildi. Shaxs tuzilishining kichik strukturasi sifatidagi "endopsixika" bamisoli kishining nerv-psixik tuzilishiga uxshash bulgan inson shaxsining ichki mexanizmi kabi psixik kismlar va funksiyalarning uzaro ichki boglikligini ifoda etadi."Ekzopsixika"ning tashki muxitga munosabati bilan ya'ni shaxs kanday bulmasin baribir munosabatga kirishishi mumkin bulgan va shaxsga karama-
karshi turadigan tuzilishlarning barchasiga nisbatan munosabati bilan belgilanadi.
Inson shaxsning individualligida uning tabiiy, biologik tuzilishi uzining izini koldiradi, albatta. Gap shaxsning tuzilishida biologik va ijtimoiy omillarni xisobga olish kerakmi, yukligi xakida emas (ularni e'tiborga olish shart albatta) balki ular urtasidagi uzaro munosabatlarni qanday tushunish kerakligi xaqidadir. Ikkita omil nazariyasi ijtimoiy va biologik omillarni muxit va biologik tuzilishni "ekzopsixika"ni beixtiyor ravishda bir-biriga karama-karshi kuyadi. Xakikatda esa bunday tashki uzidan-uzi buladigan karama-karshi kuyish samarasizdir va shaxsning tuzilishini anglab olish uchun xech bir naf keltirmaydi. Lekin shaxsning shakllanishi va tuzilishidagi
tabiiylik va ijtimoiylik masalasiga boshkacha yondashish xam mumkin.
Buni buyi 80-130 santimetrdan oshmaydigan odamlar shaxsiga xos belgilarning shakllanishini urganishga bagishlangan tadkikot misolida kurib chikamiz. Buyining pastligidan boshka biron-bir patologik cheklanishlari
bulmagan bu odamlar individualligining tuzilishida anchagina uxshash jixatdan mavjudligi aniqlandi. Ularda uziga xos bachkana yumor muloxazasiz nekbinglik, samimiylik, anchagina xissiy zurikishni takozo etadigan vaziyatlarga
yuksak sabr-bardoshlik biron-bir darajada iymanib utirmaslik va shu kabilar kuzatildi. Tabiiy, tarkibiy jixatlar va belgilar kishi shaxsning individualligi tuzilishida uning ijtimoiy jixatdan takozo etilgan kismlari sifatida mavjud buladi. Tabiiy (anatomik, fiziologik va boshka fazilatlar) va ijtimoiy xislatlar birlikni tashkil toptiradi va shaxsning mustakil kichik tuzilishi sifatida bir-biriga uzidan-uzi karama-karshi kuyilishi mumkin emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |