Abulqosim Firdavsiyning ta’lim-tarbiya haqidagi g‘oyalari
(941-1025)
Uning
dostonlarida
bola
tarbiyasi
masalalariga ham alohida e’tibor berilgan.
Zolizar, Rustam,
Anushervon, Humoy,
Bahromi Cho‘bina, Xisrav Parvizlar ota-
onalari aqliy va jismoniy jihatdan to‘g‘ri
tarbiyalanganlari
uchun tadbirkor, jasur
qahramonlar bo‘lib yetishdilar.
(H.Hamidiy)
Firdavsiy
qator
dostonlarida
donishmand
murabbiy, mehribon ustoz
qiyofasini
yaratdi,
turli
bilimlarni
o‘rganish, kasb egallash, harbiy hunarlarni
bilish zarurligini o‘qturdi.
(H.Hamidiy)
“Shohnoma” 35 yil yozilgan bo‘lib,
o‘ziga xos pandnoma hamdur
Hamisha aqlingni rahnoma etgil,
Noloyiq ishlardan olisga ketgil
Hunar birla aqling birikkan hamon,
Har ish bu jahonda yurishgay ravon
Insonni
xayru
saxovatli
bo‘lishga
yetaklovchi kuch ilm va hunardir
Aql bir tirik jon, bilmaydi zavol,
Aql turmush asli buni yodlab ol.
Aql yo‘l ko‘rsatib dilni etar shod,
Har nechuk ilmdan o‘rgansang bir so‘z.
Uni tinmay o‘rgan kecha-yu kunduz.
Buyuk shoir Abulqosim Firdavsiy Xuroson viloyatining Tus shahrida kambag‘al
oilada dunyoga keldi.
Firdavsiy keng qamrovli va chu-qyp ilm egasi bo‘lib yetishdi.
Shu bois uni
«hakim», «donishmand» deb ulug‘laganlar. Shoir ijodiniig ayni gullagan davrida
G‘azna shah-rida (hozirgi Afgoniston hududi)— turk sultoni Mahmud G‘aznaviy
saroyida yashab, ijod qildi.
* * *
«O‘ylamasdan
qadam bosib, xatoga yo‘l qo‘ygan kishi pushaymon bo‘ladi. U
donolar nazdida axmoqqa, yaqinlari nazdida begonaga aylanadi».
* * *
Olamda eng avval inson aqli yaralgan. Aql qalb posbo-nidir. Aql yana uch
qo‘riqchi: til, ko‘z, quloqning ustidan ham posbonlik qilguvchidir. Zero, ezgulik va
yovuzlik aynan ana shu uch a’zo orqali qalbga kirib boradi.
* * *
Donishmand dedi: «Ochko‘zlik va muhtojlik — mangu bedor ikki iblis».
* * *
Aqlli so‘z dur-javoxirlaru toj-taxtdan ham qimmatliroqdir.
* * *
Ey hukmdor, idrokli, saxiy, adolatli bo‘l. Elning baxti hukmdorning baxtidir.
* * *
Ey hukmdor, yolgonni toj-taxtga yaqinlashtirma. Doimo haqiqat yo‘lini tut.
Ey hukmdor, ezgu ishlar uchun mablag‘ni ayama.
Yuragingga bir lahza ham
qo‘rquvni yo‘latma. Aks holda qo‘shni shoh dadillanib, bosh ko‘targay. Bu
serkulfat hayotda dono va bardam bo‘l. Yuz bergan har bir hodisaga munosib baho
bera bil.
Yana shuni bilgilki, kim osmon qadar bag‘ri keng, saxiy bo‘lsa, o‘sha
sultonlikka munosibdir. Nodon maslahatchilardan saqlan. Tuban kishilarning
so‘zlariga quloq osma: ularning yuragida hasad mujassam. Siringni hatto eng yaqin
odamingga
ham aytma, aks holda kulfatlarning keti ko‘rinmay qolur. O‘zini
hammadan ustun qo‘yuvchilarni mashvaratga yaqin-lashtirma.