Siyosiy va huquqiy omillar Davlat qonuniy va xarakterga molik turli xil omillar korxona faoliyati uchun mavjud xavflar va imkoniyatlar darajasida ta’sir etishi mumkin. Bir qancha korxonalar uchun milliy va chet-el hukumatlari uning faoliyatiga asosiy boshqaruvchilar hisoblanishlari mumkin. Bu korxona uchun siyosiy holatni baholash qanchalik muhimligini bildiradi. Bundan tahlil siyosiy, huquqiy omillarini maydalashtirib o’rganish orqali amalga oshiriladi.
Iqtisodiy omillar. Korxonaga ta’sir etuvchi iqtisodiy omillarni o’rganish juda ham muhim hisoblanadi. Misol uchun, kredit olish, ayriboshlash valyutasining kursi, soliq va boshqa to’lovlar to’lash bo’yicha masalalar korxona uchun muhim hisoblanadi. Iqtisodiyotning yomon ahvolda bo’lishi talabni tushishi olib kelib, o’z-o’zidan ishlab chiqarishdagi zararlarni ko’payishiga olib kelishi mumkin.
Texnologik omillar. Bu omillarning ta’siri shunchalik kattaki ularni ishlab chiqarishning asosiy dvigateli sifatida ko’rish mumkin. Texnologik omillarni yangiliklar yordamida eskilarni yo’qotish jarayoni deb ham qarash mumkin.
Xalqaro darajada amal qiluvchi korxona uchun tashqi muhit o’zining murakkabligi bilan ajralib turadi. Xalqaro muhit omillarining tahlil qilish qiyin masala hisoblanadi.
Firmalarning raqobat mavqei turlari.
Raqobat kurashidagi roliga qarab raqobatchilarni 4 ta guruhga bo’lish mumkin.
1. Bozor lideri.
2. Pritendent (intiluvchi) davogar.
3. Ergashuvchi.
4. Bozorga yangi kirgan.
Bozor lideri bozorda katta ulushga ega korxona. Bunday korxonalar narx yangi tovarlar kanallar bo’yicha ham lider hisoblanadilar.
Bozorda lider bo’lib qolish uchun, korxona har tomonlama xarajatlarni olib borishi lozim.
- bozorni yangi haridlarni jalb qilish yo’li bilan kengaytirishga harakat qilishi lozim;
- foydani ko’paytirishga erishilmasada o’zining bozordagi ulushini ko’paytirib borishi lozim.
- Raqobatchilardan o’z biznesini doimiy ravishda himoyalanib turishi lozim.
Himoya strategiyalarining 6 xil usuli mavjud.
- Pozitsiyali himoya - mavjud pozitsiyaga raqiblar tomonidan ta’sir eta olmasliklari uchun to’siqlarni ishlab chiqish.
- Flang himoyasi – bozorda korxonaning pozik tomonlarini himoyalashga mo’ljallangan tadbirlarni ishlab chiqarish.
- Ogohlantiruvchi himoyalash – raqobatchilarni kuchsizlantiradigan va imkoniyat bermaydigan tadbirlarni amalga oshirish yordamida erishiladi.
- Kontr harakatli himoyalash - yuqoridagi ikkita himoyalash usuli foyda bermasa korxona raqobatchiga nisbatan hech qanday ishlarni amalga oshirmasdan kutib turib, payti kelganda katta zarba beradi.
Mobil himoyalash – o’z faoliyatini yangi bozorlarda olib borish, Yangi bozorlarda mavjud mahsulotning tayyorlash jarayoni va korxonaning boshqa imkonyatlari bilan qiziqadigan haridorlar so’rovlariga javob berish bilan boshqa raqiblarni to’siqlariga chidab berishi uchun qilinadigan majmuasi.