4-MAVZU. . RAQOBATBARDOSHLIK VA UNING NAMOYON BO’LISH
Reja:
1. Raqobatbardoshlik tushunchasining iqtisodiy mazmuni va o’ziga xos xususiyatlari.
2. Raqobatbardoshlikning muhim ko’rsatkichlari.
3. Firma raqobatbardoshligini tavsiflovchi muhim ko’rsatkichlar.
4. Mamlakatning umumiy infratuzilmasi.
5. Texnologik yangiliklar va ularning diffuziyasi
Tayanch so`z va iboralar: Raqobatbardoshlik , Mahsulot raqobatbardoshligi, mamlakatlarning raqobatbardoshlik kontseptsiyasi, milliy iqtisodiyot, xalqaro mehnat taqsimoti, xalqaro savdo, arzon mehnat, boy tabiiy resurslar, qulay geografik iqlim, infratuzilma, mahsulot sifati, texnologik daraja, ta’minotni tashkil etish, maxsulot yangiligi, makroiqtisodiy, mezoiktisodiy, mikroiqgisodiy, jahon iqgisodiy forumi (JIF), baxolash metodikasi, mamlakat faoliyatining umumiy ko’rsatkichlari, makroiqtisodiy muhit, axborot va kommunikatsiya texnologiyalari. Davlat muassasalari, Xalqaro tashkilotlar, banklar, daromadlilik darajasi, firma reytingi, o’sish tempi, firmaning musobaqalashish ruxi, innovatsion faolligi, tashkiliy egiluvchanligi.
Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim, B/B/B jadvali, munozara, Venn diagrammasi, T-sxema, o’z-o’zini nazorat
Adabiyotlar: A1, A2, A3, A4, A5, A6, A7, Q1, Q2.
Raqobat - bu erkin tadbirkorlikning ajralmas bir bo’lagidir.
Xozirgi bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida mamlakatimizni iqtisodiy salohiyatini mustahkamlash va rivojlanishda, dunyo bozorida ildam qatnashishda tovarlar sifatini ko’tarib, ularni raqobatbardosh tovarlarga aylantirish eng dolzarb muammolardan biridir.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida raqobatalohida faollikka ega bo’ladi.
Har bir haridor o’ziga yoqqan tovarni sotib oladi, iste’molchilar esa raqiblar tovariga nisbatan ko’proq ijtimoiy ehtiyojlariga mos keluvchilarini tanlashadi. SHuning uchun raqobatbardoshlik (tanlangan bozorda tovarni sotish imkoniyati)ni faqat raqiblar tovarni solishtirish orqali aniqlashi mumkin. Raqobatbardoshlik nisbiy tushuncha, aniq bozorga va unga kirish vaqtiga bog’liqdir.
Tovar raqobatbardoshligini o’rganish murakkab va o’z ichiga qo’yidagibosqichlarni oladi:
- tovarni sotish uchun bozorni o’rganish;
- raqiblar haqida ma’lumotlar yig’ish;
- iste’molchilar talablarini o’rganish;
- raqobatbardoshligini oshirish bo’yicha tadbirlar ishlab chiqish;
- ishlab chiqarish va bozorga sinov sotishlari bilan chiqishhaqidagi qaror.
Bu masalalarni hal qilish korxonada tovar raqobatbardoshligi darajasini baholashning uzluksiz tizimini yaratishni talab qiladi.
Har qanday tovar bozorga chiqishi bilanoqo’z raqobat qobiliyatini yo’qota boshlaydi, bu jarayonni sekinlatish mumkin, bu iqtisodiy foyda va oldingi buyum raqobat qobiliyatini to’la yo’qotish paytigacha bozorga yangi tovar bilan chiqish imkoniyatini beradi.
Raqobat so’zi lotinchadan olingan bo’lib, maqsadga erishish uchun kurashni bildiradi. Bozorda raqiblarning maqsadi haridorni tovarni harid qilishga jalb qilishdan iborat.
Tovar raqobatbardoshligini asosiy sharti qo’yidagi ko’rinishga ega bo’lgan xuddi shunday tovarga nisbatan eng katta yalpi foydali samaradan iborat:
K= R /S max
bu yerda: R-tovarning foydali samarasi;
S-tovarni haridqilish va foydalanishga oid xarajatlar (sotib olish xarajatlari);
Tovarning raqobatbardoshliligini baholashqo’yidagibosqichlarni o’z ichiga oladi:
- bozorni tahlil qilib, o’zimizning tovarimizga o’xshash namunasini topib olish;
- bizning tovar bilan solishtiriladigan tovarlardagi asosiy ko’rsatkichlarni belgilash;
- o’zimizning tovarimizdagi integral raqobatbardoshlik hususiyatini aniqlash.
Raqobatning asosiy quroli bo’lib, talabni shakllantirish va sotishni rag’batlantirish vositalari xizmat qiladi. Asosiy axborotni haridorlar tovar ishlab chiqaruvchilardan olishadi. Haridorlarni asosan tovarning iste’mol qiymati qiziqtiradi. Raqobat asosan qo’yidagi ko’rinishlarda bo’lishi mumkin: tovarlarning xizmatlari bo’yicha, bir xil ehtiyojni qondirishga qaratilgan raqobat, bir xil tovarni har xil firmalar ishlab chiqarishorqalibo’ladigan raqobat; yoki bir xil firma tomonidan xar xil modifikatsiyada tovar ishlab chiqarish.
Narxlar orqaliraqobatlashish eng keng tarqalgan.
Xozirgi davrda raqobato’ziga xos kiyofa kasb etmokda. Narxlar sohasida raqobat ishlab chiqarishni xarajatlar eng kam bo’ladigan mamlakatlarda yo’lga qo’yishni talab qiladi.
Narx bilan raqobatutmishda erkin bozor raqobati bo’lgan, bozorda bir xil tovarlar xar xil narxlar bilan sotilgan davrlarda paydo bo’lgandi. Ishlab chiqaruvchi narxni pasaytirish bilan o’z tovarini ajratib ko’rsatishga, unga e’tiborni qaratishga va pirovard natijada o’zi istagan bozor hissasini egallashga erishgan. Hozirgi zamon bozor sharoitlarida narx bilan ochiqraqobat amal qilmaydi, chunki ishlab chiqaruvchilardan biri narxni pasaytirishi bilan uning raqibi xam shu ishni qiladi, bu esa firmaning bozordagi mavqeini o’zgartirmaydi, balki, umuman tarmoqdagi foydaning pasayishiga, asosiy fondlarni yangilash va kengaytirish uchun investitsiyalarning kamayishiga olib keladi. Natijada kutilgan zafar va raqiblarni surib chiqarisho’rniga kutilmagan xonavayronlik va sinish yuz beradi. SHu sababli sanoat monopoliyalari narxlarni iloji boricha uzoqroq ushlab turishga, tannarxni xamda marketing xarajatlarini tobora pasaytirib, foydani ko’paytirishga intiladi. Fan-texnika taraqqiyoti yutuqlari tufayli raqobatning narx bilan bog’liq bo’lmagan usullaridan foydalanishning kulay sharoitlari yuzaga keldi.
Narxsiz raqobatda tovarning narxi emas, balki uning yuqori sifat, past iste’mol narxi, zamonaviy dizayn, servis xizmati, ishlab chiqargan firma shuhrati raqobat kurashining asosiy omiliga aylanadi.
Narxni pasaytirib bozorni egallash strategiyasini o’rganishda qo’yidagi savollarga javob topiladi:
-boshqa tovarlarni raqobatbardoshligini belgilovchi omillar qaysilar?
-raqobatchifirmalarning reklama vositalari va sotishni rag’batlantirish usullari qanday?
-kaysi savdo belgilari ishlatilmoqda?
-raqobatchilar tovarlarining uramasi-bezaklari, dizaynida nimalar ko’zga tashlanmoqda?
-tovarni kafolatli va undan keyingi ishlatish davrlarida qanday servis taklif qilinmoqda?
-milliy savdo tarmoqlari orqali tovar sotilmoqdami yoki firma o’z shaxobchasini ochganmi?
-raqobatchilar qo’llayotgan tovar harakati (transport, zahiralar hajmi, omborlari va ularning joylanishi.
Natijada raqobatchi shunday harakatqilishayapti? Boshqacha yo’li yo’qmi? Degan savollarga javob topiladi.
P.S.Zavьyalov fikricha “Raqobatbardoshlik deganda, tovarning bozorda haridorgirligini ta’minlaydigan iste’mol va qiymat tavsiflari majmuini, ya’ni o’xshashraqobatchi tovarlarni ayirboshlashga taklif katta bo’lgan sharoitlarda xuddi shu tovarni pulga ayirboshlanish qobiliyatini tushunmoq lozim”.
Haridorning xarajatlari ikki qismdan tashkil topadi, uning bir qismini harid xarajatlari (tovar narxi), ikkinchi qismini uni iste’mol etish bilan bog’liq xarajatlar tashkil etadi.
Raqobatbardoshlik keng tushuncha bo’lib, unga ko’plab omillar ta’sir etadi.
Firmaning raqobatbardoshligi darajasini baholashda tarmoq bozorida raqobat kurashi jadalligini belgilaydigan omillar tahlil uchun asos sifatida xizmat qiladi. Bu omillarga qo’yidagilar kiradi:
1. Raqobatchi firmalar soni, va ularni qiyosiy quvvati;
2. Raqiblar harakatlarining diversifikatsiyalashuvi darajasi;
3. Bozordagi talab hajmini o’rganish;
4. Mahsulotni tabaqalashuvi darajasi;
5. Iste’molchining bir ishlab chiqaruvchidan boshqasiga kuchish harakatlari;
6. Bozordan chikib ketish tusiqlari va ularning darajasi.
7. Bozorga kirib kelish va uning darajasi.
8. Yondosh tarmoq bozorlaridagi vaziyat.
9. Raqiblar strategiyasidagi farqlar.
10. Ushbu bozorda raqobat uchun alohida sabablarning bo’lishi, raqobat darajasi bozorning alohida bir jalb etuvchanlik yoki aksincha bezdiruvchanlik hususiyatlari bilan xam belgilanadi.
J.J.Lamben raqobatli afzalliklarni ikkita keng kategoriyalarga guruhlaydi – tashqi va ichki raqobatli afzalliklar, ya’ni firma va tovarni raqobatdoshligini tavsiflovchi raqobatli afzalliklardir. Tashqi raqobatli afzallik tovarni “bozor kuchini ifodalaydi, ya’ni u bozorni imtiyozli raqobatchidagiga nisbatan yuqoriroq sotish narxlarini qabulqilishga majbur qila oladi va mavjud tovarlardan norozi bo’lganharidorlarning istaklarini aniqlash va qondirishdagi afzalliklarga tayanadi. Ichki raqobatli afzallik firmaning ishlab chiqarish xarajatlari, raqobatchidan ko’ra kamroq tannarxga erishishga imkon beruvchi va ishlab chiqaruvchi uchun qiymathosilqiluvchi tovarga asoslangan hamda sotish narxlarining bozor yoki raqobat tomonidan pasaytirilishiga ko’proq darajada bardoshli qiluvchi yuqoriroq unumdorlik okibatidir”.
Tovarni jalb etuvchanligi va raqobatbardoshligini ifodalovchi omillar klassifikatsiyasi sxemasini zanjir ko’rinishida ko’rsatish mumkin: narx – sifat – servis – marketing muhiti .
Raqobatbardoshlik sifat va qiymat omillari bilan bog’liqdir. Ular sifat, iqtisodiyot va marketing ko’rsatkichlari yordami bilan tuliq tavsiflanishi mumkin.
Raqobat hamma uchun muhim ish, chunki raqobat bo’lmasa iqtisodiyot rivojlanmaydi, to’kinchilik va farovonlik paydo bo’lmaydi. Iqtisodiyotning barcha ishtirokchilari bir-biri bilan kurashadi. Firma bilan firma, haridor bilan haridor, sotuvchi bilan sotuvchi, sotuvchi bilan haridor, ishchi bilan xo’jayin o’rtasida raqobat boradi. Bunda har bir ishtirokchi o’z manfaati yo’lida boshqalar bilan kurashga bel bog’laydi. Tirik tabiatda yashash uchun kurash degan qoida bor. Iqtisodiyotda ham shunday. Uning nomi sotsial darvinizm tamoyili deb yuritiladi. Iqtisodiyotda ham yashovchanlar yutib chiqsa, zaiflar mag’lub bo’ladi. Xo’sh, nima uchun raqobat yuz beradi?
Buning asosiy sababi iqtisodiy manfaatning mavjudligidir. Firma, ishchi, dehqon yoki xizmatchi, mulk sohibi borki, ularning barchasi o’z manfaati uchun kurashadi.
Raqobat iqtisodiy faoliyat ishtirokchilarining o’z manfaatlarini to’laroq yuzaga chiqarish, ya’ni yaxshi daromadtopish, o’z mavqeini mustahkamlash, o’z qobiliyatini namoyon etish va imidj (ovoza-obro’)ga ega bo’lish uchun boshqalar bilan kurashidir.
Bozorda firmalar resurslarni arzon olish va tovarlarini qimmatroq sotishga intiladilar va foydani ko’proq olish uchun kurashadilar, ishchi va xizmatchilar yaxshi ish haqi olish uchun kurashadilar. Haridor mollarni bozorda arzon olmoqchi bo’lsa, sotuvchi qimmatroqqa pullashni ko’zlaydi. Ishchi va xizmatchilar yaxshi ish joyini egallash uchun o’zaro raqobatlashadilar. Raqobatda aniq maqsadlar qanday bo’lmasin, pirovard natija daromad ko’rish yoki imidj orttirishdan iborat. SHu sababli raqobatda barcha iqtisodiy faol kishilar qatnashadi. Raqobat insonning bellashuvga intilishdek hislatiga mos tushadi. Insonning «o’zim bo’lay» qabilida harakat qilishi raqobatda ifoda etiladi. Raqobat maydonibozordir. Raqobat kurashida yengib chiqish yoki mag’lub bo’lishshart-sharoiti ishlab chiqarishda hozirlanadi. Ammo raqobat kurashida o’z tovariga haridor topa bilish ham muhim masala hisoblanadi.
50 - yillarning oxirida korxonalarga tashqaridan ta’sir etuvchi kuchlarni hisobga olish va tashqi muhitning ahamiyati to’g’risidagi fikrlarni o’rganish boshlandi. Tizimli rahbar uchun korxonaning bir qancha qismlarining o’zaro aloqasidan bir butunlik deb qarash va u o’z o’rnida tashqi dunyo bilan aloqada bo’lishi takidlab o’tilayotgan bir paytda bu fikr boshqaruv fani tizimli yondashuviga muhim hissa qo’shdi.
Holatli yondashuv tizim nazariyasini bir qancha kontseptsiyalar ishlab chiqish hisobidan kengaytirishga yordam berdi, unga muvofiq mavjud holat, korxonani xarakterlovchi tashqi va ichki omillar orqali aniqlanadi.
Dunyoda bo’layotgan o’zgarishlar tashqi muhitga yanada katta e’tibor berish kerakligidan dalolat beradi. O’zgarishlar unchalik ahamiyatli bo’lmasada korxona rahbarlari tashkilotni tashqi dunyoga bog’liq ochiq tizim sifatida qaralgan bo’lar edi.
Ochiq tizim printsipiga ish yuritadigan rahbarning birinchi duch keladigan muommosi bu – tashqi muhitni aniqlash bo’ladi. Tashqi muhitni va ularning korxonalarga ta’sirini aniqlashda tashqi omillar ikkita asosiy guruhga bo’lib olishdan lozim. Bevosita ta’sir etuvchi omillar (mikro muhit) korxonalarga to’g’ridan to’g’ri ta’sir etib, o’zida ham korxona tomonidan qilingan operatsiyalarga to’g’ri ta’sirini his qiladi. Bu omillarga mol eltib beruvchilar, mahsulot resurslari, haridor va raqobatchilar. Bilvosita ta’sir etuvchi omillar deb – amalga oshirilayotgan korxona operatsiyaga to’g’ri ta’sir ko’rsatmasada, lekin ularda aks etishi mumkin. Bu yerda gap iqtisodiy holat, ilmiy-texnik rivojlanish, ijtimoiy, madaniy, siyosiy izlanishlar haqida boradi.
Bilvosita ta’sir etuvchi muhitni asosiy to’rtta guruhga elementlarga bo’linadi:
- siyosiy va huquqiy
- iqtisodiy
- ijtimoiy va madaniy
- texnologik
Do'stlaringiz bilan baham: |