ham qo’l keladi. Bunda o’qituvchilar o’quv materiallarining o’zlashtirish darajasi haqida axborot
oladilar va shu vaqtning o’zida bu jarayon ustidan nazoratni ko’chaytiradilar.
tekshirish uchun sharoit yaratadi. Bu esa talabalarning o’z-o’ziga beradigan bahosini
shakllantiradi va o’ziga bo’lgan ishonchini orttiradi.
xilma-xil faoliyat turlaridan foydalanish mumkin. Qanday
faoliyat turining tanlanishi mavzu xarakteri, o’qituvchi imkoniyatlari va sharoitga bog’liq
bo’ladi. Biroq har qaysi amaliy mashg’ulot boshida o’qituvchi talabalarning nazariy
yordamida maktabda olingan natijalar asosida tashkil etilgan maqul. Bu talabalarning o’quvchi
psixologiyasi buyicha bilimlarini chuqurlashtiradi va uning yosh davrlari psixologiyasi
masalalariga bo’lgan qiziqishini oshiradi.
masalalari ko’rib chiqilishi ko’zda tutilgan.
Amaliy mashg’ulot uchun esa, «Milliy xarakterga etnopsixologik yondoshuv» masalasini
ajratib olib, talabalar e’tiboriga avvaldan kuyidagi savollarni xavola etish mumkin:
6
·
Etnopsixologiya nima?
·
Xarakter deganda nimani tushunasiz?
·
Xarakterning kanday xislatlarini bilasiz?
·
Xarakter xislatlariga shaxsning o’zining munosabatini qanday tushunasiz?
·
Xulq-atvorning xarakterda tutgan urni?
·
Xarakterda o’zaro munosabatlarning roli?
·
Qanday sifatlar xarakterning salbiy sifatlari va kaysilari ijobiy sifatlari deyiladi va ular
qanday mezonlarga asoslanib baholanadi?
·
O’zbek yigit-qizlarining xarakterida qanday sifatlar alohida o’rin tutadi?
·
Shaxsning o’z-o’zini tarbiyalashi uchun o’zida qanday sifatlar bo’lishi lozim?
·
Hozirgi zamon o’qituvchisi (tarbiyachisi) qanday xarakter xislatlariga ega bo’lishi kerak
deb xisoblaysiz?
·
Kishini o’rab turgan muxitning xarakterga qanday ta’siri bor?
·
Milliy xarakter nima?
Shuning bilan birga, mavzuni o’zlashtirishlariga yordam beradigan adabiyotlar ham
tavsiya etiladi. Talabalar tavsiya etilgan adabiyotlar bilan tanishib, amaliy mashg’ulot
mavzusida ko’zda tutilgan savollarga javob berishga tayyorlanib keladilar. Ularning o’zlari
ham mavzuga oid yana boshqa savollar ham tayyorlab kelishlari mumkin.
Amaliy mashg’ulot ilg’or pedagogik texnologiyaga asosan «guruhlarga bo’lib o’tish»
uslubida tashkil etilib, «guruhiy munozara» shaklida o’tkazish mumkin.
Bundan
maqsad
talabalarda «Xarakter» mavzusini o’rganishga qiziqish o’yg’otish va ularda mavzu ustida
mustaqil, ijodiy ishlash ko’nikmalarini shakllantirishdir.
Amaliy mashg’ulot uchun ajratilgan
80 minutni
bir necha qismga, masalan, 5- qismga
ajratish mumkin:
1. Darsning 1-kismida
(15 minut davomida)
talabalar «davra stoli» atrofiga o’tirishlari taklif
etiladi va 1, 2, 3, 4-savollarni ko’rib chiqish
«savol-javob»
shaklida olib boriladi. Talabalar
ixtiyoriy ravishda, ya’ni kim javob berishni xoxlasa javob beradilar. Barcha javob
beruvchilarga bitta talab qo’yiladi – javoblar qisqa, avvalgilarini takrorlamaydigan bo’lishi
kerak. Javoblar o’qituvchi tomonidan tahlil etiladi.
2. Mashg’ulotning 2-qismida
(15 minut davomida)
talabalar 4-ta guruhga ixtiyoriy ravishda
bo’linadilar (o’zlari sherik tanlaydilar). Mashg’ulotning bu qismida
«guruhiy munozara»
usuli
qo’llaniladi. Mavzudagi qolgan 8-ta savol konvertga solingan bo’ladi
va har bir guruh
ikkitadan savol tanlab oladi va ularga javob berishga tayyorlanadilar va o’z guruhlarida
muhokama qiladilar.
3. Mashg’ulotning 3-qismida –
(35 minut davomida)
har bir guruh o’zi uchun ajratilgan
savolga navbati bilan javob beradi. Ularning bergan javoblarini qolgan guruhlar tahlil etadilar
va baholaydilar. Har bir guruh uchun o’zlariga berilgan bahoga nisbatan fikr-mulohazalarini
bildirishlari, o’z fikrlarini ximoya qilishlari uchun imkoniyat beriladi. O’qituvchining bu
erdagi vazifasi – vaqtni to’g’ri taqsimlashga e’tibor berish va munozaraga rahbarlik qilib
turishdir.
4. Mashg’ulotning 4-qismida –
(10 minut davomida)
o’qituvchi o’tkazilgan mashg’ulot
bo’yicha o’z fikrlarini bildiradi, xulosa chiqarib yakunlaydi, talabalarning bilimi va faolliklari
baholanadi, olgan baholarini talabalar ham o’z reyting daftarlariga yozib oladilar.
5. Mashg’ulotning ohirgi 5-qismida –
(5 minut davomida)
keyingi mashg’ulot mavzusi va
adabiyotlar talabalar e’tiboriga xavola etiladi. Mashg’ulotni qanday shaklda tashkil etish
talabalar ishtirokida belgilab olinadi.
Amaliy mashg’ulotlar
da ilg’or pedagogik texnologiya usullaridan – «kichik
guruhlarga bo’linib o’tish», «savol-javob», «guruhiy munozara» uslubining ahamiyati
shundaki, bunday usulni qo’llaganimizda talaba mavzuni yoritishda ham etakchi, ham tahlil
etuvchi sifatida faoliyat kursatayapti, talabaning mustaqil, ijodiy fikrlashi shakllanadi va
rivojlanadi, og’zaki nutqi ham, yozma nutqi ham rivojlanadi, boyiydi, mashg’ulot musobaqa
7
tarzida tashkil etilgani uchun ham qiziqarli o’tadi, talabaning o’ziga nisbatan ishonchi va
mas’uliyati oshadi.
O’ziga va o’zining imkoniyatlariga to’g’ri baho berishga o’rganadi, mavzuni yaxshi
esda olib qolishga yordam beradi, psixologik bilimlardan o’z o’rnida foydalana olishlariga,
yoshlarni ijtimoiy xayotga psixologik jixatdan tayyorlashga, ularda insoniy fazilatlarni
shakllantirishga, yuksak, teran va atroflicha fikr yuritadigan insonlarni tarbiyalab etishtirishga
yordam beradi.
Yuqorida biz ma’ruza davomida talabalar o’zining psixologik lug’at daftarchasini
tuzadi degandik, ushbu daftarchadagi terminlar yordamida amaliy mashg’ulotlarda
foydalanish uchun psixologik krossvord, rebuslar tuzishlari ham talabalar bilimini
oshirishda yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: