seminar
mashg’ulotlari
ni o’tkazish. Psixologiya fanini o’qitish jarayonida seminar mashg’ulotlaridan
foydalanish talabalarni mantiqiy fikrlash, psixologik faktlarni taxlil qilish va umumlashtirishga,
ushbu fan bo’yicha olgan bilimlarini kengayttirish va chuqurlashtirishga yordam beradi.
Seminar mashg’ulotlari
davomida o’qituvchi va talaba o’rtasida yaqin aloqa, ya’ni ular
o’rtasida ikki tomonlama aloqa o’rnatiladi. Bu esa tarbiyaviy ahamiyatga molik bo’ladi:
o’qituvchi talabalar bilan uzoq vaqt yaqin aloqada bo’ladi, ma’ruza guruhlariga nisbatan
talabalarning kichik guruhlarida jonli suhbat olib boradi, o’zaro fikr almashadi, turlicha
qarashlarini ifoda etadi.
Seminar
jarayonida o’qituvchining o’rni juda yuksak, ya’ni o’qituvchi talabaning o’rniga
javobni aytib bermaydi, balki muhokamalarni tashkil etadi, unga derijyorlik qiladi. Seminarda
o’qituvchining kirish so’zi konkret sharoitga qarab talabani muammoga jalb qiladi, hal qilinishi
lozim bo’lgan masalalar doirasidagi savollar bo’yicha aniqliklar kiritadi, ba’zan esa oldingi
mashg’ulotlardagi fikrlar esga tushiriladi. O’qituvchining seminardagi kirish so’zi aniq, keng
qamrovli va qisqa bo’lishi lozim. Talabalarning ma’ruzalari bo’yicha
izohlar
quyidagicha
bo’lishi kerak:
mustaqil fikrlashga yo’naltirib turish;
tavsiya etilayotgan masalaning mohiyati va shaklini aniqlash;
talabalar bahsidagi nuqtai nazarlarni darrov farqlab olish;
masalaning nostandart hal qilinishini rag’batlantirish.
Bunday izohlarda o’qituvchi muhokama jarayonida befarq turmayotganligini, har bir
seminar ishtirokchisining bildirgan nuqtai nazariga e’tibor berayotganligini namoyon qilib turishi
lozim. O’qituvchi har bir seminar mashg’ulotiga
yakun yasaydi
, unda quyidagilar e’tiborga
olinadi:
zamonaviy fan erishgan muammo muhokamasining holati umumiy darajasiga tavsif berish;
ayrim talabalarning chiqishlarini tahlil qilish va baholash;
mashg’ulotga umumiy baho berish (talabaning faolligi, uning tayyorgarlik va o’sish darajasi,
madaniyati hamda fikrlashdagi xususiyatlari).
Ta’kidlash joizki, seminar mashg’ulotlarida talabalarni faollashtirish maqsadida ular
tomonidan referatlar yozish, ularni muhokama qilish va taqrizdan o’tkazishga jalb etiladi.
Demak, seminar mashg’ulotlari ma’ruzalarda olingan asosiy nazariy bilimlarni
kengayttirishga va chuqurlashtirishga yordam beradi. Seminar mashg’ulotlaridagi asosiy
maqsad
- psixologiya kursidan olingan nazariy bilimlarni mustaqil ishlar bilan
mustahkamlashdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |