4-mavzu. O’rtacha miqdorlar reja



Download 0,96 Mb.
bet1/6
Sana08.02.2023
Hajmi0,96 Mb.
#909196
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
4-MAVZU. O’RTACHA MIQDORLAR


4-MAVZU. O’RTACHA MIQDORLAR
REJA
4.1. O’rtacha miqdorlarning mohiyati va ahamiyati
4.2. O’rtacha miqdor turlari
4.3. Arifmetik o’rtacha xossalar
4.4. Geometrik o’rtacha miqdor
4.5. Kvadratik, kubik, darajali o’rtachalar
4.6. Moda va mediana

4.1. O’rtacha miqdorlarning mohiyati va ahamiyati
Iqtisodiyotda sodir bo’ladigan har qanday hodisa o’zining yakka va umumiy miqdoriga ega bo’ladi. Ammo ular o’sha hodisaning tipik xususiyatlarini umumlashtirgan holda tavsiflay olmaydi. Shuning uchun ommaviy hodisani, to’plamni tipik xususiyatlarini umumlashtiruvchi ko’rsatkichni, ya’ni o’rtacha miqdorni aniqlash zarurati tug’iladi. Ommaviy hodisalarning har qanday xildosh, turdosh guruhda hamma vaqt malum darajada bir-biridan farq qilish, xilma xillik mavjud bo’ladi, ularda xilma xillik borligidan o’rtacha miqdorni hisoblab olish uchun zarurat tug’iladi. O’rtacha miqdor o’zi tariflab beradigan guruhdagi turdosh bo’lgan malum hodisalarning hammasiga xos bo’lgan umumiy tipik xususiyatlarni ifodalaydi.
Har qanday hodisa va voqea o'zining alohida va umumiy miqdorlariga ega. Ijtimoiy hodisalar yig'indisidagi har qaysi birlikning o'ziga xos xususiyati va miqdoriy ahamiyati bor. Ammo birliklarning butun bir guruhini ta'riflash uchun butun bir guruhning umumiy miqdoriy qiymatini belgilash zarur bo'ladi.
Masalan, ishlab chiqarish korxonasidagi ishchilar oladigan ish haqi ularning malakasiga, ish normasini bajarishiga qarab har xil bo'lishi mumkin. Agar korxona ishchilarining ish haqi darajasini ta'riflash zarur bo'lib qolsa, bitta ishchining ish haqi bilan buni tavsiflab bo'lmaydi. Buning uchun shu guruh ishchilar oladigan ish haqining o'rtacha miqdorini hisoblab chiqarish kerak. O'rtacha miqdorning vazifasi bir son bilan bir xil yig'indidagi barcha birliklarning belgi darajasini aniqlashdir.
O’rtacha sonlar bir biridan farq qiluvchi yakka miqdolarning o’rtachasidir. O’rtacha miqdorlar to’plam birliklari orasidagi tafovutlarni umumlashtiradi, shu to’plam uchun xos bo’lgan tipik xususiyatlarni , umumiy yo’nalishini ochib beradi. Boshqacha aytganda, o’rtacha miqdorlr to’plam uchun xos bo’lgan qonuniyatni ifodalaydi.
O'rtacha miqdor statistikada eng keng tarqalgan umumlashtiruvchi ko'rsatkichlardan hisoblanadi. Fakat o'rtacha miqdor yordamida miqdoriy o'zgaruvchan to'plamni хarakterlash mumkin.
Iqtisodiyotda sodir bo’ladigan ommaviy hodisalarning tipik xususiyatlarini, tipik alomatlarini umumlashtirgan holda tavsiflovchi ko’rsatkichlar o’rtacha miqdorlar deb atash mumkin.
Statistikada o'rtacha miqdor deganda - bir turdagi ommaviy ijtimoiy - iqtisodiy хodisalarni o'zgaruvchan belgilari asosida umumlashtirib ifodalovchi miqdor, ko'rsatkich tushuniladi.
O'rtacha miqdorning хususiyati shundaki, u to'plamning umumiy darajasini yoki undagi ayrim birliklarning darajasini ifodalamasdan, balki o'rganilayotgan belgi umumiy darajasining to'plam birliklariga bo'lgan nisbatini ifodalaydi.
O'rtacha miqdor bir xil yig'indidagi har bir birlikda bo'lgan umumiylikni aks ettiradi. O'rtacha miqdorlarni hisoblashda quyidagi asosiy prinsiplaiga rioya etish lozim:
1. O'rtalashtirilayotgan individual miqdorlar bir хil turdagi to'plamga хos bo'lishi va mohiyatlari tubdan farq qilmasligi kerak.
2. O'rtacha miqdorlar etarli darajada ulkan bo'lgan bir turdagi ommaviy to'plamlar uchun hisoblanishi kerak (katta sonlar qonuni).
3. O'rtacha miqdor faqatgina umumiy to'plam uchun hisoblanmasdan balki to'plamning ayrim guruхlari, qismlari uchun ham hisoblanishi kerak.
4. O'rtacha hisoblanishi kerak bo'lgan belgi muhim bo'lishi kerak.
5. Hisoblanayotgan o'rtacha miqdor u bilan boғliq bo'lgan boshqa belgilar o'rtachalari bilan to'ldirilishi zarur.



Download 0,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish