rahbariyati birorta muhim masalani Moskvaning ruxsatsiz hal qila olmaganligiga
dalillar keltirib, tezisni rad etamiz.
2.
Tezisdan kelib chiqadigan natijalarning xatoligini (yoki ziddiyatli ekanligini)
ko‘rsatish orqali rad etish. Bunda tezisdan kelib chiqadigan natijalarning chin emasligi
asoslab beriladi. Bu usul «bema’nilikka olib kelish», deb ataladi. Rad etilayotgan tezis
vaqtincha chin deb tan olinadi, undan kelib chiqadigan natijalar aniqlanib, bu
natijalarning xaqiqatga zid, noto‘g‘ri ekanligi isbotlanadi. CHin asosdan xato natija
kelib chiqmaydi, aks xolda bu bema’nilik bo‘ladi. «Bema’nilikka olib kelish» usulining
formulasi quyidagicha:
)
a
)
b
((a
b)
(а
3.
Tezisni antitezisni isbotlash orqali rad etish. Rad etilayotgan tezisga zid bo‘lgan
yangi tezis (antitezis) olinadi va isbotlanadi. Uchinchisi istisno qonuniga muvofiq,
antitezisning
chinligidan
tezisning
xatoligi
keltirib
chiqariladi.
Masalan,
Prezidentimiz I.A. Karimov «Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q» nomli maqolasida «Amir
Temur buyuk sarkarda bo‘lgan va yozuvliklar qilgan» degan tezisni shunday rad etadi:
«Inson bir paytning o‘zida ham bunyodkor, ham yovuz bo‘lishi mumkin emas. Ne-ne
madrasayu-masjidlar, oliy koshonalarni qurgan, ne-ne olimu fuzalolarning boshini
silagan, qur’oni karimni yod bilgan inson yovuz bo‘lmaydi. Qonxo‘r odam «Kuch-
adolatda» deyishi mumkinmi?»
6
Darhaqiqat, Sohibqiron Amir Temur homiyligida, uning ko‘rsatmasiga binoan
yaratilgan bog‘lar, qurilgan imoratlar uning bunyodkor shaxs ekanligini yaqqol
isbotlaydi.
II.
Argumentlarni rad etish.
Tezisni isbotlash uchun opponent tomonidan keltirilgan argumentlar tanqid qilinib,
ularning xatoligi yoki tezisni isbotlash uchun etarli emasligi aniqlanadi.
Argumentlarning xatoligi tezisning ham xato ekanligini isbotlamaydi, bunda tezis chin
bo‘lishi ham mumkin:
q
эхтимол,
p
q,
p
Argumentlarni rad etish orqali tezisning isbotlanmaganligi asoslab beriladi.
III.
Isbotlash usulini tanqid qilish orqali rad etish.
Rad etishning bu usulida isbotlashda yo‘l qo‘yilgan xatolar aniqlanadi. Bunda rad
etilayotgan tezis chinligining, uning asoslash uchun keltirilgan argumentlardan bevosita
kelib chiqmasligi asoslab beriladi. Isbotlash usulida yo‘l qo‘yilgan xato aniqlanganda
tezis rad etilmaydi, uni qayta isbotlash talab qilinadi.
Rad etishning yuqorida ko‘rsatilgan usullari ko‘pincha birgalikda, bir-birini to‘ldirgan
holda qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: