bo‘lmagan analogiya tarzida bo‘ladi. Masalan, nemis olimi SHpenglerning
ta’kidlashicha, jamiyat ham tirik organizmlar kabi to‘rtta rivojlanish bosqichini bosib
o‘tadi. Bular: paydo bo‘lish, rivojlanish, etuklik davri va emirilish davri.
Agar yolg‘on hukmni 0 bilan, chin hukmni 1 bilan, xulosaning ehtimollik darajasini R
(a) bilan belgilasak, qat’iy analogiyada R (a)=1; qat’iy bo‘lmagan analogiyada 1>R
(a)>0 bo‘ladi.
Analogiya bo‘yicha chiqariladigan xulosaning aniqlik darajasini oshirish uchun, ya’ni
xulosaning chin bo‘lish ehtimolini oshirish uchun ma’lum shartlarga rioya qilish zarur.
Bular quyidagilardan iborat:
1. Taqqoslanayotgan predmetlarning imkoni boricha ko‘proq o‘xshash belgilari
aniqlanishi lozim. SHunda xulosaning chinlik darajasi, chin xulosa chiqarish imkoni
ortadi.
2. Taqqoslanayotgan predmetlarning o‘xshash belgilari predmetlar uchun muhim
belgilar bo‘lishi kerak. SHunda xulosa chin fikrga yaqinlashadi.
3. Taqqoslanayotgan predmetlarning ko‘chirilayotgan belgisi bilan boshqa belgilari
zaruriy aloqada bo‘lishi kerak. SHunda xulosaning ishonarli, aniq bo‘lish shartlari
bajarilgan bo‘ladi.
4. Taqqoslanayotgan predmetlarning ko‘chirilayotgan belgisi bilan o‘xshash belgilari
bir tipda bo‘lishi kerak.
5. Taqqoslanayotgoan predmetlarning farq qiluvchi belgilarining miqdori kam bo‘lishi
va bu belgilar zaruriy, muhim bo‘lmasligi shart. Agar predmetlar muhim, zaruriy
belgilari bilan bir-biridan farq qilsa, analogiyaning xulosasi xato bo‘ladi.
YUqoridagi qoidalarning buzilishi yolg‘on analogiyaga, ya’ni xato xulosa chiqishiga
sabab bo‘ladi. YOlg‘on analogiyada xulosaning chin bo‘lish ehtimoli 0 ga teng: R
(a)=0. Bilish jarayonida bilib yoki bilmasdan yolg‘on analogiyaga yo‘l qo‘yiladi. Turli
xil irimlarga ishonish (masalan, tuz to‘kilsa, janjal bo‘ladi va hokazo) yolg‘on
analogiyaga yaqqol misol bo‘ladi.
Badiiy adabiyotdan, xalq og‘zaki ijodidan analogiyaning barcha turlariga ko‘plab
misollar keltirish mumkin. Masalan: «Yigit-so‘zidan, yo‘lbars-izidan qaytmas» maqoli.
Analogiyaning xulosalari boshqa xulosa chiqarish turlari kabi bilish metodi sifatida
muhim ahamiyatga egadir.
Bilish jarayoni ob’ektiv reallikdagi predmet va hodisalarning tashqi va ichki
xossalarini taqqoslash, ularning uzviy aloqasini aniqlashdan boshlanadi. Analogiyada
taqqoslash asosida o‘xshash, umumiy xususiyatlar aniqlanadi, predmetlar va hodisalar
haqidagi bilimlar chuqurlashadi va konkretlashtiriladi. Tabiiy va ijtimoiy fanlarda
analogiya turli hodisalar haqida har-xil farazlarni, ya’ni gipotezalarni hosil qilish va
bayon etish usuli sifatida xizmat qiladi.
Ma’lumki, juda ko‘p qonun-qoidalar dastlab gipoteza shaklida bayon qilingan bo‘lib,
unda xulosa chiqarish analogiya tarzida amalga oshirilgan. Ikki predmet va hodisani
taqqoslash, ularning o‘xshash tomonlarini aniqlash yangi bilimlar hosil qilish imkonini
beradi. Analogiyadan inson bilimini kengaytirish vositasi sifatida keng foydalaniladi.
Uning xulosalari aniq, ehtimoldan xoli bo‘lganda, isbotlash jarayonida ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: