4-mavzu. Mantiq



Download 0,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/31
Sana27.06.2022
Hajmi0,89 Mb.
#710095
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   31
Bog'liq
№4-Mavzu - uz

Hukmlarning modalligi. 
Atributiv va munosabat hukmlari, shuningdek ulardan 
tashkil topgan murakkab hukmlar assertorik (lot. assero – tasdiqlayman) yoki voqelik 
hukmlari deyiladi. Ularda predikatda ko‘rsatilgan belgining sub’ektda bor yoki yo‘qligi 
haqida fikr bildiriladi. Modal hukmlarda esa predikatning sub’ektga tegishli yoki 
tegishli emasligi haqidagi fikr qat’iy, kuchli (zaruriy) yoki qat’iy bo‘lmagan, kuchsiz 
(ehtimol) tasdiq yoki inkor shaklida bayon qilinadi. Boshqacha aytganda, modal 
hukmlarda sub’ekt va predikatning o‘zaro munosabati haqida muayyan nuqtai nazardan 
fikr bildiriladi. Masalan, «Inson abadiy yashamaydi» assertorik hukmi «Inson abadiy 
yashashi mumkin emas», deb bayon qilinganda modal hukm ko‘rinishida ifodalanadi. 
Bu hukm avvalgisiga nisbatan kuchli «Ukam ingliz tilini o‘rganadi» hukmiga nisbatan 
«Ukam ingliz tilini o‘rganishi mumkin» hukmi kuchsiz tasdiq hukm hisoblanadi. Bu 
hukmlardan birinchisi assertorik, ikkinchisi modal hukmdir.
 
Assertorik (voqelik) hukmlarga shart, zarur, mumkin kabi modal tushunchalar 
(operatorlar) ni kiritish orqali modal hukmlar hosil qilinadi. Modal operator M harfi 
bilan belgilanadi. Modal hukmlarining formulasi quyidagicha yoziladi: 
Assertorik hukmlar 
Modal hukmlar 
Oddiy hukmlar 
S–P 
M (S–P) 
S–P emas 
M (S–P emas) 
Murakkab 
hukmlar 
p


M (p

q) 
p


M (p

q) 
q
p


M


q
p


p


M (p

q) 
p


M (p

q) 
Modal hukmlar modal mantiqda o‘rganiladi. Unda aletik (zaruriy), epistemik (eng 
ishonchli bilim), deontik (majburiylik), aksiologik (baholash) va vaqt modalligini 
ifodalovchi hukmlar tahlil qilingan. 
Biz bulardan aletik modal hukmlarini ko‘rib chiqamiz. Aletik modal hukmlar sub’ekt 
va predikat o‘rtasidagi ikki turli aloqadorlikni o‘z ichiga oladi: zaruriy va problematik 
(imkoniy). 
Modal hukmlarini ifodalash uchun turli modal operatorlardan foydalaniladi. Masalan, 
aletik modal hukmlarda quyidagi modal operatorlardan foydalaniladi. 
«

A» – A zaruriydir. 
«

A» – A tasodifiydir. 
«

A» – A bo‘lishi mumkin. 
«

A» – A bo‘lishi mumkin emas. 
Ba’zan «Lp» – r zaruriydir, «Mr» – r bo‘lishi mumkin belgilaridan ham foydalaniladi. 
Zaruriy modal hukmlar turli fanlarning, shu jumladan mantiq qonunlarini va ulardan 
kelib chiqadigan holatlarni ifodalaydi. Masalan, «Butun bo‘lakdan katta», «Har bir 
fuqaro qonunlarga bo‘ysunishi shart». 
Qonunlarga zid bo‘lgan, ularni va ulardan kelib chiqadigan turli holatlarni inkor 
etuvchi hukmlar noimkoniylik hukmlari deyiladi. Masalan, «Simob daryosining bo‘lishi 
mumkin emas». 
Qonunlar va ulardan kelib chiqadigan holatlarga zid bo‘lmagan, qonunlarni ham, 
ularning oqibatlarini ham ifodalamaydigan hukmlar tasodifiy hukmlar deyiladi. 
Masalan, ba’zi hududlarda dengiz ko‘pigining toshqini bo‘lishi tasodifiydir. 
Imkoniylik hukmlari deb, qonunlar va ularning oqibatlariga zid bo‘lmagan fikrlarga 
aytiladi. Masalan, «Marsda hayot bo‘lishi mumkin». Modal tushunchalarning umumiy 
xarakteri ulardan hamma sohalarda foydalanish imkonini beradi. 

Download 0,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish